Til va madaniyat
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
sut pishimig‘a yovuq darang qildi [Bobur 2002, 209];
v) “vaqt” tushunchasi narsa-hodisa bilan bog‘liq faoliyat- jarayon orqali ifodalangan: oshliq so‘zining semantik kengayishi asosida g‘alla (oshliq) yig‘ini davri oshliq vaqti qo‘shma so‘zi orqali nomlangan: Yana yil ertaroq oshliq vaqtida kelib, bu afg‘onlarning fikrini bor asl qilmoq kerak [Bobur 2002, 287]; oshliq vaqti birligi semantikasidagi taraqqiyotni hozirgi qovun-tarvuz pishig‘i (“kuz”) birligiga qiyoslash mumkin; g) “vaqt” tushunchasi harbiy harakatlar bilan bog‘liq so‘zlar orqali quyidagicha ifodalangan: - “vaqt” tushunchasi jang asboblariga bog‘liq tarzda aks etgan: naqora (nog‘ora) jangga chorlashda yoki jang tugashida chalingan. Naqora vaqti “jang tugashi”ni bildirib, “kechki payt”ga to‘g‘ri kelgan; - “vaqt” tushunchasi harbiy harakatlarni bajarishga keta- digan muddat orqali aks ettirilgan: ot minguncha fursat, qilich sug‘urg‘uncha fursat, tug‘chi tug‘ bog‘laguncha fursat; sog‘doqqa solg‘ucha, ikki o‘q otquncha fursat. 3. “Vaqt” tushunchasi quyosh harakati orqali ifodalangan: a) quyoshning tush paytigacha bo‘lgan harakat chegarasi mezon qilib olingan: Kun tushgacha zarb urush edi [Bobur 2002, 336]. Eski o‘zbek adabiy tilida “kunning o‘rta vaqti” tushunchasini ifodalash uchun zuhr so‘zi qo‘llangan [Навоий 1972, 261]. Bu so‘z “shu vaqtda o‘qiladigan namoz” tushunchasini (peshin namozini) ham anglatgan [Назарова 1972, 51]: Jo‘nda g‘usl qilib, zuhr ado qildim [Bobur 2002,429]; bir nayza bo‘yi numerativi ham quyosh tikkaga kelgan paytni bildirgan; b) “vaqt” tushunchasini ifodalash uchun quyoshning botar chog‘idagi harakat-holati mezon qilib olingan. “Quyoshning botar payti” tushunchasi zavol vaqti birligi orqali ifodalangan: Zavol vaqtig‘acha munda ichildi [Bobur 2002, 312]. Zavol vaqti – “kun qiyomidan oshgan vaqt” [Назарова 1972, 47]. Zavol vaqti birligida zavol so‘zining ifoda semalari namoyon bo‘lgan: zavol – arabcha “yo‘q bo‘lish; so‘nish, botish”; “pasayish”; “nihoya”; “quyosh botishi” [TRS 1954,148]; zavol yetkurmoq“nobud qilmoq”; “pastlatmoq”; “botirmoq” [Навоий 1972, 240]; v) quyoshning yulduz burjlariga nisbatan harakat-holati 27 Eski o‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar semantikasi va lingvokulturologik xususiyatlari mezon qilib olingan: Oftob mezong‘a tahvil qildi [Bobur 2002,103]; Oftob hamalga tahvil qildi [Bobur 2002, 295]. 4. “Vaqt” tushunchasi kunning qismi bilan ifodalangan: ...ramazondek mutabarrak va aziz oyg‘a kechalik fursat qolib... [Bobur 2002,100]. 5.“Vaqt” tushunchasi oy nomlari asosida izohlangan: zulhijja “hijriy yilning o‘n ikkinchi oyi” [Bobur 2002, 64]; zulqa'da “hijriy yil hisobidagi o‘n birinchi oy” [Bobur 2002, 64]; rabbiul-avval “hijriy yilning uchinchi oyi” [Ishoqov 2008,138]; rajab “hijriy yilning oltinchi oyi” [Bobur 2002, 139]; jumodiul avval “hijriy yilning beshinchi oyi” [Ishoqov 2008, 59]; jumodil-oxir “hijriy yilning oltinchi oyi” [Ishoqov 2008, 59]; sha'bon “hijriy yilning sakkizinchi oyi” [Ishoqov 2008, 200]. 6. Hafta kunlari orqali aks ettirilgan: yakshanba “haftaning ikkinchi kuni”; odina “juma kuni”. “Boburnoma” dagi pashkol so‘zi “vaqt” tushunchasini hind xalqiga xos iqlim asosida nomlagan. Pashkol aksariyat o‘rinlarda “yomg‘ir mavsumi” ma'nosini anglatgan: Yozlar savr va javzoda pashkolga yovuq bu yel yilda to‘rt-besh navbat bisyor tund qo‘padur [Bobur 2002, 361]; Eski o‘zbek adabiy tili davriga oid yodgorliklarda “vaqt” tushunchasini muallifning so‘z qo‘llash mahorati orqali ifodalash hollari ham kuzatiladi. Masalan, Bobur vaqtni o‘ziga xos qiyoslar bilan ifodalagan,bir kecha-kunduzni islom diniga xos tushunchalar qiyosi orqali aks ettirgan: ...bir kecha kunduz 28 ming sakkiz yuz “Qulhuvalloh”ni bismillo bila o‘qug‘uncha bo‘lg‘ay... [Bobur 2002, 359]; ...bir kecha-kunduz 216 ming ko‘zni yumib ochguncha bo‘lg‘ay... [Bobur 2002, 359]; ...bir kecha-kunduz 8640 navbat “Fotiha”ni “bismilloh” bila o‘qug‘uncha bo‘lg‘ay [Bobur 2002, 358]. XIV asrda qo‘llangan kәchgәn ay “o‘tgan oy”, kәlgәn ay “kelasi oy”, kәlgәn kәychә “kelasi kecha”, tүn kәychә “o‘tgan kecha” kәldәchi ay “kelasi oydan keyingi oy”, kәldәchi yыl “kelasi yildan keyingi yil”, kәldәchi kүn “indinning ertasi”, birisi kүn “indin, ertadan keyingi kun”, әsrәgү kүn “o‘tgan kun”, yarыn “ertagi kun”, yikiz (yikindү) “asr namozi vaqti”, yatsun “xufton”, tүn buchqы “yarim kecha”, qushluq “sahar vaqti, erta tong” [Таржимон 1980, 60] kabi turkiy atamalar eski o‘zbek adabiy tili davri manbalarida kam uchraydi. Bu birliklarning o‘rnida arab va fors-tojik tillaridan olingan o‘zlashmalar, xalq dunyoqarashi, e'tiqodi, urf-odat va an'analari bilan bog‘liq bo‘lgan leksik birliklar ishlatila boshlangan. Jumladan, forscha- tojikcha numerativlar eski o‘zbek adabiy tilida faol qo‘llangan. Eski 28 Zulxumor XOLMANOVA o‘zbek tilidagi forscha-tojikcha numerativlar semantikasida o‘zgarish yuzaga kelib, bir necha yondosh tushunchalarni ifodalashga xizmat qilgan. Masalan, pos “kechaning bir qismi” [Nazarova 1972, 112]; “kechaning sakkizdan biri”. Shu so‘zdan pos omonimlari shakllangan: pos II “rioya, e'tibor”; pos III “qo‘riqlash, saqlash” ma'nolarini anglatgan [Навоий 1983, 583]. Pos “Boburnoma”da 180 daqiqa atrofidagi vaqt, muddat tushunchasini ifodalagan. Pos hozirgi o‘zbek tilidagi birpas ravishi tarkibida saqlanib qolgan, alohida ishlatilmaydi. Pos termini, asosan, kechaning qismini bildirsa-da, vaqt o‘lchovi sifatida kunning ma'lum qismini ifodalashga ham xizmat qilgan: Va kundin bir posi o‘tub erdikim... [Bobur 2002, 454]. Pos hisob so‘zi orqali ifodalangan muddat numerativ bilan birga qo‘llanuvchi miqdor son orqali belgilangan: ikki pos – 360 daqiqaga teng vaqt: uch pos – 540 daqiqaga teng vaqt. Ikki pos, uch pos hozirgi o‘zbek adabiy tilida ishlatilmaydi. “Boburnoma” leksikasidagi “vaqt”, “me'yor, o‘lcham” tushunchalari bilan bog‘liq numerativlar xalqning milliy qarashlari, an'analariga xos xususiyatlarni namoyon qilish bilan birga tarixiy birliklar, diaxronik shakllar haqida ham ma'lumot beradi. Xulosa Har bir tilning o‘z tarixi bor, har bir milliy til o‘z taraqqiyot bosqichiga ega. Xalq tili asrlar bo‘yi sayqal topadi, rivojlanadi, milliy til, keyinchalik, davlat tili darajasiga ko‘tariladi. Har bir til rivojida muayyan xalqning, ziyolilarning, buyuk mutafakkirlarning o‘z o‘rni bor. Masalan, dunyoga keng yoyilgan turkiy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili taraqqiyotida Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Elbek kabi yuzlab ma'rifat fidoyilarining alohida xizmatlarini ta'kidlash joiz. Mahmud Koshg‘ariy turkiy tilni “arab tili bilan ikki uloqchi otday tenglashib, undan o‘zib borayotgan” til sifatida faxr bilan e'tirof etdi. Har bir millat farzandi, millatga mansub har bir shaxs, avvalo, mutaxassislar, ziyolilar, ayniqsa, yozuvchilar tilga, milliy tilga alohida e'tibor bilan yondashishlari zarur. Adabiyotning quroli – so‘z. Yozuvchi so‘z qo‘llar ekan, uning nozik qirralarini anglashi va ma'no nozikliklaridan amalda foydalana olishi lozim. Ijodkorlarning badiiy mahorati tufayli so‘zning ma'no imkoniyatlari davrlardan davrlarga o‘tib, sayqallanib boradi. Til taraqqiyoti davomida uning barcha sathlarida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ayniqsa, leksik sathdagi o‘zgarishlar sezilarli darajada namoyon bo‘ladi. Leksema semantikasi ma'no kengayishi va torayishi 29 Eski o‘zbek tiliga xos ayrim leksemalar semantikasi va lingvokulturologik xususiyatlari kabi hodisalar bilan bir qatorda adaniy munosabatlarni ham o‘zida ifoda etib boradi. Leksik birliklar semantikasini tahlil qilish muayyan xalqning yashash tarzi, voqyelikka munosabati, olam manzarasini lisonda aks ettirish xususiyati haqida muhim ma'lumotlar beradi. Til millat tarixini, o‘ziga xos urf-odat, an'analarini, turmush tarzi, ma'naviy-madaniy dunyosini o‘z bag‘riga jo qiluvchi tengsiz ne'mat hamdir. Shunday ekan, milliy tilning hozirgi holati, kelgusi taqdiri uchun shu tildan foydalanuvchilarning barchasi mas'uldir. Bu mas'ullik ajdodlar oldidagi qarz, avlodlar oldidagi burchni belgilab beradi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling