Tili tarixi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/62
Sana08.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#238327
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
Maruzalar matni til tarixi

Savol va topshiriqlar: 
1.  Arab  dunyosida  turkiy  tilni  o’rganishga  bo’lgan  ehtiyojning 
ijtimoiy-siyosiy sabablarini tushuntiring. 
2. “Attuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya” asarini tavsiflang. 
3.  “Attuhfa”  asarining  tuzilishi  va  unda  so’zlarning  izohlanish 
tamoyillari bo’yicha ma’lumot bering. 
4.  Hozirgi  o’zbek  adabiy  tilining  “Attuhfa”  lug`atidagi  leksik 
birliklarga munosabatini so’zlab bering. 
5.  “Attuhfa”  asarining  ilmiy-tarixiy  jihatdan  ahamiyatini 
tushuntirib bering. 
 
 
«O’G`UZNOMA» ASARI VA UNING TILI  
 
E‘ t i b o r  q a r a t i l a d i g a n  m a s a l a l a r: 
1. “O’g`uznoma” asari va uning qo’lyozma nusxalari. 
2. Asarda qadimiy turkiy qavmlar nomi va izohi. 
3. Asarning til xususiyatlari, lug`at tarkibi va undagi so’zlarning 
tarixiy-etimologik qatlamlari hamda mavzuiy guruhlari. 
4. “O’g`uznoma” asarining ayrim lug`aviy-badiiy xususiyatlari. 
 
Turkiy  xalqlar  tarixi,  madaniyati,  adabiyoti  va  tili  bilan  bog`liq 
masalalarni  o’rganishda  barcha  turkiy  xalqlarning  mushtarak 
yodgorligi  “O’g`uznoma”  asari  muhim  ahamiyatga  ega.  Mazkur 
asarning,  asosan,  ikkita  qadimiy  qo’lyozma  nusxasi  mavjud. 
Birinchisi, qarluq-uyg`ur tili xususiyatlarini o’zida aks ettiradi. Ushbu 
epik  asar  turkiy  xalqlarning  asosiy  o’zak  qismlaridan  birini  tashkil 
etuvchi  o’g`uzlar,  ularning  shakllanishi,  shajarasi  va  afsonaviy 
hukmdori O’g`uz xoqon haqida bo’lib, uyg`ur yozuvida bitilgan. Qirq 
ikki  sahifali  asarning  asl  nusxasi  taxminan  XV  asrda  ko’chirilgan, 
Oltin  O’rda  xoqoni  To’xtamishning  kutubxonasida  saqlangan,  hozir 
Parijdagi  Milliy  kutubxonaning  “Turkiy  asarlar”  bo’limida  saqlanadi. 


86 
Mazkur  qo’lyozma  nusxasida  Ko’k  Tangri  diniga  doir  ayrim 
xususiyatlar  mavjud  bo’lib,  islom  va  buddizm  diniga  oid  elementlar 
deyarli  uchramaydi.  Shunga  ko’ra  bu  nusxani  mutaxassislar  eng 
qadimiy nusxa sifatida belgilaydilar. 
O’g`uzxon  haqidagi  afsonaning  ikkinchi  qadimiy  nusxasi  XIV 
asrda  yashagan  Rashiddidinning  “Jome’  at-tavorix»  kitobida  mavjud. 
Asarda  turkiy qavmlarning  yuzaga  kelishi  hamda  yigirma  to’rtta  turk 
qavmiga nom berilishi bilan bog`liq bir necha rivoyat hamda afsonalar 
keltirilgan.  Ular  orasida  O’g`uz  xoqonga  bag`ishlangan  afsona  ham 
bor.  Shuningdek,  asarning  arab  yozuvida  tartib  qilingan  ikkita 
qo’lyozma  nusxasi  O’zbekiston  Fanlar  akademiyasining  Beruniy 
nomidagi  Sharqshunoslik  institutida  saqlanadi.  Bular  keyingi 
davrlarda ko’chirilgan nusxalardir.  
«O’g`uznoma»ning  turli  variantdagi  versiyalari  bor.  Uning  eng 
ko’p  tarqalgan  varianti  Abulg`ozi  Bahodirxonning  «Shajarayi  turk» 
(1669)  asarida  saqlangan.  «Kitobi  dadam  Qo’rqut»  (“Qo’rqut  ota 
kitobi”)ning  o’n  ikkita  bobidan  biri  ham  «O’g`uznoma»  nomi  bilan 
ataladi.  «O’g`uznoma»  ko’p  tillarga,  jumladan,  nemis  (1815),  rus 
(birinchi marta – XIX asrning oxiri; ikkinchi marta –1959) va boshqa 
tillarga  tarjima  qilingan.  “O’g`uznoma”ning  uyg`ur  yozuvidagi  asl 
matni  va  uning  o’zbek  tiliga  o’girilgan  variantini  tilshunos  Baxtiyor 
Isabekov nashrga tayyorlab, uni 2007-yilda chop ettirdi
1
.  
Asarning  yaratilish  vaqtini  dostonning  ko’chirilgan  davri,  ya’ni 
XV asr bilan bog`lab bo’lmaydi. Asarda tasvirlangan voqealar, undagi 
miflar  ancha  qadimiydir.  Shunga  ko’ra  tadqiqotchilar  tomonidan 
asarning  miloddan  avvalgi  II  asrlarda  yaratilganligi  bo’yicha 
qarashlari ilgari surilgan
2
.  
Dostonda 
turkiy 
xalqlarning 
eng 
qadimgi 
davrlaridan 
milodimizgacha bo’lgan hayotining turli belgilari umumlashgan. Unda 
turkiy  qabila  va  urug`lar  tarixi  haqidagi  mifik  tasavvur  ifodalari 
muhim  o’rin  olgan.  «O’g`uznoma»  O’g`uz  xoqonning  tug`ilishidan 
                                                           
1
 Ўғузнома  (Б.Исабеков нашрга тайёрлаган). –Т.: Ўзбекистон, 2007. -40 б. 
2
 O`sha asar, 4-bet. 


87 
keksaygan  so’nggi  davrigacha  bo’lgan  voqealarni  qisqa  syujetlarda 
tasvirlab  beradigan  dostondir.  Shunga  ko’ra,  bu  asarni  katta  bir 
eposning  bo’laklari  yoki  bir  necha  qahramonlik  eposlaridan  olingan 
parchalar  O’g`uz  xoqon  nomi  bilan  bog`langan  deyish  mumkin. 
O’g`uz  so’zining  dastlabki  shakllari  o’kuz,  ho’kuz  bo’lgan  degan 
qarashlar mavjud. 
Ayonki, qadimgi miflarda beligacha ho’kiz bo’lgan Ho’kiz odam 
obrazi  tasvirlangan.  Mifologiyaga  ko’ra,  Kayumars  (Govmard)  yer 
yuzida  paydo  bo’lgan  birinchi  odam  bo’lib,  go’yo  u  ikki  vujuddan: 
ho’kizdan  va  odamdan  tashkil  topgan.  Insoniyatning  ashaddiy 
dushmani Ahriman Kayumarsni o’ldiradi. Kayumars jasadining ho’kiz 
qismidan  turli  xil  don  va  o’simlik,  sigir  va  ho’kiz,  ulardan  esa  juda 
ko’p  foydali  hayvonlar  paydo  bo’ladi;  odam  qismidan  esa  insonning 
erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi. 
“O’g`uznoma”  asarida  O’g`uzning  tug`ilganiga  qirq  kun 
bo’lganligidagi  tasvirida  uning  oyoqlari  ho’kizga  o’xshatilishini 
mazkur mifologik obraz bilan bog`lash mumkin. Belining bo’ri beliga 
o’xshatilishi  esa  o’zlarini  bo’ri  avlodidan  hisoblagan  turkiylarni 
eslatadi.  Izoh  sifatida  aytish  mumkinki,  bo’rining  erkin  hayot  tarzi, 
erkinlikdan  boshqa  sharoitda,  chunonchi,  tutqinlikda  aslo  yashay 
olmasligi, mardligi, sadoqati sabab turkiylar uni o’zlarining totemi deb 
bilgan. 
Aytilganidek,  “O’g`uznoma”  asarida  voqealar  bayoni  qisqa-
qisqa  jumlalar  vositasida  berilgan.  Har  bir  jumla  ifodalanayotgan 
voqea  haqida  muhim  ma’lumot  berish  vazifasini  bajargan.  Asarning 
qisqacha  mazmuni  quyidagicha:  Tangri  olamni  yaratadi,  unga  Oy 
xoqonni  hukmdor  etadi.  Kunlardan  bir  kun  Oy  xoqon  o’g`il  tug`adi. 
Doston mazmunidan anglashilishicha, tug`ilgan chaqaloq – O’g`uz yer 
yuzidagi  birinchi  inson,  u  g`ayritabiiy  tug`ilgan.  Izoh  sifatida  aytish 
mumkinki,    qadimgi  afsona  va  rivoyatlarning  deyarli  barchasida 
birinchi inson g`ayritabiiy tug`ilgan. 
Oy  xoqondan  tug`ilgan  o’g`ilning  yuzi  ko’k,  og`zi  otashday 
qizil, sochlari qora va farishtalardan ham chiroyliroq edi. O’sha o’g`il 


88 
onasining ko’ksidan bir marta sut emib, undan so’ng boshqa ichmadi, 
tilga  kirib,  yaxshi  go’sht,  ovqat,  ichimlik  so’radi.  Qirq  kundan  so’ng 
ulg`aydi.  Oyog`i  ho’kiz  oyog`idek,  bellari  bo’rining  bellaridek, 
yag`rini  burgut  yag`riniday,  ko’kragi  ayiq  ko’kragiday  edi.  Ko’p 
kunlar,  ko’p  tunlardan  so’ng  yigit  bo’ldi.  O’rmonda  bahaybat  bir 
yirtqich  bor  edi,  otlarni,  odamlarni  yer  edi.  O’g`uz  nayza  bilan 
yirtqichning boshiga urdi, uni o’ldirdi. 
Kunlardan bir kun O’g`uz xoqon tangriga yolvordi. Ko’kdan bir 
yorug` nur tushdi. O’sha nurning orasida bir qiz bor edi. O’g`uz xoqon 
uni  ko’rib  o’zidan  ketdi,  sevib  qoldi,  uni  oldi.    U  uch  o’g`il  tug`di. 
Ularga  Kun, Oy,  Yulduz otini qo’ydilar.  
Kunlardan  bir  kun  O’g`uz  xoqon  ovga  ketdi.  Bir  daraxtning 
ostida chiroyli bir qiz yolg`iz o’tirar edi. Uning ko’zi ko’m-ko’k, sochi 
daryoning oqimidek, tishi inju kabi edi. O’g`uz xoqon uni sevib qoldi, 
unga  uylandi.  U  uchta  o’g`il  tug`di.  Birinchisiga  Ko’k,  ikkinchisiga 
Tog`,  uchinchisiga  Dengiz  ismini  qo’ydilar.  O’g`uz  o’zini  xon  deb 
e’lon qildi. Itil daryosidan o’tib ko’p yerlarni bosib oldi. Unga butun 
safari  davomida  ko’k  bo’ri  rahnamolik  qildi.  Bir  kun  tush  ko’rdi. 
Tushida  oltin  yoy  va  uchta  kumush  o’q  ko’rdi.  Yoyni  va  o’qni 
farzandlariga berib, yurtni ularga meros qoldirdi. 
«O’g`uznoma»da  Ko’k  bo’ri  asar  syujetini  rivojlantiruvchi 
asosiy  obrazdir.  U  O’g`uzxonga  bir  necha  marta  yo’l-yo’riq 
ko’rsatadi, uni xavfdan ogoh qiladi, unga g`alaba xabarini beradi. Asar 
tilida  qadimiy  turkiy  qavmlar  nomi  ko’p  uchraydi.  Bunga  misol 
sifatida  Qang`li  urug`ining  nomini  aytib  o’tish  mumkin.  Qang`li 
turkiy xalqlarning miloddan avvalgi asrlarda shakllangan qabilalaridan 
biridir.  Afsonada  bu  nomning  kelib  chiqish  sababi  quyidagi  voqea 
bilan  izohlanadi:  “Jurjit  xoqonining  xalqi  O’g`uz  xoqonga  qarshi 
turadi. Urush boshlanadi. O’g`uz xoqon g`alaba qiladi. Jangdan so’ng 
O’g`uz xoqonning qo’shini shunday katta o’ljaga ega bo’ladiki, ularni 
yuklashga,  olib  ketishga  ot,  xachir,  ho’kiz  kamlik  qiladi.  O’g`uz 
xoqonning qo’shinida chaqqon, gavdali bir yaxshi odam bo’ladi. U bir 
arava yasaydi. Arava ustiga o’lik o’lja (mol-mulk)ni yuklaydi, aravaga 


89 
esa  tirik  o’lja  (asir)ni  qo’shadi.  Navkarlarning  hammasi  buni  ko’rib, 
ular  ham  aravalar  yasaydilar.  Aravalar  yurganda  «qang`a,  qang`a» 
degan ovoz chiqaradi. Shuning uchun ularga qang`a deb ot qo’ydilar. 
O’g`uz  xoqon  aravalarni  ko’rdi,  kuldi.  Aytdiki,  o’lik  (mol)ni  tirik 
(mol)  tortib borsin. “Qang`alug`” senga nom bo’lsin,  «qang`a» senga 
nishon bo’lsin, seni bildirsin” [O’N, 29].  
Ma’lumki,  turkiylar  qadimda  aravani  qang`li  deb  atashgan.
 
Asarda  qadimiy  turkiy  qabilalardan  biri  qang`li  urug`i  nomidan 
tashqari  uyg`ur  [O’N,14],  churchit  [O’N,26],  qipchaq  [O’N,22]
 
kabi 
urug`larning nomi ham qayd etilgan. Asarda juda ko’plab kishi ismlari 
(antroponimlar)  ham  uchraydi.  Ular  jumlasiga  Oy  qag`an  [O’N,8], 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling