Til va madaniyat


Nomlash xarakteridagi leksemalar semantikasi va


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Nomlash xarakteridagi leksemalar semantikasi va
lingvokulturologik xususiyatlari
Eski o‘zbek adabiy tilidagi turkiy leksika xalq turmush tarzi, 
dunyoqarashi, marosimlari borasida yaqqol tasavvur beradi. Bobur 
Kobul (hijriy to‘qqiz yuz yigirma beshinchi yil) voqealarini tasvirlar 
ekan, yozadi: O‘sha yerda yilqiron oshini tortturuldi [Bobur 2002, 
311]. Ushbu jumladagi yilqiron oshi “vabo, o‘lat yillarida qilinadigan 
xudoyi oshi” ma'nosini ifodalagan [Назарова 1972, 58]; bu so‘z yil 
va qiron komponentlaridan iborat. Yilqiron qo‘shma so‘zi “qiron 
kelgan yil” tushunchasini ifodalaydi. So‘z tarkibidagi qiron so‘zi 
“o‘lat, yut va jang natijasidagi qirg‘in” ma'nosida izohlangan [Attuhfa 
25
Eski o‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar semantikasi va lingvokulturologik xususiyatlari


1968, 225]. Qiron “ko‘plab, yoppasiga qirish” ma'nosidagi so‘z bo‘lib, 
eski o‘zbek tilidagi qыr- fe'lining “yoppasiga o‘ldirmoq” ma'nosidan 
-(a)n qo‘shimchasi orqali yasalgan [Rahmatullayev 2000, 551]. Qiron 
“qirish”, “talafot” [TRS 1954, 489]. Yilqiron oshi, dastavval, vabo, o‘lat 
yillarida qilingan va xalqning shu balolardan xalos bo‘lish umidini 
ifoda etgan. Keyinchalik, balo yoki qiron(ning) kelishidan saqlashni 
so‘rash marosimiga aylangan (“Boburnoma”da shu ma'noda 
qo‘llangan). Tarixiy taraqqiyot natijasida so‘zning funksional-
semantik strukturasida o‘zgarish ro‘y bergan. So‘z tarkibidagi qiron 
“ma'lum bir muddat” tushunchasi bilan bog‘liqligi bois, so‘zda vaqt, 
zamon semasi ifodalanadi. Yilqiron so‘zida “oshning nima uchun 
(nima sababdan) tortilish” semasi yetakchi. Yilqiron so‘ziga sinonim 
bo‘lgan xudoyi so‘zida taomning “xudo yo‘liga bag‘ishlanganlik” 
semasi ustun. Xudoyi “ilohiy”; “xayrli ish”; “qurbonlik” [TRS 1954, 
429]. Xudoyi vaqt tushunchasi bilan bog‘liq emas.
 Yilqiron kabi urf-odat, marosim tushunchasini ifodalovchi 
yuzdan ortiq leksemalar xalqning muayyan tarixiy davrlardagi 
qarashlari haqida tasavvur beradi.
Turkiy leksemalarning keyingi taraqqiyot bosqichlarida 
ham semantik o‘zgarishlar jarayoni davom etgan. Ba'zi turkiy 
leksemalarning hozirgi qo‘llanishida semantik torayish kuzatiladi. 
Bu holat tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonidagi ichki qonuniyatlar 
hamda shu tushunchani ifodalovchi boshqa yasama leksik birlikning 
shakllanishi yoki boshqa tilga oid leksik birlikning o‘zlashishi bilan 
izohlanadi.
Bir qator so‘zlar borki, ular keyingi davrlarda iste'moldan 
chiqqan. Bunday so‘zlar o‘sha davrda yaratilgan yozma manbalarda 
saqlanib qolgan. Mazkur so‘zlar xalq dunyoqarashi, qadriyatlarini 
ifodalashda muhim. Shu bois bunday so‘zlarni tadqiq qilish
etimologiyasini yoritish ahamiyatli.
“Vaqt” semali birliklar semantikasi va lingvokulturologik 
xususiyatlari. O‘zbek xalqining yashash tarzi, milliy qadriyat, 
an'analari “vaqt” tushunchasini ifodalovchi birliklarda ham aks 
etgan. Eski o‘zbek adabiy tilida vaqt birliklari bir qator mezonlar 
asosida nomlangan. 
1. “Vaqt” tushunchasi uchun xoslangan asr, oy, yil, fasl, hafta, 
soat, pos, pahr, giri, gari, pul, daqiqa terminlari bilan aks ettirilgan.
2. Muayyan hodisaning amalga oshish muddati bilan 
ifodalangan:
a) toat-ibodat, namoz ko‘rinishlarini bildiruvchi so‘zlar 
metonimik usuldagi ma'no ko‘chishi asosida “vaqt” tushunchasini 
26
Zulxumor XOLMANOVA


anglatgan. Namoz toat-ibodat bo‘lib, namozi bomdod, namozi peshin, 
namozi digar (namozi asri), namozi shom, namozi xufton qismlarini 
o‘z ichiga oladi [TRS 1954, 257]. 
b) “vaqt” tushunchasi narsa-hodisa bilan bog‘liq harakat-
holatning yuz berish muddati orqali ifodalangan: bir sut pishimi −Bir 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling