Til va madaniyat
E-pochta: zulxumor@navoiy-uni.uz ORCID ID
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eski o‘zbek adabiy tilidagi ayrim leksemalar semantikasi
E-pochta: zulxumor@navoiy-uni.uz
ORCID ID: 0000-0002-8236-4267 Iqtibos uchun: Xolmanova, Z. T. 2021. “Eski o‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar semantikasi va lingvokulturologik xususiyatlari”. O‘zbekiston: til va madaniyat 1 (1): 20–34. 20 Uzbekistan: Language and Culture 2021/1 (1) hamdir. O‘ziga xos taraqqiyot bosqichini o‘tagan, milliy qadriyatlarni, urf-odat, an'analarni o‘zida mujassamlantiruvchi muloqot vositasi hisoblangan o‘zbek tili tabiatiga xos jihatlar shu tilning umumturkiy taraqqiyot davridagi xususiyatlari tahlilida yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilining umumturkiy taraqqiyot davriga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlar o‘sha davrda yaratilgan manbalarda, og‘zaki ijod namunalarida, dialektlarda o‘z ifodasini topgan. Yozma manbalar muayyan davr tilini imkon qadar to‘liq aks ettiradi. Til hodisalarining keyingi taraqqiyoti, lingvistik jara- yonlarni ifodalashda, leksema semantikasidagi o‘zgarishlarni, chunonchi, semantik torayish, ma'no kengayishi hodisalarini tahlil qilishda dialektlarning ham alohida o‘rni bor. Bu jihatdan qadimgi turkiy til xususiyatlari, leksik birliklarning dialektlarda saqlanib qolishi va hozirgi o‘zbek tili davriga qadar yetib kelishi, tilning ifoda imkoniyatlarini namoyon qilishi ahamiyatlidir. Eski o‘zbek adabiy tilidagi ayrim leksemalar semantikasi Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili o‘zida xalqning madaniyati, dunyoqarashi, yashash tarzi, urf-odat, an'analarini aks ettiradi. Quyida eski o‘zbek adabiy tili (XIV – XVIasrlar)dagi ayrim leksemalar semantikasini tahlil qilishga, lisoniy-madaniy xususiyatlarini, ling- vokulturologik belgilarini yoritishga harakat qildik. Har bir tilning lingvokulturologik qiymati shu til sohibi bo‘lgan xalqning turmush tarzi, ijtimoiy mavqei bilan belgilanadi. Turkiy tillarning, xususan, o‘zbek tilining lingvokulturologik xusu- siyatlari, avvalo, chorvachilik, ovchilik sohasi bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Ovchilik, chorvachilik turkiy xalqlarda eng qadimiy soha hisoblanadi. Ayni paytda ular uchun dehqonchilik, hunarmandchilik kabi sohalar ham begona bo‘lmagan. Turkiy tillarning umumtaraqqiyot davridagi leksik xususiyatlar, ijtimoiy- siyosiy, madaniy munosabatlar, ayniqsa, zoonimlar tarkibida saqlanib qolgan. Hayvon nomlari turkiy tillarning leksik taraqqiyoti, so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlari, tushuncha ifodalovchi nom sifatida shakllanishi haqida muhim ma'lumot beradi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling