Farzandingiz standartlarga (bir yoshida 8-10, 1,5 yoshda 30 so‘z) javob bermasa, tashvishlanmang. Bolalarda nutq turlicha rivojlanadi. Bir yoshga to‘lgunga qadar barcha bolalar kelajakda nutqni o‘zlashtirish uchun bir necha bosqichlardan o‘tadi. 4-5 oyligidan ovoz chiqarishi, 8 oyligidan turli xil harflarni juftlab aytishi mumkin. Birinchi so‘zlar aksariyat chaqaloqlarda 9 oydan 1,5 yoshgacha paydo bo‘ladi. Bu so‘zlarni osongina tanib olish mumkin yoki aksincha, oddiy nutqdan uzoqqa o‘xshaydi: it o‘rniga baba, mashina o‘rniga bibi va boshqalar. Qoida tariqasida, birinchi so‘zlar paydo bo‘lganidan 6-12 oy o‘tgach, leksik jarayon sodir bo‘ladi: so‘zlar soni keskin ko‘payadi, birinchi iboralar paydo bo‘ladi, ya’ni umumiy ma’no bilan birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq so‘z. Bolada nutq rivojlanishining kechikish belgilari: Bir yoshda bola ota-onasining unga murojaat qilgan nutqiga javob bermaydi (mehrli murojaatga javoban jilmaymaydi; buyruqlarni e’tiborsiz qoldiradi). Hech kim bolani mukammal tarzda bo‘ysunishini kutmaydi, ayniqsa bu yoshda, lekin har qanday murojaat qilingan nutqqa reaksiyaning to‘liq yetishmasligi kattalarni ogohlantirishi kerak. 1,5—2 yoshli bola ota-onalar tomonidan nomlangan obyektni (olma, stol, yozuv mashinkasi va boshqalar) ko‘rsatolmaydi; 1,5—2 yoshli bolada ishora bo‘lmaydi, (barmog‘i bilan ko‘rsatmasligi) so‘zni aytmaydi; 2,5—3 yoshda, oddiy iboralarni tuza olmaydi (men ichmoqchiman, menga olma ber, sayrga boramiz). Foydalanilgan adabiyotlar - F.R.Qodirova, P.M. Qodirova “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi.
- https://ru.wikipedia.org
- D.R. Babayeva “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” 2018 yil
E’tiboringiz uchun rahmat! E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |