Til va muloqot fanidan
Download 0.52 Mb.
|
Maktab yoshidagi bolalar nutqini o\'stirish to\'g\'risida olib borilgan tadqiqotlar metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola nutqini rivojlantirish borasidagi amalga oshirilgan ishlar
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘oziyeva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o'yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi. 1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot obyekti hisoblanadiBarcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishmi alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogic ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik - о‘zaro bog‘liqjarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa - ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishmi alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogic ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik - о‘zaro bog‘liqjarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa - ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.Bola nutqini rivojlantirish borasidagi amalga oshirilgan ishlarNutqni shakllantirishning dastlabki davrida nutqni tinglashga oid asosiy komponentlarni rivojlantirish bir tekisda bormaydi. Chunonchi, nutqni rivojlantirishning birinchi bosqichlarida tinglash e’tiboriga alohida ahamiyat beriladi. Vaxolanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa yuqori tovush tinglash qobiliyati zimmasiga tushadi. Bolalar tovush balandligi o’zgarishini nutqning xis-xayajonli xususiyatiga (jaxd qilinsa unga javoban yig’laydilar hamda xushmuomala va mayin munosabatga javoban jilmayadilar) va tembriga (onasi va boshqa yaqinlarini ovozlaridan taniydi) muvofiq holda qarab tanib olishni biladilar, shuningdek so’zning ritmik suratini, ya’ni uning sheva-bo’g’in tarkibini (so’zning bo’g’inlar soni va asosiy urg’uning joyiga bog’liq bo’lgan tovush tuzilishi xususiyatlari) nutq sur’ati bilan birlikda to’g’ri qabul qiladilar. Kelgusida nutqni rivojlantirishda fonematik tinglash qobiliyatini, ya’ni bir tovushni boshqasidan aniq ajrata olish va buning natijasida ayrim so’zlarni tanish hamda tushunish qobiliyatini shakllantirish muhim o’rin tutadi.Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling