Til va madaniyat


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/101
Sana07.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1174369
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Bog'liq
Тил ва маданият журнали

Tavsiyalar. 
1.Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa 
til oilalaridan farqlovchi xususiyatlardan biri leksik tarkibning 
bir-biriga yaqinligi va grammatik qurilishning mushtarakligidir. 
Shuning uchun chuvash va yoqut tillaridan boshqa hamma turkiy 
tillar bir-biriga tushunarlidir. Turkiy tillar leksikasini o‘zaro qiyosiy 
aspektda o‘rganish semantika va lingvokulturologiya taraqqiyoti 
uchun muhim ma'lumotlar beradi.
2. Turkiy tillarga oid yozuv yodgorliklarining asosiy foizi
arab yozuvida bitilgan. Jumladan, eski o‘zbek adabiy til davrida 
yaratilgan yozma manbalar arab yozuvida keng ommaga yetkazildi. 
Arab yozuvi turkiy xalqlar tarixiy taraqqiyoti va madaniy hayotida 
muhim o‘rin tutadi. Turkiy tillar olamiga kirib kelgan arab yozuvi 
1000 yildan ortiqroq vaqt mobaynida ijtimoiy hayotning sotsial-
madaniy ehtiyoji uchun xizmat qildi. Arab yozuvi turkiy xalqlarning 
umumiy madaniy-tarixiy hayotida birlashtiruvchi vosita vazifasini 
bajardi. Unlilar tizimiga ega bo‘lmagan arab grafikasidagi matnni 
har bir turkiy til (o‘zbek, turk, tatar tillari va h.k.)ning xususiyatiga 
xos ravishda o‘qish mumkin bo‘lgan. Negaki, turkiy tillar fonetika 
sohasida, ayniqsa, unlilar tizimi borasida o‘zaro farqlanadi. O‘zbek 
filolog-mutaxassislari joriy alifbo bilan bir qatorda arab alifbosi 
asosidagi eski o‘zbek yozuvini ham o‘zlashtirishlari zarur. 
3. Arab yozuvida bitilgan ulkan hajmdagi adabiyot turk 
madaniy dunyosining istalgan hududida xuddi o‘zinikidek qabul 
qilindi. Turkiy-o‘zbek yozma yodgorliklarining butun bir kompleksi, 
ma'naviy madaniyatning nodir namunalari aynan arab yozuvi 
ko‘rinishida hozirga qadar yetib keldi. Arab yozuvidagi yozma 
yodgorliklarda turkiy xalqlarning, jumladan o‘zbek xalqining 
yashash tarzi, urf-odat, an'analari mujassam. Tarixiy manbalar 
qa'riga singgan milliy dunyoqarashni, lisoniy-madaniy xususiyatlarni 
o‘rganish xalq tarixi va tilning uzviy birligini asoslashga, milliy va 
30
Zulxumor XOLMANOVA


umuminsoniy qadriyatlarni yoritishga, tilshunoslik ilmining keyingi 
muammolarini belgilashga xizmat qiladi. Mumtoz manbalarning 
leksik xususiyatlarini semantik, lingvokulturologik jihatdan 
o‘rganish zamonaviy leksikologiya, leksikografiya va frazeologiya 
sohalarini yangi ma'lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling