Tillavoldiyev Hasanboyning bitiruv malakaviy ishi
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi
Download 83.74 Kb.
|
Oilaviy ziddiyatlar va oila aʼzolari oʻrtasidagi kommunikativ muloqotning ijtimoiy -psixologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot predmeti
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi. Dunyo bo’yicha, dolzarblik va ahamiyatlilik bo’yicha global muammolar sirasiga kiruvchi oilaviy nizolar masalalarini,ularning inson psixologiyasiga ,inson salomatligiga, farzandlar tarbiyasi va shaxslararo munosabatlarga, oila byudjetiga,jamiyatdagi o’rniga salbiy ta’sirlarini o’rganish yuzasidan xorij, hamdo’stlik mamalakatlari kabi respublikamizda ham bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ushbu ilmiy tadqiqot ishlarida tadqiqotchilardan A.Davletshin, G’. Shoumarov,V. Karimova ,Х.Karimov , M.Fayziyeva va boshqalarning o’zbek oilalaridagi o’ziga xoslik, undagi nizolar, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ajralishlar va ularning oqibatlarini har tomonlama o’rganib tahlil qilganlar. F.Ro’ziqulov tadqiqotlarida otasiz yigitlarning va ona tarbiyasida bo’lmagan qizlarning nikohida o’z turmush o’rtog’iga hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmasligi sabablari tadqiq qilingan.
Tadqiqot ishining maqsadi: Oilaviy munosabatlarda nizolar shakllanishining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilib, oilaviy munosabatlarda nizolar shakllanishining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini o’rganish usullarini ishlab chiqish va nazariy asoslashdan iborat. Tadqiqot obyekti: Fargʻona davlat universiteti talabalari hamda Fargʻona tumani Yangiobod MFY da yashovchi er-xotinlar munosabatlarida nizolar shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’rganish jarayoni. Tadqiqot predmeti: Oilaviy munosabatlarda nizolar shakllanishining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini ilmiy va amaliy psixologik manbalar asosida tahlil qilish va o’rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. Nizolar shakllanishiga ko’ra oila turlari aniqlanadi, nizolarning kuchayish va pasayish maromi o’rganiladi. Buning uchun quyidagi vazifalar belgilandi: - mavzuga doir adabiyotlarni nazariy tahlil qilish; - psixologiya fanida oilaviy munosabatlarda nizolar shakllanishi muammosining o’rganilganlik holatini tahlil qilish; - er-xotinlarning individual psixologik xususiyatlarini o’rganish va tahlil qilish; - er-xotinlarda shaxslararo munosabatlarning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish; - er-xotinlarning o’ziga xos xarakter xususiyatlari va temperamentlarining shaxslararo munosabatlarga ta’siri masalasini o’rganish; - er-xotinlar o’rtasidagi nizolar va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’rganish; - er-xotinlar o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam beruvchi metod va vositalarni aniqlash; - samarali metod va vositalar yordamida tajriba-sinov ishlarini olib borish hamda natijalarini tahlil qilish; - tahlil natijalariga ko’ra xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. Download 83.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling