Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
zarofat—nozik so‗zlilik va hokazo.
S i yo s a t g a oid s o‗ z v a terminlar: siyosat — siyosat; jamoa — jamoat; ijtimo — jamiyat; rais —jamiyat boshligi; adl — adolat; zulm — adolatsizlik; malik — podsho; mamlakat — podsholik; .vazir — ministr; amir — xokim; amorat — xokimlik; davlat — davlat, hukumat; hur — erkin; asorat — tutqunlik va hokazo. Lingvistikaga oid so‗z va terminlar: kalom— nutq; jumla — gan; ism—ot;
— 1) harf; 2) tovush; 3) yordamchi so‗z; mubtalo — ega; xabar — kesim; sarf — morfologiya; naxv — sintaksis; ishtiqoq — so‗z yasalishi (affiksatsiya va fleksiya yo‗li bilan); tajvid — orfoepiya; imlo — orfografiya; foil — sub‘ekt formasi; maf’ul — ob‘ekt formasi; i’rob — fleksiya; mufrad — birlik; ja’m — ko‗plik; mutakallim — birinchi shaxs; muxotob — ikkinchi shaxs; g‘oyib — uchunchi shaxs; moziy — o‗tgan zamon; muzorig — xozirgi-kelasi zamon,
— passiv sifatdosh; masdar — infinitiv va xakazo. 66
Adabiyotshunoslikka oid s o‗z va terminlar: nazm — poeziya; she’r — she‘r; bayt — ikki misra; misra — she‘rning bir qatori; qofiya — misralar oxiridagi ohangdoshlik; masnaviy — juft qofiyali poetik asar; ruboiy — to‗rt miralik she‘riy janr; g‘azal— aa ba va ga... tarzida qofiyalangan she‘riy janr; murabba’ — bandi to‗rt misralik she‘riy janr; muxammas— bandi besh misralik she‘riy janr; musaddas — bandi olti misralik she‘riy janr; musamman — bandi sakkiz misralik she‘riy janr; muashshir — bandi o‗n misralik she‘riy janr; qasida -- maktovdan iborat she‘r; marsiya — o‗lim munosabati bilan aytilgai she‘r; vazn — she‘r o‗lchovi; aruz ~ she‘riy ulchovlar sistemasinnng bir turi; xazaj, ramal. munsarix, muzorig, xafif, mutadorik, mutaqorib, komil, vofir. basiy, muqtazab, sari’, mujtass, rajas, mushoxil, tavil, madid, qarib, g‘arib—bahr (aruz vazn turkumlari) nomlari. Astronomiyaga oid termin v a s o‗ z l a r: falak—sfera, najm—yulduz; kavkab— yoritkich: sayyora planeta; burj — zodiak; xamal, sarv, javzo, saraton, asad,
detrolyabiya; daraja — gradus; shams — quyosh; qamar — oy; shixob —kometa; kusuf — quyosh va oy tutilishi, e’tidol— teng kunlik; inqilob — tuntarish; tulu’ — yoritqichning chiqishi; g‘urub— yoritqichning botishi; taqvim— kalendar va hokazo. Astrologiyaga oid termin va so‗zlar: tolig — goroskop; sa’d — baxt yulduzi; naxs — shumlik yulduzi; axkomi nujum — astrologiya; qiron — ikki sayyoraning bir burjda kurinishi va xokazo. Maorifga oid so‗z va terminlar: maktab, Madrasa, ta’lim, tarbiya, savod,
Meditsinaga oid s o‗z va terminlar: shifo, muolaja, davo, mudavo, maraz, mariz, xuqna, xafaqon, falaj, zotiljam, tib, tabib, tabobat va xokazo. Matematikaga oid so‗z va terminlar: zarb— ko‗paytiruv; taxsim — bo‗luv; zoviya — burchak; murabba. — kvadrat; doyra — aylana; qutr — diametr; xat — chiziq; muka’ab — kub; musallos — uchburchak; muxam-mas — besh burchak; musaddas—oltiburchak; tanosub — proporsiya; aljabr — algebra va xokazo. 67
K i t o b a t g a oid s o‗ z v a terminlar: xat — yozuv; nasxta’liq; nasta’liq, suls, gubor — yozuv turlari; kitob, kotib, xattot, safxa, saxifa, saxxof — mu-qovachi; musavvir — miniatyurachi; suvrat—miniatyura va hokazo.
Uzbek tili va tojik tillarining arab tiliga bevosita ta‘sirini Urta Osiyoda turg‗un bo‗lib qolgan arablarning shevalarida ko‗rishimiz mumkin 28 . Ammo arab tiliga bo‗lgan ta‘sirni umumturk nuqtai nazaridan olib qarasak, bu ta‘sirning ancha kuchli bo‗lganini ko‗rish mumkin. Endi uzbek klassik adabiyotidagi forsizmlar, ya‘ni eski tojik elementlariga kelsak, bulariing umuman tematik doirasi keng, biroq ilmiy terminlar arabizm- larga nisbatan kamroq. CHunki biz yuqorida sanab o‗tgan arab o‗zagidan yasalgan ilmiy atama va so‗zlar uzbek va tojik tillari uchun umumiy bo‗lib, ularning vujudga kelishida boshqa xalqlar qatori tojik va uzbek xalqlaridan chiqqan olimlarning ham ishtiroki bor. Uzbek klassik adabiyotidagi eski tojik elementlari hozirgi uzbek tilidagiga nisbatan ko‗proq bo‗lib, ular-iing^ko‗plari hozir iste‘moldan chiqqan. Buning sababi ko‗p o‗zbek shoir va olimlarining zullisoiayn (bilingv) bo‗lganligidir. Masalan, eski o‗zbek shoirlari qo‗llagap quyidagi so‗zlarni hozirgi o‗quvchi lug‗atsiz tushunmaydi. abr (bulut), abru (qosh), avrang (taxt, toj),anba (meva turi),
(g‗ov, to‗siq), angubin (asal, bol), andud (suvalgan, qoplangan), angiz (qo‗zg‗atuvchi), andar (ichida, orasida), ashk (ko‗z yoshi), badsilol (yomon fikrli, xayoli buzuq), badfar-jom (oqibati, oxiri yomon), balorak (yaltnroq, o‗tkir qilich), bargustvon (urushda ot yoki filga yopiladigan o‗q o‗tmas bostiriq, o‗q o‗tmas yopiq), barzagar (ekin ekuvchi, dehqon), getiy (dunyo), gurda (buyrak) va hokazo. SHubhasiz, eski tojik adabiy tnliga o‗zbek tilining ta‘siri xam sezplarli darajada bo‗lgan. Bu xususda Navoiy bergan ma‘lumotlar diqqatga sazovordnr. U o‗zi-ning «Muhokamat ul-lug‗atayn» asarnda bu haqda shunday deb yozadi: (Sortlar ) «ulug qardosh va kichik qardoshni ikkalasin «barodar» derlar va turk-lar ulug‗ni — «og‗a» va kichikni «ini» derlar. Va alar ulug, kichik kiz qardoshni xam «xoxar»
68
derlar. Va bular ulug‗ni — «egachi» va kichikni «snngpl» derlar. Va bular otaning og‗a-inisin «opag‗a» derlar. Va onaning og‗a-inisin— «tog‗ayi» derlar. Va alar hech qaysig‗a ot ta‘yin qilmaydurlar va arab tili bila «em» va «hol» derlar. Va ko‗kaltoshni turkcha til bila derlar. Va atka va enagani xam bu til bila ayturlar. Bir mutaayyin nimakim «oq uydur», anga «xirgoh» ot qo‗yupturlar. Ammo aning ajzosining ko‗pipi turk tili bila ayturlar. Andoqki, to‗nluk va uzuk to‗rlug‗ va bosrug‗ va chig‗ va qanot va ko‗zanak va uvug‗ va bog‗ish va bo‗sag‗a va erkina va alo hozal qiyos. Va ov va qushki, salotip odob va rusumida har qaysi boshqa mutaayin ishitur, ikkalasin, «shikor» derlar. Va ovda umdaki kiyikdur, turk aning erkagin «huna» va tishsini «qilchoqchi» der. YAna suykunning ham erkagin «bug‗u» va ti-shisin «maral» der. Sort ohu va gavazidin o‗zga nima emas. Va bir sho‗ru taynlig‗ ovki, to‗nguz ovidir, aning xam erkagin «qobon», tishisin «megajin» va ushog‗in «cho‗rpa» derlar. Va sort barchasin «xuk» va «guroz» lafzi bila aytur. Va kelduk qushkaki, anda muqarrar va mashhur il-bosun o‗rdakdur. Va sort el ilbosunni xud bilmas. Tag‗i turk o‗rdakning erkagin «so‗na» va tishisin «bo‗rchin» der. Va sort muncha ham ot qo‗ymaydur. Va nar va moda ikkalasin «murg‗obi» der. Va o‗rdakning anvoi bilur qushchilar qoshida, masalan, jo‗rka va erka, suqtur va olmabosh va choqirqanot va temirqanot va aldaldag‗a va alapaka va bog‗chol va bu yo‗sunluq derlarki, etmish nav‘ bo‗lurkim, sort borisin murg‗obi o‗q der. Va agar bir-biridan mutamayez qilsa, turkcha ot bila—o‗q aytur. YAna ot anvidaki, tubuchoq va arg‗umoq va yaka va yobu va totu yo‗sunliq — borini turkcha — o‗q ayturlar. Va otning yoshin dag‗i ko‗prakin turkcha ayturlar. Bir qulun-ni «kurra» derlar. Uzga: toy va g‗o‗nan va do‗nan va tu-lan va chirg‗a va rang‗a deguncha faspxroqlarp turkcha derlar va ko‗pragi muni xam bilmaslar. Va otning iyarin agarchi «zin» derlar, ammo ko‗prak ajzosin, misli: jibilgir va hano va to‗qum va jazlig‗ va ularg‗och va ganjug‗a va jilbur va kushkun va kantar
69
va tufak va to‗qa yo‗sunliq ko‗pin turkcha ayturlar va qamchini agar «tozyona» derlar, ammo buldurgasin va chubchurg‗asin turkcha ayturlar. Va jiba va javshan va ko‗x va qolg‗anduruq va qor-bichi va kejim va oha yo‗sunduq urush asbobin xam turk tili bila ayturlar. Va ma‘hudiy albisa dni misli: dostor va qalpoq va iavro‗ziy va to‗ppi va shirdog‗ va dakla va yalak va yog‗lig‗ va terlik va kur yo‗sunlug‗ nimalarni borisin turk tili bila ayturlar. Eguluklardin agarchi qo‗y muchalaridin ba‘zig‗a ot ko‗yupturlar, ammo orqani va oshug‗lik ilikni va yon so‗ngakni va qoburg‗ani va ilikni va o‗rta ilik va bo‗g‗uz-lag‗uni turkcha ayturlar. Va yana ba‘zi emaklardin qaymog‗
va qatlama va bulamog‗ va qurut va uloba va mantu va kuymog‗ va urkamochni xam turkcha ayturlar. Va qimizni va suzmani va baxsumni va bo‗zani dag‗i turkcha ayturlar. Yana tutmoch va umoch va qumoch va tolg‗onni ham turkcha ayturlar. Va bu navg‗ juz‘iyotqa mashg‗ulluq qilsa bag‗oyat ko‗p topilur».(Alisher Navoiy. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling