Tillavoldiyev Hasanboyning bitiruv malakaviy ishi
Ish tuzilmasining tavsifi
Download 83.74 Kb.
|
Oilaviy ziddiyatlar va oila aʼzolari oʻrtasidagi kommunikativ muloqotning ijtimoiy -psixologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-§. Mustahkam oʼzbek oilasini tarkib toptirish ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
Ish tuzilmasining tavsifi.
Tadqiqot ishi kirish, 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa, mavzuga oid adabiyotlar ro’yxati qismlaridan iborat. 2 I. BOB. OILAVIY ZIDDIYATLAR VA OILADAGI KOMUNUKATIV MULOQOTNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING NAZARIY ASOSI 1.1-§. Mustahkam oʼzbek oilasini tarkib toptirish ijtimoiy-psixologik muammo sifatida Oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini taʼminlaydigan, kelajak nasl qanday boʻlib yetishishiga oʻz taʼsirini koʻrsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini oʻtaydi. Inson oilada shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va mehribonlik manbai. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yigʻilishida 1994 yildan boshlab 15 mayni “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlashga kelishilganligini oʻzi ham bu masalani xalqaro miqiyosida qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat gʻamxoʻrligi oilalarning mustahkamligi va tinchligiga asos boʻlgan. Shu bois mamlakatimizda 1998 yil “Oila yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili”, 2016 yil “Sogʻlom bola va ona yili” deb eʼlon qilinganligi hamda Respublikamizda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilinishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlanishi, shuningdek, 2019 yildan boshlab har yili 15 mayda mamlakatimizda Xalqaro oila kuni nishonlanishi davlatimizdagi oilaviy muhit va uni mustahkamlash uchun qilinayotgan amaldagi saʼy-harakatlarning yaqqol naʼmunasidir. Oila “millat sharafini” yuqori martabaga koʻtaradigan zaminu vosita hisoblanadi. Oilada farzandlar tugʻiladi, oʻziga xos xususiyatlari, insoniy fazilatlari vujudga keladi, shaxs shakllanadi. Oila va oilaviy munosabatlar madaniyati hamda shaxsning, yosh avlodning umummadaniy-maʼnaviy dunyoqarashining shakllanishi hamda rivojlanishiga taʼsiri muammosini ilmiy tahlil qilish qator fanlarning oʻrganish obyekti boʻlib kelmoqda. Oʻz navbatida oilaviy munosabatlar madaniyati shaxs kamolotiga taʼsir etuvchi birinchi omil boʻlib, oilaviy muhitning ham jismonan ham maʼnan sogʻlom boʻlishi jamiyat taraqqiyotiga, undagi mavjud muammolarni hal etishga ijobiy yoki salbiy taʼsir etmasdan qolmaydi. Oilaviy munosabat madaniyati nima? Bu – oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, oilaning vazifalarini toʻla bajarish, oilaviy turmush tarzini toʻgʻri shakllantirish, oila aʼzolarining xulq-odobi, dunyoqarashi, mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini taʼminlashdir. Mustahkam oila mustahkam jamiyatning asosidir. Shunday ekan jamiyat oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirib, takomillashtirishga alohida eʼtibor berib kelmoqda. Oila va oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini ilmiy tadqiq etishni uning jamiyat taraqqiyoti qonunlariga muvofiq rivojlanishini ifodalashdan boshlamogʻimiz lozim. Oilaning rivojlanishi jamiyatning moddiy ishlab chiqarishi va maʼnaviy hayoti bilan bogʻliqdir. Oila shakllarining oʻzgarishi, ibtidoiy jamiyat davridan boshlab barcha tarixiy bosqichlarda moddiy ishlab chiqarish maʼnaviyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq ekanligi ilmiy adabiyotlarda keng tahlil etilgan. Lekin jamiyatning, oilaning moddiy hayot sharoitlari oʻzgarishi oʻz-oʻzidan maʼnaviy kamolotga olib kelmaydi. Madaniy qashshoq boʻlgan odam boy boʻlib qolsa, birdaniga maʼnaviy kamolot darajasiga koʻtarilib qolmaydi. Pedagog-olimlar mazkur mavzuning taʼlim-tarbiyaviy jihatlarini tadqiq etib, oilaning shaxs tarbiyasida tutgan oʻrniga alohida eʼtibor berib, oilaviy tarbiyani umumiy tarbiyaning bir qismi sifatidagi jihatini yoritishmoqda; psixolog olimlar oila va oilaviy munosabatlarga etno-psixologik jihatdan yondoshmoqdalar. Etnograf-tarixchilar ham oilaning kelib chiqishi va oilaviy munosabatlar madaniyatining shakllanishi bilan bogʻliq masalalarga toʻxtalib, oilaviy urf-odatlar, anʼanalar, marosimlarning yoshlar tarbiyasiga taʼsirini oʻrganganlar. Faylasuf olimlarimiz masalaning mohiyatini ochib berishda shaxs va jamiyatning oʻzaro munosabati haqidagi umumaksiologik qonuniyatga suyangan holda, shaxs ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat degan nazariy konsepsiyani oʻrtaga tashlaganlar. Xuddi shu konsepsiyadan esa oilada farzand tarbiyasi ijtimoiy xarakterga ega degan boshqa bir nazariy xulosa kelib chiqishi tabiiydir. Madaniyatshunoslar oilaviy munosabatlar madaniyatining yosh avlod tarbiyasiga taʼsirini tahlil qilib kelmoqdalar. Shuni alohida koʻrsatib oʻtish kerakki, Markaziy Osiyo mutafakkirlari va maʼrifatparvarlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf xos Xojib, Kaykovus, Devoniy, Alisher Navoiy, Bobur, Munis Xorazmiy, Bedil, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Qori Niyoziy, Choʻlpon, Fitrat va boshqalarning asarlarida oila va oilaviy munosabatlar haqida qimmatli fikrlar mavjud. Ularning koʻplarida mazkur masalaga oid qarashlar muayyan tartibga tushirilgan va taʼlimot darajasiga koʻtarilgan. Xususan, Abu Ali ibn Sinoning “Axloq”, “Oila xoʻjaligi”, Alisher Navoiy “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub” asarlarida oilaga alohida eʼtibor bilan qarab, uni inson kamolga erishuvida asosiy makon deb bilganlar. XX asr boshlaridagi maʼrifatparvarlik harakatining asoschilaridan biri Fitratning “Oila” asarida oila asosini toʻgʻri qurish, oilada yosh avlodga jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiya berish orqali mana shu turgʻunlikdan qutilish, jamiyatni isloh qilish mumkinligini bayon qilgan. “Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bogʻliqdir… Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli boʻladi.” deb yozadi. Oiladagi oʻzaro munosabatlar madaniyati malakasi tasavvuf falsafasida ham alohida oʻrin tutadi. Bu falsafaning yirik vakillari boʻlgan Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro tariqatlarida ota va onalar oʻzaro munosabatlarining farzandlar kamolotidagi roli, farzandlarning ota-onalarga boʻlgan munosabati mavzui alohida taʼkidlab oʻtilganligini koʻramiz. Shuningdek, ulugʻ ulamolar boʻlmish Al-Buxoriy, At-Termiziylarning hadis toʻplamlarida, asarlarida ham mazkur mavzuga katta eʼtibor berilgan. Qurʼondan keyingi diniy manba – hadislarda Paygʻambarimiz Muxammad (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taoloning rozi boʻlishi ota-onaning rozi boʻlishiga va Allohning gʻazabi ham ota-onaning gʻazabiga bogʻliqdir” (Imom Buxoriy rivoyati).3 Haqiqatdan ham ota-onaga ozor bermaslik, ularning dilini vayron qilmaslik, muloyimlik bilan suhbatda boʻlish, koʻnglini koʻtarish aytganlarini vaqtida bajarish, farzandning ota-ona oldidagi burchidir. Mustaqillik davrida oila-nikoh munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi masalalarini F. Otaxoʻjayev, oʻzbek oilalari maʼnaviyatining tarixiy asoslari, maʼnaviy ruhiyati, anʼanalari, farzandlar tarbiyasi muammolarini istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan O. Safarov, M. Mahmudovlar tahlil etsalar, oilaning jamiyatda tutgan oʻrni, oilaviy tarbiya, oila aʼzolarining oiladagi oʻrni, oilada milliy va umuminsoniy tarbiya masalalarining pedagogik nuqtai nazardan O. Musurmanova, oilaning mohiyati, ota-onalarning bola tarbiyasidagi masʼuliyati, farzandlik burchiga oid baʼzi milliy diniy anʼanalarimizni E. Yusupov, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga oid masalalarni M. Xalmatovalar tahlil qilganlar. Oila turlarining demografik, ijtimoiy tuzilishlariga qarab boʻlinishining oʻziga xos xususiyatlari hamda uning oilaviy munosabatlar madaniyatiga taʼsiri mavjud. Mamlakatimizda mavjud oilalarning aksariyati toʻliq oilalardir. Toʻliq oila deganda ota-ona va farzandlardan iborat oila tushuniladi. Bu tipik oilaga xos xususiyatdir. Bunday oilalar, oʻz navbatida, patriarxal, nuklear, mezalyanslarga boʻlinadi. Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyati yana shundaki, hozirda oʻzbek oilalardagi katta patriarxal oila xoʻjaligi ham saqlanib qolingan. Bunda 2-3 avlod xoʻjaligi umumiy boʻlib, ularning iqtisodiy birligining asosi hisoblangan oila mulki faqat oila boshligʻi qoʻlida boʻladi va hamma unga boʻysinadi. Mana shu sababli ham qarindosh – urugʻlarning quda-andachilik munosabatlari davom qilib kelayapti. Yaqin qarindoshlarning nikohi ham shu jumladandir. Sharq va gʻarb oilalari xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilganimizda ovroʻpa oilalariga xos xususiyat – nikohsiz erkin yashashning keng tarqalishi, ajralishlarning koʻpayishi, tugʻilishning kamayishi bilan izohlanadi. Ayrim Gʻarb olimlari nikohni butunlay yoʻqotib, nikoh kishi erkinligini cheklab qoʻyadi, u inson tabiatiga zid narsadir deb hisoblaydilar. Albatta, bu notoʻgʻri boʻlib, insoniyat taraqqiyotiga ziddir. Zamonaviy oilalarga xos ikkinchi xususiyat ularning nuklearligidir (Nuklear – lotincha soʻzdan olingan boʻlib, lugʻaviy maʼnosi “yadro” demakdir. Er-xotin va bolalardan iborat). Hozirda Gʻarb sivilizatsiyasi taʼsirida oilaning bu xili koʻpayib bormoqda. Bunday oilalarda qaynona va kelin yoki kelinlar alohida yashaganliklari uchun ular orasidagi nizoli munosabatlarning oldi olinadi, turmush tarzida ular bir-birlari bilan qadrliroq, mehr-shafqatliroq madaniy munosabatda boʻlishadi. Bu masalaning ijobiy tomoni boʻlib, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishiga olib keladi. Ota-onadan alohida yashayotgan kelin-kuyov musataqil hayotga, oila iqtisodiyotini rejalashtirishga, farzandlarni mustaqil tarbiyalashga oʻrganadilar. Oilaviy masalalarni dam olish, boʻsh vaqtdan samarali foydalanish kabilarda nuklear oilalar erkinlikka ega boʻladilar. Zamonaviy oilalarga xos uchinchi xususiyat – mezalyanslarning oshishidir. (“Mezalyans” – fransuzcha soʻz boʻlib er-xotinning ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy mavqelari orasida katta tafovut boʻlgan oilalar tushuniladi). “Mezalyans” deb, masalan shaharliklar bilan qishloqliklar, ziyolilar bilan ishchi-dehqon, chorvadorlar hamda turli millat kishilari orasidagi nikohlarni tushunish mumkin. Mezalyans oilalar sonining oshishi ham irsiy ijtimoiy jihatdan ijobiy holdir. Sharq tarbiyasida biz ota-onalar oila baxtliligini taʼminlashda va yoshlarni oilaga tayyorlashda jinsiy tarbiyaga alohida eʼtibor qaratishimiz lozim. Mashhur faylasuf Z. Freydning taʼlim berishicha, oila faqatgina birgalikda yashash uchun emas, balki toʻlaqonli hayot kechirish, insoniy ehtiyojni qondirish uchun ham quriladi. Oilada har tomonlama sogʻlom muhitni qaror toptirishda quyidagi ijtimoiy pedagogik-psixologik, maʼnaviy-madaniy mezonlarga amal qilishni tavsiya sifatida maqsadga muvofiq deb yondashishimiz mumkin: yoshlarni sportga, jumladan, oilaviy sportga ijobiy munosabatini shakllantirishga erishish; farzandlarda hayotiy faoliyatni oqilona tashkil etish va reproduktiv madaniyatni shakllantirishga erishish; Oilada sogʻlom turmush tarzini asosiy omil sifatida xalqimizning oʻziga xos anʼanalari va qadriyatlarini oʻrganish va keng targʻib etish; Ota-onalarning farzand tarbiyasi yuzasidan masʼuliyatini, salohiyatini, savodxonligini, ota-onaning pedagogik-psixologik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini taʼminlash; Oilada maʼnaviy va jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish; Oilaviy munosabatlarda farzandlarning umumadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish. Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng ogʻir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qoʻyilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning taʼsiri sezilarli boʻladi. Taʼlim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining soʻngi daqiqasigacha taʼqib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va maʼnaviy takomilida ham muhim oʻrin tutadi. falsafiy lugatlarda "Oila - bu jamiyatning yacheykasi (kichik ijtimoiy guruh), er-xotinlik hamda ota-onalik munosabatlarini tiklash orqali shaxsiy turmush tarzini tashkil etishning muayyan ko'rinishi, ya'ni, bir yerda umumiy ho'jalik yuritadigan er va xotin, ota-onalar va farzandlar, aka-ukalar va opa-singillar hamda boshqa qarindoshlarning birgalikda yashashini ifodalovchi muhim bo'g'in" deb ta'rif berilgan. Bu kabi ta'riflardan oilaning 4 ta muhim tavsifi kelib chiqadi: • Oila - jamiyatning bo'g'ini (kichik ijtimoiy guruh); • Oila - shaxsiy yashash tarzini tashkil etish shakli; • Oila - er-xotinlarning birlashuvi; • Oila - er-xotinlarning boshqa yaqin qarindosh: ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, momolar va bobolar, farzandlar va ularning farzandlari bilan ko'pqirrali munosabatlar o'rnatish imkoniyati.4 Tadqiqotlarda eng muhim metodologik tamoyil shundan iborat bo' ladiki, oilani o'rganayotgan shaxs uni oddiy oila a'zolari yig'indisi sifatida emas, balki barcha oila a'zolari o'rtasida murakkab va serqirra munosabatlar tizimi mavjudligini, ular har bir a'zoning berajak javoblarida aks etishini unutmaslik kerak. Ya'ni, oila va undagi munosabatlar hamisha tashqi psixologik ta'siri komida bo'ladi. Unga kichik ijtimoiy guruh sifatida qarash esa, kichik guruhga xos bo'lgan deyarli barcha ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarning borligi va ular har bir oila a'zosining maqomini belgilashini inobatga olishni taqozo etadi. Aslida umuman jamiyat miqyosida olib qaralganda, oila, ayrim olimlar (G.M.Andreeva, A.I.Zaxarov, V.S.Toroxtiy, N.Ya.Soloveva va boshqalar) ning haqli e'tirof etishlari bo'yicha, bu - birlamchi guruhdir. Ya'ni, birlamchi guruhga xos bo lgan emotsionallilik, munosabatlarda rasmiylik va norasmiylikning uygunlashuvi, ijtimoiy-psixologik muhitning insoniy munosabatlarga bogliqligi va h-zolar oilaviy munosabatlarga ham xosdir. Shu bois ham oila yonalishida otkaziladigan tadqiqotlarda uning ijtimoiy guruh sifatida ozigagina xos bolgan sifatlari, xususiyatlari borligini unutmaslik lozim. Bular quyidagilar: > bir emas, bir necha umumiy maqsadlarning bo lishi; ya'ni, agar mehnat jamoasida a'zolarni birlashtiruvchi yagona maqsad tan olinsa, oilada bunday maqsadlar bir nechta ham bolishi mumkin va ular oilaviy hayot mobaynida ozgarib ham turadi. Masalan, yaxshi niyat bilan birgalikda yashash maqsadiga keyinchalik soglom farzand ko'rish, o'g'il bola boisa, sunnat to'yi qilish, farzandni maktab ta'limiga tayyorlash, toy qilish, uylantirish kabi qator yirik maqsadlar va orzu-havaslar paydo bolaveradi, oilaviy hayotning mazmuni va uning jozibasi ham ana shu kabi maqsadlar va ularni amalga oshirishda er-xotin inoqligi, hamfikrligi bilan belgilanadi; > oila a'zolari manfaatlari, qiziqishlari va intilishlari muayyan tafovutlar va kelishmovchiliklarning tabiiy holat ekanligi; ayniqsa, bu oilada katta avlod vakillari ustanovkalari bilan ularning farzandlari o rtasidagi ziddiyatlarda ham ifoda etadi (avlodlararo ziddiyat), kop holatlarda bu kabi tafovut yoki ziddiyatlar konstruktiv xarakter ham kasb etadi; > alohida yashaydigan oilada er-xotin munosabatlarining boshqa munosabatlarga sezilarli ta'siri, masalan, farzandlarning tarbiyalanganlik darajasiga; > oilaviy murosa yoki hamjihatlikka boshqa qarindoshlar, masalan, keksalarning ta'siri; > oila a'zolari o rtasida hamkorlik faoliyati va uning samrasi unchalik sezilmasligi, masalan, oilada erning oz o'rni va mashg'ulotlari, ayolning oz o'rni va vazifalarining bolishi va har doim ham birga bir ishni qoshilib ketmaslik. Oilaviy xasharlar yoki boshqa tadbirlar bundan iste'sno; > muomala va o zaro hurmat normalarining katta ahamiyatga ega ekanligi, hamisha bir-birining kongliga qarashning oila mutahkamligi omili ekanligi; > oilada o zaro sir, yashirin, xufyona ishlarning oialviy munosabatlarga salbiy ta'siri. Yuqorida ta'kidlangan holatlar oila tadqiqotlarini otkazuvchilarni sof ijtimoiy guruhlarda otkaziladigan izlanishlarga qollaniladigan tamoyillardan biroz chekinishlarini talab qiladi. Ya'ni, oila oziga xos insoniy munosabatlar mujassam bolgan noyob maskandir. Nikoh so'zi - (arabcha-ko'shilish) O'zbek tiliga arablardan kirib kelgan. O'zbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 13-moddasiga binoan nikoh fuqarolik xolatini dalolatnomalarining ruyxatidan o'tkazish yuklatilgan davlat organlarida qayd etiladi, shunday nikohgina huquq va majburiyatni vujudga keltiradi. O'zbekiston Respublikasida nikohni uning ijtimoiy mohiyati, maqsadiga ko'ra oilani mustaxkamlash ehtiyojini yosh avlodni axloqi, sixat-satomatligini hisobga olib, bir qator shartlarga amal qilgan xolda tuzish zarurligi belgilanadi: bu talablar nikohdan utish shartlari deyiladi a) Nikohdan o'tuvchi shaxslarning o'zaro roziligi (O'zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksi 17-moddasi) b) Nikoh yoshining belgilanishi (O'zbekiston Respublikasining Nikoh va oila kodeksining 18 - moddasida 1 8-yosh yigitlar, 17-yosh kizlar). Xalqimizda nikoh eng avvalo arshi a'loda o'qilib, keyin yerda, degan naql bexuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy tushunchalari buyicha, nikoh iloxiy axd, oila muqaddasdir. «Xotinlaringiz-ziroatlaringizdir» deyiladi. Qur'oni Karimning Baqara surasi - 223 oyatida. Nikohdan o'tib oila qurishdan asosiy maqsad inson avlodining davomiyligidir. Nikohga kirishda yanglishmaslik, mustaxkam oila tashkil topishga olib keladi. Axil totuv yashash, xalol mexnat muhabbatga asoslangan oila jamiyatning munosib avlod, axloqi pok jamiyat ishiga, taraqqiyotimizga, mustaqilligimizga sadokatli inson tarbiyalab yetkazishda muxim rol o'ynaydi. Qadimdan Sharq oilalari yigit-qizlarni oilaviy turmushga tayyorlashga alohida e'tibor berganlar yigitlar alohida, qizlar alohida maxsus enaga-tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanganlar.Birlashgan Millatlar tashkilotining qaroriga binoan 1994 yil «Xajaro oila yili» deb e'lon qilindi, Respublikamizda 1998 yil «Oila yili, 1999 yil «Ayollar yili» deb e'lon qilindi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O'zbeklarning aksariyati uzining shaxsiy farovonligi to'g'risida emas, balki oilasining qarindosh-urug'lari va yaqin odamlarining. qushnilarining omon-esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbini gavxaridir. Yurtboshimizning bu fikrlari O'zbek oilasining o'ziga xos xususiyatining asosini tashkil etadi. Yurtboshimizning taraqqiyotida jamiyatimiz asosi- O'zbek oilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy xolatida muhim rol o'ynamoqda, chunki oilalarning har tomonlama yuksalishi jamiyatning yuksalishi demakdir. Xuddi shu ma'noda kelajagimiz bo'lmish yosh avlod va uning taraqqiyoti davlat ahamiyatiga molik masaladir. Ikkinchi tomondan jamiyatning oila va oilaviy tarbiyaga bo'lgan talabi ham kun sayin ortib bormoqda. Ota-onalarning oilada bolalarni xar tomonlama yetuk-barkamol taraqqiyotiga oid layoqatni oshirish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. O'zbek oilasining dunyodagi boshqa oilalarga uxshash tomonlari ko'p, lekin shu bilan birga uning o'ziga xos jihatlari ham yuk emas. O'zbek oilalarining uziga xos tomoni-xayo-iboning kuchliligidadir. Ma'naviyatsiz moddiy farovonlikka ham umumtaraqqiyotga ham erishib bulmaydi. Ma'naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Noxalol ayoldan xalol oshqarish va o'z-o'zini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanligidir. Oiladagi psixologik muhit - boshqa har qanday gruppada bo'lgan qonunlardan tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabroqdir. Unda kishilar o'z hayotining ko'proq qismini o'tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko'proq samimiy tuyg'ular va munosabatlar orqali bog'langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila a'zolariga va bir-birlariga bo'lgan munosabatlari ta'sir qiladi. Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilalarda o'ziga va xotiniga bo'lgan munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo'ldilar. Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va e'tibor bera bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan oilalargina baxtli bo'lishlari mumkin. Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa a'zolarida o'ziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuyg'ularni shakllantirishga ta'sir ko'rsatadi. Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon bo'ladi. Kishilar bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional ko'rsatmalarining umumiy tarzi hamohangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qiladi. Oila a'zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki ob'ektiv ko'rsatgichidir. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak hamma zamonlarda ham oilaviy munosabatlarda er va xotin bir-birlarini tushungan holda yashasalar oila bilan bog'liq bo'lgan barcha salbiy holatlarning oldini olinadi. Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo`lishiga qaramay, ayniqsa, XIX va XX asrlarda ro`y bergan buyuk o`zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o`z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog` omon saqlanib qolgan tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bo`lsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin. Oila jamiyatning ajralmas bo`lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo`qki, u o`zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo`lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o`z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog`laydi, ya`ni, o`z uyi, oilasida baxtli bo`lgan insongina o`zini to`laqonli bahtiyor his etadi. Mamlakatimizda barcha aholining 97 foizi oilalarga birlashib yashaydi, qolgan uch foizi – ya`ni, yolg`iz qolgan keksalar, ota-onadan etim bo`lib qolgan va Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar, boshqa yurtdan kelib vaqtinchalik O`zbekistonda istiqomat qilayotganlar ham oila a`zolari, yaqinlari, yurtdoshlari, turli davlat va nodavlat tashkilotlaridagi insonparvar odamlarning mehridan darig` emas. Shu ma`noda oila – inson o`z baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsad-muddaolarini mushtarak qilgan, o`zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan muqaddas makondir.5 Oila psixologiyasi fanining asosiy maqsadi Siz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Bu o`rinda haqli ravishda: «Bu fan bizga nima beradi? Nega endi aynan hozirga kelib bizni oilaviy hayotga tayyorlash zarur bo`lib qoldi? Axir ota-bobolari-miz bunday kurslarni o`qimay ham tinch-totuv, ahil-inoq, baxtli hayot kechirishgan-ku? Aksincha so`nggi yillarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida qanchalik ko`p gapirib, yozilib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli oilalar, ajralishlar miqdori ortsa ortayaptiki, kamaymayaptiku?» - kabi savollar ro`yxatini cheksiz davom ettiraverish mumkin. Ularning har birini yuzaga kelishiga to`liq asos bor. Xo`sh, qanday zarurat hozirgi vaqgda yoshlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash va ularga «Oila psixologiyasi» fanini o`qitilishi zarurligini taqozo qiladi? Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi - bu farzand ko`rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda er yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta`minlashdan iboratdir Prezidentimiz I.A.Karimov oilaning tub mohiyati haqida gapirib: "Oila hayotning abad davomiyligini ta`minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo`lib etishishiga bevosita ta`sir ko`rsatadigan tarbiya o`chog`i ekanini tan olishimiz darkor", degan edilar. Darhaqiqat, oila - har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida shakllangan o`zbek xalqining qadriyatlari va ma`naviy merosi ravnag`ini ta`minlovchi tarbiya maskanidir. "Halollik, rostgo`ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan" . Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o`zaro munosabatlari majmui bo`lib hisoblanadi. "Oila haqida so`z yuritar ekanmiz, avvalo ko`z o`ngimizda ona siymosi shakllanadi... Oila muqaddasligini ta`minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorligidir".. Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo`luvchi o`zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o`zaro munosabatlarida uyg`unlasha borib, oilada o`zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to`g`ri yo`l-yo`riqlarini ko`rsatadi. Yosh avlodning ma`naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi). Tarixiy ma`lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko`rsatadi. Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o`zbek xalqining og`zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarida sharq xalqlari, xususan o`zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon bo`ladigan odob-axloq qoidalari, me`yorlari, insoniy fazilatlar ifodasi to`g`risida qimmatli ma`lumotlarni uchratish mumkin. Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo`lmaslik, barkamol farzand tarbiyasi, undagi er-xotin va o`zaro munosabatlar madaniyati, baxtli va farovon turmush kechirish yo`llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar ko`rinishida bayon etilgan. Download 83.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling