Tillavoldiyev Hasanboyning bitiruv malakaviy ishi
Erning ayoli oldidagi vazifalari
Download 83.74 Kb.
|
Oilaviy ziddiyatlar va oila aʼzolari oʻrtasidagi kommunikativ muloqotning ijtimoiy -psixologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayolning er oldidagi vazifalari
Erning ayoli oldidagi vazifalari
Islomda erning ayoli oldida, ayolning eri oldida burchlari bor. Erning ayoli oldidagi burchlari ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, moliyaviy burchlar. Er ayolining mahrini ado etishi, nafaqa (taom, libos, boshpana, ro‘zg‘or anjomlari) bilan ta'minlashi kerak. Bu vazifalarning yana biri to‘yni ham er tomon qilib berishidir. Bugun O‘zbekistondagi barcha oilalarning ro‘zg‘orboshilari mana shu vazifalarini to‘liq anglaydi, deb ayta olamizmi? Ular to‘liq anglaganida, bugungi kunda odamlarni ranjitadigan raqamlar kelib chiqmas edi. Oilalarning buzilishi, bolalarning tirik yetim bo‘lishi bugungi holatga kelib qolmas edi. Misol, necha foiz mo‘min-musulmonlarimiz haqi mahr degan narsani batafsil biladi?! Ahli-ayolini ta'minot qilish qay darajada? Ma'lumki, oilada kim ta'minotchi bo‘lsa, shuning ovozi balandroq chiqadi. Hozirda, ko‘pgina oilalarda ayollarning ovozi balandroq chiqayotganini sezyapmiz. Nima uchun deganda, burch-mas'uliyat borasida biroz o‘rin almashib qolganini kuzatmoqdamiz. Ayolning er oldidagi vazifalari Ayolning eri oldidagi vazifa-burchlari haqida so‘z ketganda, birinchidan, erning rizoligini topish. Qaysi ayol, erning rizoligini topsa, Alloh rizoligini topadi, jannatning istagan 8 eshigidan kiradi. Hadisda shunday bashorat kelgan. Ikkinchisi, erining sha'nini, mol-mulkini, qadr-qimmatini, izzat-hurmatini asraydi. Uchinchidan, erining vijdoniga aylanishi kerak. Erining halol-pokiza yurishiga, ota-onasidan xabar olishiga, opa-singil, aka-uka, qavm-u qarindoshlaridan xabar olishida xotin erining vijdoniga aylanishi kerak. Oila jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makonidir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o’gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo’lgan imon-e'tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o’tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g’oyaviy muhiti sog’lom oila negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Chunki bunday oilalarda ma'naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg’ulari, dunyoqarashi, tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Oilada ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqaror bo’lib turishida, farzand tarbiyasida onaning, ayolning o’rni beqiyos. Farzandlarimizning oilada shakllangan imon-e'tiqodi, odobi, g’ururi, iftixori, oriyati, mahalla muhitida mustahkamlanib boradi. Oilada imon-e'tiqodli oriyatli etib tarbiyalangan qiz yoki o’g’il mahallaning sha'ni, obro’si, kelajagi uchun qayg’uradi. Mahallada yuzaga kelgan har qanday noxushliklarga barham berishga intiladi. Yoshlarimizdabumasalabo`yichaaniqroqtasavvurhosilqilishuchun, bundan 90-100 yillaroldingiularningtengdoshlari, ya`nio`tibborayotganasrimizboshidagivabugungikunlarimizdagi 15-16 yoshliyigit-qizlaro`rtasidagitafovutlarnisolishtiribo`tamiz. Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o`tkazilgan tadqiqotlar natijalarida kuzatilishicha, so`nggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko`ra ularning jinsiy, fiziologik balog`atga etishi 2-3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog`atga etish davri 15-16 yoshga to`g`ri kelgan, hozir esa bu holat o`rtacha 12-13 yoshlarga to`g`ri keladi. Endi shu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko`rib chiqamiz.Ilgarigi tengdoshlaringiz 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga etuklik talablaridan biri bo`lmish jinsiy etuklikka, balog`atga etar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o`sha davrlar uchun xos va lozim bo`lgan, unchalik murakkab bo`lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo`lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13-14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o`sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnolo-gik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma`lumot talab qilmagan, 3-4 yil ustoz ko`rgan shogird 16-17 yoshida o`zi mustaqil ish yurita oladigan ustaga, o`z ishini amallab keta oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu vaqgda oila quradigandek bo`lsa, o`z hunari orqali mehnat qilib o`zini va oila a`zolarini iqtisodiy jihatdan ta`minlay olishi mumkin bo`lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli yigit mahalla-ko`yda, jamoatchilik orasida ma`lum darajada ijtimoiy etuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli tadbir va marosimlarda etuk, uning haqli ishtirokchisi sifatida qatnashishi mumkin bo`lgan, ya`ni uning ijtimoiy jihatdan balog`atga etganligi jamoatchilik tomonidan qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat oldida o`ziga xos mas`uliyat yuklagan, mas`uliyatni his qilish esa uning psixologik etukligi alomatlaridan biri bo`lib xizmat qilgan. Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko`rib chiqaylik. Ular 12-13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) etuklikka erishadilar (bu haqda keyinroq to`xtalib o`tamiz), biroq ular biror bir kasb-hunar egasi bo`lib, mustaqil ishlab, o`zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta`minlay oladigan bo`lishi uchun, avvalo maktabni bitirishi, so`ng u yoki bu kasb-xunar kolleji yoki akademik litseyda o`qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning uchun 9 yil maktabda, kollej yoki litseyda o`qishi zarur bo`ladi. 12 yillik barcha uchun majburiy ta`limdan sung yoshlarimizning ma`lum bir qismi o`qishni oliy o`quv yurtlarida davom ettiradi. Bundan ko`rinib turibdi-ki, yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning ma`lum qismi uchun 20-21, boshqalari uchun 23-25 yoshga to`g`ri keladi. Bundan tashqari odamlarning turmush tarzi rivojlanishi bilan birga oilalarining kundalik hayoti o`zgarib, kiyinishga, maishiy buyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga bo`lgan ehtiyoji ham ortib boradi. Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsni madaniy takomillashuviga, u esa shaxslarni bir-birlariga qo`yadigan talablari oshishiga va shaxslararo munosabatni noziklashuviga olib keladi. Fik-rimizning dalili sifatida bir faktni keltirishimiz mumkin. Ajralish foyizi oliy ma`lumotlilar ichida umumiy o`rta ma`lumotlilarga nisbatan yuqorirokdir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo`lmagan jamiyatdagi oila a`zolari o`zlarining oilaviy yumushlarining aksariyatini qo`lda bajaradilar. Unga oilaning barcha a`zolari va birinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko`p jalb qilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma`lum malakalarni, shu jumladan oiladagi tegishli rollarni bajarishni, oilada bir-birlari bilan qanday muloqotda bo`lish malakalarini, oilada har bir shaxsning ierarxik mavqeiga ko`ra o`z huquq va va-zifalarini aniqlab olishiga imkon beradi. Moddiy ta`minot, yuqori madaniy saviya esa oilada shaxsning shaxsga qo`ygan talabini yanada kuchaytiradi. Oila a`zolarining o`zaro muloqotda bo`lish vaqti miqdorini qisqartiradi. Bu esa ko`pgina yoshlar uchun ota-ona oilasi shaxsiy oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligiga olib keladi. Shulardan ko`rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi yoshlar 16-18 yoshida oila qurishsalar, ular shu vaqtga kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush kechirib ketishlari uchun zarur bo`lgan etuklik darajala-rining barchasiga erishganlar, bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarning bartaraf etilishiga asos bo`lib xizmat qilgan. Qadimgi sharq mamlakatlarida yashagan, ijod qilgan va avlodlarga o’zlarining nodir ma’naviy meroslarini qoldirgan allomalar qaysi yo’nalishda ilmiy izlanish bilan shug’ullangan bo’lmasinlar, ulardan qolgan ma’naviy merosda, eng avvalo, oila, oila tarbiyasi va shaxsni sog’lom munosabatlar muhitida tarbiyalashning ahamiyatiga bag’ishlangan qarashlar o’z ifodasini topgan. Milliy qadriyatlarimiz, jumladan, oilaviy munosabatlarga oid fikrlar buyuk allomalar va tarixiy – ma’naviy merosimiz bo’lmish – Avesto mafkurasida, O’rxun-Enasoy bitiklarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Ali Abu ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Alisher Navoiyning tasavvufiy qarashlarida, Boburiylar davri va Akbarshohlarning ijtimoiy – pedagogik tajribasi bayon etilgan kitoblarda, jadidchilarning mafkuraviy tarbiyaga oid asarlarida aks ettirilgan. Buyuk mutafakkirlarimiz bo’lmish Ahmad al-Farg’oniy, Maxmud az-Zamaxshariy, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad ibn al-Abbos al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom G’azzoliylar sog’lom oilaviy munosabatlar muhitida tarbiyalanadigan farzand xislatlariga, bunda milliy qadriyatlarning o’rniga alohida e’tibor qaratganlar. Fikrimizcha, o’sha davrlarda ham turli xil yurishlar, urushlar va qatag’onchilik qonunlariga ko’ra hamma oila ham to’liq bo’lmagan, onasi yoki otasi qazo qilgan yoki vaziyat taqozosi bilan ziddiyatli bo’lib qolgan oila muammosi jamiyatning eng ilg’or vakillarini qiziqtirganki, shu bois, ular ko’proq o’z asarlarida yaxshi, ma’naviy jihatdan mustahkam oila va undagi munosabatlarga e’tibor qaratganlar. Boshqacha qilib aytganda, SHarq mutafakkirlari shaxs kamoloti, uning ma’naviy poklanishi, e’tiqod va dunyoqarashlar teranligiga bevosita aloqador bo’lgan fikrlarini ko’proq ota-ona ta’siri va oila muhitida ustuvor bo’lgan qadriyatlar timsolida tasavvur etganlar. SHarq allomalari orasida shaxs va jamiyat rivoji xususida o’lmas g’oyalar sohibi bo’lgan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy qarashlari muhim o’rin tutadi. “Al-muallim as-Soniy” – “Ikkinchi muallim”, SHarq Aristoteli deb nom olgan Abu Nasr Forobiy (873-990 y.y.) o’zining “Fozil odamlar shahri” “Fuqarolik siyosati”, “Baxt-saodatga erishuv haqida” kabi asarlarida olijanob jamiyat, adolatli tuzum, fozil, Ahloqan pok insonlar haqida fikr-mulohazalarini bayon qilib, o’z davri uchun izchil ta’limot yaratdi. U har tomonlama yetuk, barcha aholini baxt-saodatga, ilm-ma’rifatga olib boruvchi ideal jamoa va unga munosib insonlar haqidagi g’oyalarni ilgari surdi. Uning ta’limotidagi fozil insonlar bir-biriga hurmatda bo’ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o’rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo’ladi. Bu fikr sog’lom insoniy munosabatlarning barkamol va fozil shaxs tarbiyasidagi muhim ahamiyatini yana bir marotaba tasdiqlaydi. SHarqning buyuk allomalaridan bo’lgan Abu Nasr Forobiy tomonidan rivojlantirilgan vorisiylik omili to’g’risidagi qarashlar oila va uning muhiti ta’sirida shakllanadigan ayrim shaxs fazilatlarini tahlil qilishga asos bo’lishi mumkin. Alloma qarashlarining amaliy ahamiyati shundaki, unga ko’ra, inson qisqa berilgan umri mobaynida hayotning barcha sir-asrorlarini egallay olmaydi. Shu boisdan, u o’zidan oldingi ajdodlar tomonidan qoldirilgan qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarga sodiq bo’lishi, oilani qadrlashi kerak. Buning uchun esa odam ilm-ma’rifat borasida yetuk donishmandlarga ergashishi, boobro’ shaxslardan o’rnak olishi lozim. Oilada – ota va ona, mahallada – oqsoqol, jamiyat miqyosida – oqil va dono xukmdorlardir. Demak, bu fikrlar ham shaxsning Ahloqiy va ma’naviy takomilida oilada asrab-avaylab kelinayotgan rasm-rusmlar, odatlarning roli sezilarli ekanligini yana bir marotaba tasdiqlaydi. O’rta asrlar Ahloqshunosligi va oilashunosligida raylik mutafakkir Abu Bakr ar-Roziy ta’limoti o’ziga xos o’rin egallaydi. Uning Ahloqiy qarashlari “Lazzat”, “Falsafiy hayot tarzi”, “Ruhiy tabobat”, “Baxt va farovonlik belgilari” kabi qator asarlarida aks etgan (10). Ar-Roziy o’z asarlarida insondagi xushxulqlikni tarbiyalash va badxulqlikni yo’qotish yo’llari hamda usullari haqida yozadi, odamlarni aql bilan ish ko’rishga, hissiyotlarni jilovlay olishga, me’yorida lazzatlanishga, lahzalik lazzatga umrini baxshida qilmaslikka chaqiradi. Lazzatning bir shartini u farovonlikda, ikkinchi shartini esa hamma narsaga aql bilan yondashuvda ko’radi. O’zigacha bo’lgan allomalar, olimlardan farqli o’laroq, Ar-Roziy insonning Ahloqan pok bo’lishida ijtimoiy omillar roliga ko’p e’tibor beradi hamda odamni ijtimoiy faollikka, jamiyatga foyda keltirib yashashga chorlaydi. Uning fikricha, inson ijtimoiy mavjudot. U faqat insoniy jamiyatdagina Ahloqiy yuksaklikka, baxt va farovonlikka erishadi. Jamiyatdan tashqarida, yakkalikda, tanholikda insonning yashashi mumkin emas. Bordi-yu, yashagan taqdirda ham …“yovvoyi, hayvoniy, to’pos bo’ladi, zero, u bizning mavjudligimizni qulaylashtiradigan, orastalashtiradigan insoniy hamkorlik va qo’llab-quvvatlanish imkonidan mahrum”,- deb yozadi mutafakkir [10, 34]. Ko’rinadiki, bugungi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya sharoitida ham Ar-Roziyning ijtimoiy ta’limoti ko’plab yaxshi xulosalar chiqarishga imkon beradi. Masalan, oila ijtimoiy muhitning muhim bo’lagi sifatida yoshlar tarbiyasida, ularning istiqbolda qanday insonlar bo’lib yetishishida katta rolь o’ynaydi. Bunda ota va onaning o’rni beqiyosdir. Oila to’liq bo’ladimi yoki taqdir taqozosi bilan ziddiyatli bo’lib qoladimi, baribir, uning farzandlarning kelajagini belgilashdagi o’rni sezilarlidir. CHunki ilk tarbiya asoslari, qadriyatlarga munosabat aynan shu maskanda qaror topadi. Ar-Roziy ta’limotidan ana shunday xulosa chiqarish mumkin. O’sha davrning buyuk mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinoning bu boradagi qarashlari ham diqqatga sazovordir. Ular solih amallar, mehnat, tajriba va kuzatishlarning shaxs tarbiyasidagi o’rni va roliga ahamiyat berib, boladagi to’g’ri va sog’lom dunyoqarash faqat sog’lom oila muhitida, adolatli tuzumdagina mavjud bo’lishiga qattiq ishonganlar.7 Ibn Sinoning shaxs tarbiyasidagi ma’naviy hamda Ahloqiy omillar to’g’risidagi qarashlari uning “Ahloq ilmiga doir risola”, “Burch to’g’risida risola”, “Nafsni pokiza tutish to’g’risida risola”, “Adolat haqida kitob”, “Turar joylardagi tadbirlar” singari asarlarida bayon etilgan. U o’z asarlarida qator Ahloqiy fazilatlarga ta’rif bergan. CHunonchi, iffat, hikmat, shijoat, adolat, saxiylik, qanoat, qat’iyat, sadoqat, hayo, kamtarlik va boshqa fazilatlarning ta’rifi va ularni tarbiyalash vositalari to’g’risidagi qarashlari o’ta dolzarbdir. Bundan tashqari, alloma shaxs ma’naviyati va Ahloqiga zid bo’lgan salbiy sifatlar – o’g’rilik, aldamchilik, fisqu fasod, nafrat, rashk, adovat, bo’hton, irodasizlik, takabburlik, nodonlik kabilarni ham ta’riflab, ularning boshqa sifatlar bilan bog’liqligi va biri-ikkinchisiga o’tib turishi shartlarini ham bayon etadi. Ayni paytda, ibn Sino ustozlar an’analarini davom ettirib, “Har bir Ahloqiy fazilat ikki nuqson oralig’ida bo’ladi, ya’ni o’rtalik xususiyatiga ega”, deydi [9; 10] . Bu fikrlardan hozirgi zamon mutaxassislari ham to’g’ri xulosalar chiqarib, oilaviy psixologiya va tarbiya masalalari borasida tavsiyalar ishlab chiqishlari mumkin. Alloma o’zining oilaviy munosabatlarga oid qarashlarida otaning oilaviy tarbiyadagi rolini alohida ta’kidlagan va bu fikrlar mazkur tadqiqotda ilgari surilgan taxminlarning isbotida o’ziga xos tarzda dalilini topishi muqarrar. Lekin uning asarlarida oilada faqat ona shaxsi tarbiyachi bo’lib qolgan sharoitda bolaning qanday tarbiya olishi masalasiga tegishli fikrlarni topmadik. Tasavvuf ilmi borasida ibratli fikrlar sohibi bo’lgan yana bir SHarq allomasi Imom G’azzoliydir. Uning “Ihyoi ulum ad-din”, “Mukoshafat-ul qulub”, “Ey, farzand” deb nomlangan kitoblarida e’tiqod va muhabbat, ihtiyor erkinligi va taqdir, ishonch va niyat masalalari borasida asosli va ta’sirli fikrlar ilgari surilgan. Uning nazariyasidagi eng kuchli jihatlardan biri – barcha fazilatlarning asosida muhabbat yotishini yoqlashdir. G’azzoliy muhabbatni ham bilishning mahsuli, deb ataydi. Zero, inson nimaniki bilsa, o’shanigina sevishi mumkin. Uning fikricha, muhabbatning besh turi mavjud: Insonning o’ziga, o’z kamoloti va sog’-omonligiga muhabbati; Insonning o’z hayotini davom ettirishini ta’minlovchi, uni asrovchi, undan turli muhliqotlarni (halok etuvchilarni) nari tutuvchi valine’matlariga muhabbati; Insonning, garchand shaxsan o’ziga yaxshilik qilgan zotlarga yaxshilik qilmagan bo’lsa-da, boshqa insonlarga xizmat ko’rsatgan, yaxshilik qilgan zotlarga muhabbati; Insonning tashqi va ichki qiyofasidagi barcha go’zalliklarga muhabbati; Insonning o’zi bilan botiniy (ichki), yashirin o’hshashligi bor bo’lgan zotlarga muhabbati. Zero, “o’zini anglab yetgan kishigina o’z yaratganini anglab yetadi, u o’z-o’zicha mavjud emas, uning borligi, mavjudligining davomi, kamolotga erishuvi Ollohdan, va Olloh vositasidadir”, deydi Imom G’azzoliy. Taqdir masalasida ham bilim, insonning bilish qobiliyati birinchi o’rinda turadi: “Ihtiyor bilimga bo’ysunadi”. Zero, insonning o’ziga nima yoqish yoki yoqmasligi bilim (bilish) orqali anglab yetiladi. Umuman, ixtiyor erkinligi ixtiyorning o’ziga xos turi, nimagaki inson ishonchsizlik tuysa, o’shanga nisbatan bo’lgan aqliy munosabat yuzaga chiqadi. G’azzoliy taqdirning muqarrarligini ta’kidlagan holda, insonga ma’lum ma’noda ixtiyor erkinligi berilganini qayd etadi. 8 Imom G’azzoliy niyat masalasida ham o’ziga xos fikrlar bildiradi. U niyatni ikki narsa-bilim va harakat qamrovidagi sifat deb ta’riflaydi. Bilim niyatdan oldin turadi, u niyatning ildizi va sharti hisoblanadi. Harakat esa niyatdan keyin turadi. Allomaning fikrlaridan xulosa chiqarib, shuni ta’kidlash mumkinki, farzandlar tarbiyasida niyat-maqsad qo’yishga o’rgatish, uni o’z harakat kuchiga ishonch ruhida tarbiyalashning ahamiyati kattadir. Yaxshi niyat va amallar shaxsda Ollohga, uning har bandasiga inoyat qilgan amallarga muhabbatida aks etadi. Demak, shaxs tarbiyasida bilimga ixlos va yaxshi ishlarni niyat qilib, bilim bilan harakatni uyg’unlashtirish ma’naviy barkamollikning asoslaridan hisoblanadi va bu narsani har bir ota-ona farzand tarbiyasida inobatga olmoqliklari zarurdir. Shu ma’noda tasavvuf ilmi namoyandalarining, jumladan, G’azzoliyning qarashlari katta ahamiyatga egadir. G’azzoliy ko’p asarlarida ota-ona va farzandlarning o’zaro munosabatlari masalasiga alohida ahamiyat qaratgan. O’zining “Mukoshafat-ul qulub”, “Ey, farzand” asarlarida ilgari surgan g’oyalaridan biri – bu onaning qadr-qimmati masalasidir. “Mukoshafat-ul qulub” kitobida u shunday yozadi: “Farzandda onaning haqqi otaga nisbatan ikki barobar ko’proq. Onaning duosi ko’proq qabul bo’ladi”. Ibn Muborakning fikrlarini keltirar ekan, u Payg’ambarimiz (S.A.V.)ning quyidagi hadisiy ibratiga murojaat qiladi: “Marhamat qilmagan – marhamat ko’rmaydi”, ya’ni, ota ham, ona ham farzandiga mehr ko’rsatishi lozim, keyin farzand ham o’z ota-onasiga mehr ko’rsatadi. Keltirilgan fikrlarning mazkur ishga aloqadorligi shundaki, oila to’liq bo’ladimi yoki ziddiyatlimi, farzand tarbiyasiga mutassaddi bo’lib qolgan shaxs (misolimizda – ona shaxsi), avvalo, bolasiga mehr ko’rsatmog’I lozimki, toki, bu farzandda istiqboldagi oila va oilaviy munosabatlar to’g’risida to’g’ri ijobiy fikr va tasavvurlar shakllansin va, o’z navbatida, turmush o’rtog’isiz yolg’iz o’zi tarbiya bergan insonga nisbatan unda mehr-shafqat bo’lsin. SHaxs ma’naviyati va mafkuraviy qarashlarining shakllanishi omillari xususida buyuk bobomiz Mir Alisher Navoiyning fanimizga qo’shgan hissalari kattadir. Navoiy o’z asarlarining markaziga komillikka intiluvchi shaxs va uning fazilatlari masalasini qo’yadi. Zero, uning fikricha, har bir inson Xudo unga ne’mat sifatida bergan fazilatlarning egasi bo’lmog’I, komillikka intilmog’I zarur, ana o’shandagina u o’z insonlik burchini bajargan, inson degan nomni oqlagan sanaladi. Ma’lumki, “Mahbub-ul-qulub” asarida Navoiy butun hayoti davomida ko’rgan, bilgan voqealar, oddiy xalqning turmush tarzi, fe’l-atvori, oilaviy urf-odatlari, yaxshi va yomon xislatlari bo’yicha to’plagan kuzatishlar bayon etilgan. Asarga “Mahbub-ul-qulub” yoki “Qalblarning sevgisi” deb nom qo’yilishi bejiz emas. CHunki bu asarda alloma insonlarni oilaviy turmushdagi turli hodisalar va vaziyatlardan chiqishga imkon beruvchi yaxshi fazilatlar, ularni tarbiyalash masalalariga diqqatni qaratgan. Ularni tom ma’noda oilaviy qadriyatlar, deb e’tirof etish mumkin. Eng muhimi, alloma tasavvurida uylanishning qadriyat ekanligi, ayol kishining oiladagi munosib o’rni, oqilalik, tartib-intizomning bo’lishi, erning hurmat-izzat qilinishi kabi muhim qadriyatlar, tabiiy, bola ongida oilaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiruvchi omil sifatida talqin etiladi. “Yaxshi xotin – oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan, husnli bo’lsa-ko’ngil yozig’I, xushmuomala bo’lsa-jon ozig’idir. Oqila bo’lsa, ro’zg’orda tartib-intizom bo’ladi, asbob-anjomlar saranjom turadi”. Buyuk shoirimizning oilaviy qadriyatlar, baxt, sevgi va er-xotin munosabatlari, ularga zarur bo’lgan fazilatlar borasidagi fikrlari juda katta psixologik ahamiyatga ega bo’lib, ularni ongli ravishda yoshlar tomonidan idrok etilishi, so’zsiz, oilaga oid noyob qadriyatilarimizga nisbatan ularda to’g’ri tasavvurlarning shaklanishi va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy ustanovkalar asosida oilaviy hayotga tayyor bo’lishlari uchun ma’naviy ozuqa bo’ladi. Qanday oila turidan chiqqan bo’lishiga qaramay, istiqbol to’g’risidagi tasavvurlari hamda hayotiy qadriyatlar tizimida oila va nikoh kabi qadriyatlar muhim o’rin tutadi. Xulosa qilish mumkinki, buyuk allomaning bu va boshqa asarlari bugungi yoshlarni sog’lom ruhiyat va dunyoqarash ruhida tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslaridan biridir. Uning asarlarida shaxs – o’ta zamonaviy va uning amallari va fikrlari doimo kelajakka, yaxshi kunlarga qaratilgan. Bunda shaxs, oila va jamiyat ta’sirlarining uyg’unligi masalasining qo’yilganligi psixologiya ilmi uchun, oila psixologiyasi uchun katta ahamiyatga egadir. Allomaning fikrlaridan mazkur tadqiqot maqsadiga erishish uchun metodologik manba sifatida foydalandik. Ya’ni, to’liq va ziddiyatli oilada farzandning komillikka intilishi avvalo ota yoki onaning (ko’p holatda ikkalasining) tarbiyalovchilik vazifasini qanday ado etishiga bog’liqdir. Musulmon SHarqida shaxs ma’naviyati va Ahloqi borasida yaratilgan ikki buyuk pandnoma borki, ulardan biri turkiy tilda yozilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (“Yaxshilikka eltuvchi bilim”) , ikkinchisi forsiyda yozilgan Kaykovusning “Qobusnoma” asarlaridir. “Qutadg’u bilig” 13000 misrani o’z ichiga olgan Ahloqiy normalarga bag’ishlangan monumental asar bo’lib, uni turkiy xalqlarning Ahloqiy qomusi deb atash mumkin. Kitobda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, olijanoblik va tubanlik, halollik va harom singari tushunchalarga sharhlar berilgan. Xususan, ezgu odamning ta’rifi quyidagicha bayon etilgan: “Ezguning barcha qilmishi va yo’riqlari xalqqa foyda va manfaat beradigan bo’ladi. Barchaga birdek yaxshilik qiladi, lekin evaziga ulardan mukofot minnatini qilmaydi. Ezgu o’z manfaatini ko’zlamaydi, boshqalar manfaatini ko’zlaydi, boshqalarga keltirgan foydasidan o’ziga manfaat tilamaydi”. “Qutadg’u bilig”da oila va jamoatchilik joylarida muomala odobi va etiket muammolariga ham katta e’tibor berilgan. Undagi asosiy tamoyil til bilan dil birligi ekanligi o’rtaga tashlangan va bularning barchasida bilimning ahamiyati ta’kidlangan: u aql-zakovatni inson qadr-qimmatini yuksaltiruvchi ne’mat deb biladi. Yusuf Xos Hojibning fundamental fikrlari farzandlarimizda shakllanadigan hayotiy qadriyatlar to’g’risidagi tasavvurlariga baho berish maqsadida o’rganildi va muayyan xulosalar chiqarildi. Ulug’ pedagoglardan A.Avloniyning (11) fikricha, bolalarda Ahloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit g’oyat katta ahamiyatga ega. A.Avloniy bolaning shaxs sifatida shakllanishiga to’htalib o’tadi. Uning tarbiyasida oilaning rolini alohida ta’kidlab, “Qush uyasida ko’rganini qiladur”, - deydi. “Inson javhari qobildir. Agar yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanib, go’zal xulqlarga odatlanib katta bo’lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo’lib chiqar. “Tarbiyani kim qilur?”, “Qayda qilinur?” degan savolga birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidir. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi. “Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir”, - deydi (11;160). Xulosaga ko’ra, tarbiya, eng avvalo, oiladan boshlanadi va bunda onaning roli alohida ta’kidlanadi. Abdurauf Fitrat “Oila” asarida oila asosini to’g’ri qurish, oilada yosh avlodga jismoniy, aqliy va Ahloqiy tarbiya berish orqali turg’unlikdan qutulish, jamiyatni isloh qilish mumkinligini bayon qilgan. “Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog’liqdir. Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo’ladi”, - deb yozadi Abdurauf Fitrat Fitrat oilaviy hayot o’z qonun va qoidalariga ega ekanligini, bu qonunlarga rioya qilish orqaligina odamlarni jaholatdan qutqarish mumkinligini bayon etadi. Fitratning bu asari o’zbek oilasining o’ziga xosligi, kamchilik va yutuqlari, mamlakatni isloh qilishning oiladan boshlanishi, oilaning asosiy vazifasi, oilada ota-ona va farzand tarbiyasi, o’sha davrda oilada ayollarning mavqei, uni o’zgartirish masalalari ilmiy tahliliga bag’ishlangan. Umuman, sharq xalqlarida, xususan, buyuk Turonda bolaning ma’naviy jihatdan oilaviy hamda mustaqil hayotga tayyor bo’lishida oilaviy rasm-rusumlarning o’rniga katta ahamiyat berilgan. SHunday masalaga bag’ishlangan kitoblardan biri turk yozuvchisi va olimi Faxr-ul Banot Sig’batulloh qizining “Oila saboqlari” kitobidir. Asrimizning boshida yashab, ijod qilgan bu olimaning risolasida ham bolani oilaviy muhit sharoitida tarbiyalashning turkona rasm-rusumlari asosida unga to’g’ri saboqlar berishga e’tibor qaratilgan va bu jarayonda onaning, qaynonaning alohida o’rni ta’kidlangan. Lekin aslida bu jarayonda ota-onaning o’rnak, namuna bo’lishi muhim ahamiyatga egadir. “Bolalarga quruq nasihatgina ta’sir qilmas. Yaxshi degan narsani ishlab ko’rsatmaslik va ul ishning yaxshiligiga bolalarni ishontirmaklik lozimdir. Bo’lmasa, shul yomondir, uni ishlama degan odamlar o’zlari shul yomon ishni ishlasalar, ul tarbiyadan hech bir foyda ko’rinmas, yo’q yerga suli sochgan bo’ladir. SHunday bo’lgach, bolalar go’zal tarbiyani, insoniyat fazilatlarini yolg’iz tildan eshituv ilagina emas, ishlaganni ko’rib, kasb qiluvlari lozimdir”. Bu fikrlar farzandlarimizni to’g’ri tarbiyalash uchun dasturulamal bo’lishi mumkin. SHarq mutafakkirlarining shaxsni oilada va oilaviy qadriyatlar asosida shakllanishi borasidagi fikrlaridan chiqarish mumkin bo’lgan umumiy xulosalar shundan iboratki, birinchidan, ularda shaxs va jamiyat taraqqiyoti uyg’unligi g’oyasi birinchi o’rinda ko’rinadi. Bu xulosa ushbu tadqiqotning metodologiyasini belgilashga ko’mak beradi. Ikkinchidan, allomalarimiz qarashlarida shaxs sog’lom dunyoqarashining muhim omili sifatida uning ma’naviyati va jamiyatdagi madaniyati muhimligi fikri ifodalandi va bunda ham oila birlamchi ijtimoiy muhit sifatida talqin etiladi, ota-onalarning benazir roli e’tirof etiladi. 9 Uchinchidan, shaxsning kamoli, undagi sog’lom qarashlar va tasavvurlarda otaning alohida nufuzi ko’zga tashlanadi, lekin onaning o’rni va maqomi ham kamsitilmaydi, aksincha, ko’p asarlarda uning ta’sir kuchiga alohida urg’u beriladi. To’rtinchidan, barcha qarashlarda oilada takomil topadigan shaxs ma’naviyati va dunyoqarashining tamal toshlari sifatida undagi iymon va insof, aql-zakovat va farosat, e’tiqod va diyonat masalalari ilgari surilgan. Bular ta’sirida shakllangan insoniy fazilatlar esa shaxs komilligini ifodalovchi omillardir. Demak, shaxs va uning komillikka intilishi, bunga eltuvchi oilaviy shart-sharoitlar va jamiyatdagi real imkoniyatlarning yoritilishi borasidagi allomalar fikrlariga tayanib, tadqiqotning mafkuraviy tamoyillarini belgiladik. SHunday qilib, qisqa tahlil uchun tanlab olingan allomalar qarashlarida ijtimoiy psixologiya uchun muhim metodologik tamoyillar borki, ulardan eng muhimi – har bir shaxsning jamiyat va uning normalari ijobiy xulq shakllariga aylanishi uchun eng avvalo muhim ijtimoiylashuv instituti bo’lmish oila va undagi qadriyatlarni to’g’ri idrok etish yotishini tushunish mumkin. Ushbu yo’nalishda izlanishlar olib borgan zamonaviy olimlar ham aynan oilaviy ijtimoiylashuvning ijtimoiy-psixologik mohiyatiga alohida e’tibor berganlarki, tadqiqotning keyingi bo’limida ularni tahlilga tortamiz va dissertatsiyaning nazariy-metodologik asoslarini belgilab olamiz. Shunday qilib, pedagogik va psixologik nuqtai nazardan yondoshilgan holda oila xususiyatlari o’rganilganda, quyidagilar inobatga olinadi: oilada yetakchi maqomida qolgan shaxsning (onaning, otaning, ba’zi holatlarda buvilarning) psixologik xususiyatlari; oilani idrok qilgan boladagi psixologik va psixopatologik xususiyatlarning o’ziga xosligi; oilaning to’liq yoki ziddiyatliligidan kelib chiqqan holda bolaning turli tashqi muhit, xususan, ijtimoiy omillar ta’sirini qabul qilish xususiyatlari, tengqurlar jamiyatidagi maqomi va o’rni; oilada bolaning turlicha salbiy xatti-harakatlari oilaning boshqa a’zolari, birinchi navbatda, onaning ruhiy holatida aks etishi; oila a’zolariga aniq psixologik yordam berishi lozim bo’lgan pedagoglar, murabbiylar, amaliyotchi psixologlar va bolalar psixiatrining bevosita aralashuvi qay tarzda kechishi va hokazolar. O’tkazilgan nazariy tahlildan shunday xulosa qilish mumkinki, ziddiyatli oilada tarbiyalangan bolaning jamiyatdagi ijtimoiy -psixologik mavqei hamda ijtimoiy tasavvurlari tizimi o’ziga xos ko’rinishlarga ega bo’ladi. Bu ta’lim va tarbiya muassasalarida ular bilan ishlaydigan pedagog hamda murabbiylar faoliyatiga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Rus psixologlari A.Xarchev, S.M.Golod, I.Prokopen, L.Gozman, Yu.Alyoshina va boshqalarning 80-90 yillarda o’tkazgan qator tadqiqotlarida ziddiyatli oilalar yuzaga kelishini, birinchi navbatda, o’qimishli ayolning jamiyatdagi mavqeining o’zgarishi, professional faoliyatdagi nufuzining ortishi bilan bog’lashgan. O’z yelkasiga ikki tomonlama “yukni” olgan ayol – ona oiladagi an’anaviy rollarini to’laqonli bajara olmaganligi sababli, oilaviy munosabatlar taranglashmoqda va “oila”, “farzand” tushunchalari o’zining qadrini yo’qotib bormoqda. Ziddiyatli oilalar muammosini, avvalo, ishlaydigan onadagi rollar nizosi bilan bog’lab, “rollar to’qnashuvi ayol tomonidan qanchalik e’tiborga olinmasa, uning boshqa sohalarda o’z yutuqlarini baholashi shunchalik yuqori bo’ladi. Oila tashqarisida yaxshi yutuqlarni qo’lga kiritib, yuqori mavqelarga erishayotgan ayolni oilada o’z burchlarini qanday darajada bajarilayotganligi unchalik qiziqtirmaydi yoki oilaviy muammolardan o’zini uzoqroq olib yurishga harakat qiladi” [17;43-44]. Yu.Alyoshina ana shunday rolli nizolar yuqori va past bo’lgan ayollarning o’zini va oiladagi o’rnini idrok qilishida sezilarli farq bo’lishi mumkinligini ham aniqlagan. A.I.Ushatikov to’liq va ziddiyatli oilalardagi jinslararo farqlar, ularning bola tarbiyasiga ta’sirini o’rganib, oilaviy mojarolar o’g’il va qiz bolalarga bir xil ta’sir qilmaydi, o’g’il bolalarda oilaviy nizolar va oilaning bo’linib ketishi ko’proq salbiy xatti-harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Ma’lumki, oila shaxsning ijtimoiy muhit ta’sirlarini o’zida mujassam etishi, bu ta’sir natijasida shakllanadigan insoniy sifatlarning namoyon bo’lishi uchun eng qulay, maqbul ijtimoiy institutlardan hisoblanadi. SHaxsda biz kundalik hayotda ko’radigan sifatlarning aksariyati aynan oila muhitida, oiladagi shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanadi, kamol topadi. Shu nuqtai nazardan oilaning to’liq yoki ziddiyatliligi xususiyati shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga qanday ta’sir qilishini o’rganish ilmiy-nazariy ahamiyatga molik masaladir. Ota-onalar bilan farzandlar o’rtasidagi emotsional munosabatlarning olimlar tomonidan asosan ikki xil shaklda kechishi ta’kidlanadi. Birinchisida o’zaro munosabatlarda yaqinlik, yaxshilik kabi ijobiy xislatlar yuqori darajada, ikkinchisida, qattiqqo’llik va jazolash. G’arb mamlakatlari, shuningdek, Amerika Qo’shma SHtatlari va Rossiyada o’tkazilgan oilaviy munosabatlar borasidagi tadqiqotlarda ziddiyatli oila va uning o’ziga xos tomonlarini ijtimoiy- psixologik jihatdan o’rganishga qaratilgan maxsus izlanishlar juda kam. Bu izlanishlar ko’proq oiladagi shaxslararo munosabatlarning buzilishi, “tarbiyasi og’ir bola” kategoriyasining paydo bo’lishi hamda oilada ota yoki onaning o’z funktsiyalarini qay tarzda bajarishlari doirasida o’rganiladi. Lekin aynan o’smirlik va ilk o’spirinlik Bundan tashqari, bu jarayonlarning milliy-madaniy shart-sharoitlarda, qishloq muhitida o’ziga xosligi maxsus izlanishlar ob’ekti bo’lmagan. 10 Download 83.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling