Til va muloqot fanidan
Download 0.52 Mb.
|
Maktab yoshidagi bolalar nutqini o\'stirish to\'g\'risida olib borilgan tadqiqotlar metodikasi
Nutqni shakllantirishning dastlabki davrida nutqni tinglashga oid asosiy komponentlarni rivojlantirish bir tekisda bormaydi. Chunonchi, nutqni rivojlantirishning birinchi bosqichlarida tinglash e’tiboriga alohida ahamiyat beriladi. Vaxolanki, bunda asosiy mantiqiy vazifa yuqori tovush tinglash qobiliyati zimmasiga tushadi. Bolalar tovush balandligi o’zgarishini nutqning xis-xayajonli xususiyatiga (jaxd qilinsa unga javoban yig’laydilar hamda xushmuomala va mayin munosabatga javoban jilmayadilar) va tembriga (onasi va boshqa yaqinlarini ovozlaridan taniydi) muvofiq holda qarab tanib olishni biladilar, shuningdek so’zning ritmik suratini, ya’ni uning sheva-bo’g’in tarkibini (so’zning bo’g’inlar soni va asosiy urg’uning joyiga bog’liq bo’lgan tovush tuzilishi xususiyatlari) nutq sur’ati bilan birlikda to’g’ri qabul qiladilar. Kelgusida nutqni rivojlantirishda fonematik tinglash qobiliyatini, ya’ni bir tovushni boshqasidan aniq ajrata olish va buning natijasida ayrim so’zlarni tanish hamda tushunish qobiliyatini shakllantirish muhim o’rin tutadi.Nutq rivojlanishi murakkab va, afsuski, juda keng tarqalgan muammodir. Nutqni yaxshi shakllantirish uchun bola bilan muloqot qilish kerak. Afsuski, na televizor, na audio ertaklar odamning odatiy nutqi o‘rnini bosa olmaydi. 5-6 oydan keyin turli xil qush va jonivorlarga taqlidan kuylashni boshlash lozim; 6-8 oydan so‘ng qilayotgan yoki qilishni rejalashtirgan hamma narsani aytish, she’r va ertaklarni o‘qish, kitoblardagi rasmlarni ko‘rsatish zarur. Garchi bola hali juda kichkina, hech narsani tushunmaydigandek tuyilsa-da, bularning barchasi bolaning miyasining rivojlanishiga va ko‘proq yangi asabiy aloqalarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bolada nutq rivojlanishining normal vaqti: Farzandingiz standartlarga (bir yoshida 8-10, 1,5 yoshda 30 so‘z) javob bermasa, tashvishlanmang. Bolalarda nutq turlicha rivojlanadi. Bir yoshga to‘lgunga qadar barcha bolalar kelajakda nutqni o‘zlashtirish uchun bir necha bosqichlardan o‘tadi. 4-5 oyligidan ovoz chiqarishi, 8 oyligidan turli xil harflarni juftlab aytishi mumkin. Birinchi so‘zlar aksariyat chaqaloqlarda 9 oydan 1,5 yoshgacha paydo bo‘ladi. Bu so‘zlarni osongina tanib olish mumkin yoki aksincha, oddiy nutqdan uzoqqa o‘xshaydi: it o‘rniga baba, mashina o‘rniga bibi va boshqalar.Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling