Til va madaniyat


E-pochta: zulxumor@navoiy-uni.uz ORCID ID


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

E-pochta: zulxumor@navoiy-uni.uz
ORCID ID: 0000-0002-8236-4267
Iqtibos uchun: Xolmanova, Z. T. 2021. “Eski o‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar
semantikasi va lingvokulturologik xususiyatlari”. O‘zbekiston: til va madaniyat
1 (1): 20–34.
20
Uzbekistan: Language and Culture 2021/1 (1) 


hamdir.
O‘ziga xos taraqqiyot bosqichini o‘tagan, milliy qadriyatlarni, 
urf-odat, an'analarni o‘zida mujassamlantiruvchi muloqot vositasi 
hisoblangan o‘zbek tili tabiatiga xos jihatlar shu tilning umumturkiy 
taraqqiyot davridagi xususiyatlari tahlilida yaqqol namoyon bo‘ladi. 
O‘zbek tilining umumturkiy taraqqiyot davriga xos fonetik, leksik, 
grammatik xususiyatlar o‘sha davrda yaratilgan manbalarda, og‘zaki 
ijod namunalarida, dialektlarda o‘z ifodasini topgan. 
Yozma manbalar muayyan davr tilini imkon qadar to‘liq 
aks ettiradi. Til hodisalarining keyingi taraqqiyoti, lingvistik jara-
yonlarni ifodalashda, leksema semantikasidagi o‘zgarishlarni, 
chunonchi, semantik torayish, ma'no kengayishi hodisalarini tahlil 
qilishda dialektlarning ham alohida o‘rni bor. Bu jihatdan qadimgi 
turkiy til xususiyatlari, leksik birliklarning dialektlarda saqlanib 
qolishi va hozirgi o‘zbek tili davriga qadar yetib kelishi, tilning ifoda
imkoniyatlarini namoyon qilishi ahamiyatlidir.
Eski o‘zbek adabiy tilidagi ayrim leksemalar semantikasi
Turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili o‘zida xalqning madaniyati
dunyoqarashi, yashash tarzi, urf-odat, an'analarini aks ettiradi. 
Quyida eski o‘zbek adabiy tili (XIV – XVIasrlar)dagi ayrim leksemalar
semantikasini tahlil qilishga, lisoniy-madaniy xususiyatlarini, ling-
vokulturologik belgilarini yoritishga harakat qildik.
Har bir tilning lingvokulturologik qiymati shu til sohibi 
bo‘lgan xalqning turmush tarzi, ijtimoiy mavqei bilan belgilanadi. 
Turkiy tillarning, xususan, o‘zbek tilining lingvokulturologik xusu-
siyatlari, avvalo, chorvachilik, ovchilik sohasi bilan bog‘liq ravishda 
namoyon bo‘ladi. Ovchilik, chorvachilik turkiy xalqlarda eng 
qadimiy soha hisoblanadi. Ayni paytda ular uchun dehqonchilik, 
hunarmandchilik kabi sohalar ham begona bo‘lmagan. Turkiy 
tillarning umumtaraqqiyot davridagi leksik xususiyatlar, ijtimoiy-
siyosiy, madaniy munosabatlar, ayniqsa, zoonimlar tarkibida 
saqlanib qolgan. Hayvon nomlari turkiy tillarning leksik taraqqiyoti, 
so‘zlarning funksional-semantik xususiyatlari, tushuncha ifodalovchi 
nom sifatida shakllanishi haqida muhim ma'lumot beradi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling