Tili tarixi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/62
Sana08.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#238327
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
Maruzalar matni til tarixi

O’g`uz  qag`an  [O’N,10],  Kun  [O’N,12],  Ay  [O’N,12],  Yulduz 
[O’N,12],  Ko’k  [O’N,14],  Tag`  [O’N,14],  Tengiz  [O’N,14],  Altun 
qag`an  [O’N,16],  Urum  qag`an  [O’N,16],  Urus  beg  [O’N,20], 
O’rdubek  [O’N,22],  To’murdu  kag`ul  [O’N,26],  Churchit  qag`an 
[O’N,26],  Barmaqlug`  Yo’sun  Billik  [O’N,28],  Masar  qag`an 
[O’N,30],  Ulug`  Turuk  [O’N,30]  kabilarni  aytib  o’tish  mumkin. 
Ko’rinib  turibdiki,  ismlarning  barchasi  tarixiy-etimologik  nuqtai 
nazardan  umumturkiy  qatlamga  xos.  Asarda  Islom  dini  bilan  bog`liq 
arabiy  ism  deyarli  uchramaydi.  Bundan  anglashiladiki,  asarda 
tasvirlangan  afsonaviy  voqealarning  badiiy  mazmuni  VIII  asrdan 
ancha  oldin,  Islom  dini  turkiylar  hayotiga  kirib  kelishiga  qadar 
shakllangan.  
Asarda  keltirilgan  ismlardan  qadimda  kishilar  o’zlarini  olam  va 
tabiat  bilan  uyg`un,  ular  bilan  o’zaro  bog`liq  holatda  tasavvur 
qilganliklarini  bilib  olish  mumkin.  O’g`uz  xoqon  farzandlariga  Kun, 
Ay,  Yulduz,  Ko’k,  Tag`  va  Tengiz  ismlarining  qo’yilishiga  e’tibor 
berilsa,  ular  osmon  jismlari,  tabiat,  tog`  va  dengiz  nomlari  asosida 
qo’yilgan:  quyosh  (Kun),  oy  (Ay),  yulduz  (Yulduz),  osmon  (Ko’k), 
tog` (Tag`), dengiz (Tengiz) kabi. Asarda uchta tog` nomi – Muztag` 
[O’N,16],  Sindu  [O’N,28],  Tangut  [O’N,28];  bitta  daryo  nomi  –  Itil 
[O’N,19];  bitta  joy  nomi  –  Barqan  [O’N,28]  qo’llanilgan.  Daryo 
ma’nosi  asarda  muran,  talun  va  o’kuz  so’zlari  orqali  ifodalangan 


90 
bo’lib,  ba’zan  muran  so’zi  irmoq  ma’nosida  ham  qo’llanilgan 
[O’N,8]. 
Asarda  umumturkiy  [kun,  ko’k,  o’g`il,  til,  bel,  ot,  yigit,  tong, 
ko’krak,  tish,  soch  kabi],  qadimgi  turkiy  [chirag`  (yuz,  aft),  o’kuz 
(daryo), qaliq (eshik), emgak (mehnat, mashaqqat), qabuchaq (qobiq, 
kovak), to’ruluk (hokimiyat), al (olovrang) kabi] so’zlar asosiy qatlam 
sifatida  namoyon  bo’lgan.  Shu  bilan  birga  asar  tilida  oz  miqdorda 
bo’lsa  ham  forsiy  va  arabiy  so’zlar  uchraydi.  Bunday  so’zlar 
jumlasiga  arabiy  salla  [O’N,30],  shag`am  (shom)  [O’N,28];  forsiy 
do’st  [O’N,16],  kish  (qunduzning  bir  turi)  [O’N,8]  kabilarni  aytish 
mumkin.  Arabiy  xalq  so’zi  ma’nosida  el-kuni  so’zi  qo’llangan: 
Andag`  ko’rukluk  erdikim,  yerning  el-kuni  ani  ko’rsa,  ay-ay,  ah-ah, 
o’larbiz tep. (Shunchalik chiroyli edikim, uni ko’rgan xalq “hoy-hoy, 
voh-voh, o’lib qolamiz” der) [O’N,12]. 
Bitikda  ov  va  urush  lavhalari  asosiy  o’rin  tutadi.  Shunga  ko’ra 
asar  tilida  hayvon  va  qurol-aslaha  nomlari  ko’p  uchraydi.  Hayvon 
nomlaridan  bo’ri  [O’N,8],  kish  (qunduzning  bir  turi)  [O’N,8],  adug` 
(ayiq)  [O’N,8],  at  (ot)  [O’N,8],  kik  (yovvoyi  hayvon,  mahluq) 
[O’N,8],  yilqi  [O’N,8],  qush  [O’N,8],  qiat  (katta  mahluq,  karkidon) 
[O’N,8], bug`u [O’N,10], shunqar [O’N,10], qulan (qulon) [O’N,14], 
buzaq (buzoq) [O’N,26], ud (ho’kiz, sigir) [O’N,22], qag`atir (xachir) 
[O’N,28],  tag`uq  (tovuq)  [O’N,34],  qo’y  [O’N,30]  kabilarni  aytib 
o’tish mumkin. E’tiborli jihati shundaki, kik so’zi bir o’rinda yovvoyi 
hayvon,  mahluq  ma’nosida,  boshqa  bir  o’rinda  kiyik  ma’nosida 
qo’llangan. 
Qurol-aslaha terminlardan yida (cho’qmor, gurzi) [O’N,10], o’q 
[O’N,10],  qilich  [O’N,10],  qalqan  [O’N,10],  ya  (yoy,  kamon) 
[O’N,10],  cherig  (askar,  lashkar)  [O’N,16]  kabilar  istifoda  etilgan.
 
Urush,  jang  ma’nosini  ifodalash  uchun  atlag`u,  to’qush//to’qushg`u, 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling