Tillavoldiyev Hasanboyning bitiruv malakaviy ishi


Tadqiqotning metodologik asosi


Download 83.74 Kb.
bet3/10
Sana16.06.2023
Hajmi83.74 Kb.
#1489980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oilaviy ziddiyatlar va oila aʼzolari oʻrtasidagi kommunikativ muloqotning ijtimoiy -psixologik xususiyatlari

Tadqiqotning metodologik asosi. Qabul qilingan qonun, qaror, farmon va nizomlar , respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimovning oila va ayollar hamda bolalar masalalariga bag’ishlangan asarlari va so’zlagan nutqlari, bugungi kun islohatlari yo’lboshchisi prezidentimiz Sh.M.Mirziyaevning 2017 yil 11- oktyabrda bo’lib o’tgan M.D.H sammitidagi “Oila instituti va an’anaviy hamda ma’naviy qadriyatlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha”qabul qilgan bayonotlari, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018yil 2- fevraldagi qarori va Psixologik xizm to’g’risidagi ma’ruzalari,G’.B.Shoumarov,V.M.Karimovalarning izlanishlari hamda ularda ilgari surilgan ilmiy-nazariy g’oyalari tadqiqotimizning metodologik asosini tashkil qildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Oilaviy munosabatlarda nizolar shakllanishining ijtimoiy-psixologik, individual omillari,ularning mazmuni va vositalarini oila qurganlik muddati turlicha, ya’ni, oilaning “yoshi”ga ko’ra o’rganish va shu bilan birga nizo turlarining aktuallik darajasini va farqini shahar va qishloq oilalari misolida oila psixologiyasida o’rganildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Tadqiqot natijalari, nazariy tahlillar, ijtimoiy psixologiya va oila psixologiyasi, pedagogik psixologiya fanlarini hamda oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi va oilaviy nizolar, ajralish va uning sabab, oqibatlari kabi mavzularni psixologik ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalaridan olingan xulosalar va ular asosida ishlab chiqilgan metodik tavsiyanomalar oila psixologiyasi fanini o‘qitishda, FHDYo bo’limlari xodimalari faoliyatida, “oila” va “ayollar maslahatxona”lari psixologlari, mahallalarda tashkil etilgan “yarashtiruv komissiyasi” faoliyatida hamda korxona va tashkilotlar amaliyotchi psixologlari faoliyatida foydalanish mumkin.

Download 83.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling