Tili tarixi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/62
Sana08.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#238327
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62
Bog'liq
Maruzalar matni til tarixi

tutrulunch,  urushunch,  urushg`u//urushqu  va  so’g`urg`u  so’zlaridan 
foydalanilgan. 
Asar tilida daraxt va uning qismlari nomlari – tal (tol) [O’N,10], 
chubug`  (novda)  [O’N,10],  ig`ach//yig`ach  (daraxt)  [O’N,10]; 


91 
ichguliklar  nomi  –  sut,  qumuz  (qimiz)  [O’N,12];  qimmatbaho  toshlar 
nomi  –  altun  [O’N,16],  kumush  [O’N,16],  yaqut  (yoqut)  [O’N,16], 
erdan  (qimmatbaho  narsalar)  [O’N,30]  kabilar  uchraydi.
 
Qa’la, 
shahar, kent ma’nosini ifodalash uchun baluq [O’N,20], og`iz, birinchi 
sut  ma’nosida  o’g`uz  [O’N,8],  tomon,  yo’nalish  ma’nosida  kundunki 
(janub),  sari  (tomon,  yo’nalish),  cho’ng  (chap,  so’l),  bulung  (tomon, 
taraf)  kabi  so’zlar  qo’llangan.  Qiz  so’zi  ayol  jinsli  kishi  ma’nosidan 
tashqari noyob, nodir ma’nosini bildirgan. 
Asarda ayrim so’zlar o’z ma’nosidan tashqari ko’chma ma’noda 
ham qo’llanilgan. Bunga misol sifatida qadimgi turkiy yig`ach so’zini 
aytish mumkin. O’g`uz xoqon o’rmondagi bahaybat yovvoyi hayvonni 
daraxt  tagida  poylab  turishi  holatida  yig`ach  so’zi  daraxt  ma’nosida 
qo’llanilgan:  Kena  o’sha  yig`achnung  tubinda  turdi  (O’zi  o’sha 
daraxtning  tagida  kutib  turdi)  [O’N,10].  O’g`uz  xoqon  O’rusbek 
yurtiga  qo’shin  tortib  borganda,  O’rusbek  o’g`li    O’g`uz  xoqonga 
“bizning  urug`imiz  –  sening  urug`ing”,  ya’ni  mening  sen  bilan 
urug`imiz  bitta,  shu  uchun  sen  bilan  jang  qilmayman,  senga  soliq 
to’layman,  sen  bilan  sodiq  do’st  bo’lib  qolaman,  deydi:  Bizning 
urug`ibiz  sening  yig`achungnung  urug`i  bo’lmish  bo’lup  turur 
(Bizning  urug`imiz  sening  shajarangning  bir  tarmoq  urug`idir).  Bu 
erda yig`ach so’zi majoziy ma’noda, ya’ni  shajara, avlod ma’nosida 
istifoda etilgan [O’N,22]. 
Asar  tilida  o’xshatish  (tashbih)lar  juda  ko’p  qo’llangan. 
Masalan,  O’g`uz  xoqon  tug`ilganganda  uning  og`zi  qizil  olov 
(otash)ga  o’xshatiladi:  Ag`izi  atash  qizil  erdi  (Og`zi  otash  kabi  qizil 
edi) [O’N,8]. O’g`uz xoqon qirq kunlikdagi holati tasvirida esa uning 
beli  bo’rining  beliga,  yag`rini  silovsin  yag`riniga  tashbih  qilinadi: 
Bellari bo’ri bellaridek, yag`ri kish yag`ritek (Bellari bo’ri bellaridek, 
yag`rini  kish  (silovsin)  yag`ridek)  [O’N,8].  O’g`uz  xoqon  sevib 
qolgan  nur,  yorug`lik  ichidagi  qizning  tasvirida  uning  yuzidagi  katta 
xoli  oltin  qoziq  yulduziga  o’xshatiladi:  Bir  mengi  bar  erdi,  altun 
qaziqteg erdi (Bir katta xoli bor edi, xuddi oltin qoziq yulduzidek edi) 
[O’N,12]. 


92 
Asarda aq (oq) [O’N,8], al (qizil) [O’N,8], qara (qora) [O’N,8], 
ko’k  [O’N,8],  ko’krak  (ko’kroq)  [O’N,12],  qip-qizil  [O’N,20],  apaq 
(oppoq)  [O’N,24]  kabi  rangni  bildiruvchi  so’zlar  qo’llangan  bo’lib, 
ular  orasida  ko’k  rangga  alohida  e’tibor  berilgan.  Shunga  doir  ayrim 
misollarni quyida keltirib o’tamiz:  
1.  O’g`uz  xoqon  ikkinchi  marta  sevib  qolgan  qizning  ko’zlari 
tasvirida uning ko’zlari “ko’ktun ko’krak” deb berilgan: Ko’rukluk qiz 
erdi.  Anung  ko’zi  ko’ktun  ko’krak  erdi  (Ko’rkam  bir  qiz  edi.  Uning 
ko’zi ko’kdan ham ko’kroq edi) [O’N,12]. 
2.  O’g`uz  xoqonga  yo’lboshchilik  qilgan  bo’ri  ko’k  tukli,  ko’k 
yolli sifatida tasvirlangan: Ko’k tuluklug, ko’k yallug`, beduk bir erkak 
bo’ri yuruguda turur (Ko’k tukli, ko’k yolli, katta bir bo’ri ketmoqda) 
[O’N,18]. 
3.  Asarda  keltirilishicha,  O’g`uz  xoqon  tug`ilganida  uning  yuzi 
ko’k  bo’lgan:  O’shul  o’g`ulning  o’nglugi  chiraqi  ko’k  erdi  (O’sha 
o’g`il yuzining rangi ko’k edi) [O’N,8]. 
O’g`uz  xoqon  va  uning  eli  Ko’k  Tangriga  sig`ingan.  Asardagi 
bir  lavhada  bu  yaqqol  o’z  ifodasini  topgan.  O’g`uz  xoqon  tun 
qorong`uligida  kundan  yorug`roq,  oydan  ravshanroq  nur  ichida 
o’tirgan bir qizni sevib qolishi voqeasida qizning tasviri quyidagicha 
berilgan:  O’shul  qiz  andag`  ko’ruklug`  erdikim,  kulsa  Ko’k    Tangri 
kula  turur,  yig`lasa  Ko’k  Tangri  yig`layu  turur  (Bu  qiz  shunchalik 
ko’rkam edikim, kulsa Ko’k Tangri ham kular, yig`lasa Ko’k Tangri 
ham yig`lar edi) [O’N,12]. 
Ayonki, qadimgi turkiy tilda ko’k omonimi, aniqroq qilib aytsak, 
omoleksemasi  ko’k  rang;  osmon,  koinot;  ko’kat;  chok  chizig`i; 
ko’zning rangdor pardasi (ko’k ko’z); qush nomi; erkak mushuk nomi; 
biror  shaxsning  xizmati  uchun  beriladigan  nom;  unvon  ma’nolaridan 
tashqari  erk,  erkin,  ozod,  mustaqil  ma’nosida  ham  qo’llangan 
[DTS,312].  Muhim  jihat  shundan  iboratki,  insonning  ko’zi  va  yuzi, 
bo’rining  esa  tuki  hamda  yoli  ko’k  rangda  ifodalanishi  bilan  Ko’k 
Tangridagi ko’k so’zida o’zaro bog`liqlik bor. 


93 
“O’g`uznoma” asarida turkiy xalqlarning turmush tarzi, ijtimoiy-
siyosiy,  iqtisodiy  ahvoli,  ma’naviy  olami,  diniy  qarashlari  va  orzu-
umidlari  ma’lum  darajada  aks  etgan.  Uning  tilida  qo’llangan  leksik 
birliklar  buni  to’liq  dalillaydi.  Bu  so’zlar  orqali  turkiy  xalqlarning 
uzoq o’tmishdagi tarixi, adabiyoti va tilini o’rganish mumkin. Shunga 
ko’ra  mazkur  asarning  til  xususiyatlari,  lug`at  tarkibi,  so’zlarning 
tarixiy-etimologik    qatlamlari,  mavzuiy  guruhlari,  undagi  o’z  va 
ko’chma  ma’noli  so’zlarni  o’rganish  hamisha  ahamiyatli  hamda 
dolzarb bo’lib qoladi. 
 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling