Til va madaniyat


Eski o‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Eski o‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar 
semantikasi va lingvokulturologik 
xususiyatlari
Zulxumor Xolmanova
1
Abstrakt
Maqolada tilning ijtimoiy funksiyasi, jamiyatda tutgan o‘rni, 
madaniy tushunchalar, milliy qadriyat, urf-odat, an'analarni o‘zida 
mujassamlantirishi va keyingi avlodga yetkazishi haqida mulohazalar 
bildirilgan. Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tilining lingvokulturologik 
xususiyatlari borasida so‘z yuritilgan. Eski o‘zbek adabiy tili davridagi 
ayrim leksik birliklar semantikasi, lisoniy-madaniy imkoniyatlari, milliy 
qadriyat, qarashlarni ifodalashdagi ahamiyati yoritilgan. Leksik birliklarda 
denotativ ma'no bilan bir qatorda o‘zbek xalqi turmush tarzi, insoniy 
munosabatlarga oid tushunchalarning aks etishi xarakterli misollar 
asosida izohlangan. Milliy tilni qadrlash, e'zozlash, unga kommunikativ 
vosita hamda milliy qadriyatlarni to‘plovchi va ifoda ettiruvchi voqelik 
sifatida munosabatda bo‘lish lozimligi ta'kidlangan.
Kalit so‘zlar: eski o‘zbek tili, leksik birlik, etimologiya, semantika, 
leksema, sema, lingvokulturologiya, semantik aspekt, lingvokulturologik 
aspekt, madaniy sema, ijtimoiy funksiya, zoonim,o‘xshatish, etalon.
Kirish 
Ijtimoiy taraqqiyot, milliy-madaniy rivojlanish darajasi barcha 
sohalar kabi tilda ham o‘z aksini topa boradi. Til aloqa-munosabat, 
hissiy ta'sir, to‘plash vazifalaridan tashqari ma'lumot uzatish, xabar 
berish, fikrni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Tilning funksional 
doirasi zamon taraqqiy etgan sari yanada takomillashib boradi. 
Til – inson ma'naviyatining eng buyuk mahsuli. Til madaniy-
ma'naviy munosabatlar rivojiga xizmat qiladi. O‘z navbatida, til 
milliy-madaniy qadriyatlarni o‘zida mujassamlantiradigan manba 
1Xolmanova Zulxumor Turdiyevna – filologiya fanlari doktori, professor, Alisher 
Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling