Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
lingvosinergetik paradigma
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- ―metafan‖
lingvosinergetik paradigma deb nomlash mumkin.
4. Tilda lisoniy tiplarning stadial taraqqiyoti ―nochiziq‖ taraqqiyot traektoriyasiga ega bo‗ladi, ya‘ni bir lisoniy tip ma‘lum vaqt dominantlik qiladi,
75
tarixiy taraqqiyot jarayonida u sinergetikaning fluktuatsiya, bifurkatsiya, polifurkatsiya qonunlari asosida ―egri chiziq‖ dinamikasi bo‗yicha rivojlanadi. Muayyan vaqt oralig‗ida avvalgi dominant lisoniy tip o‗rnini fakultativ lisoniy tip egallaydi, keyinchalik ushbu tip ham boshqa lisoniy tipga yon beradi. SHu tarzda lisoniy tiplar barqarorlik-beqarorlik, ustuvorlik-noustuvorlik, tartib-tartibsizlik kabi sinergetik paradigmaning asosiy tamoyillari asosida rivojlanish traektoriyasiga ega bo‗ladi. 5. Har qanday tilning boshqa til bilan aloqasi ,dastlab, uning geografik joylashish o‗rni, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, milliy va diniy qadriyatlari bilan bog‗lanad. Tojik tili butunlay boshqa til oilasiga mansub, o‗zbek tili butunlay boshqa til oilasiga mansub, lekin ikki millatning geografik joylashish o‗rni, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati, milliy va diniy qadriyatining bir-biriga yaqinligi, adabiyotining bir-biriga yaqinligi ikki tilning o‗zaro aloqasini ta‘minlaydi va bu til aloqasidan ikki til ham zarar ko‗rmaydi, aksincha, tillarning taraqqiy qilishiga zamin bo‗ladi. 6. SHubhasizki, til rasolikka o‗z-o‗zidan takomil topib erishmaydi. Ayrim tadqiqotchilar iddao kilganlaridek, til "o‗z-o‗zidan tashkillanadigan", "o‗z-o‗zidan rivojlanadigan" sistemalar (sinergetikadagi asos tushunchalar) qatoriga kirmaydi, chunki til insondan tamoman tashqarida bo‗lgan, mutlaq "mustaqil" hodisa bo‗lolmaydi, uning "o‗z-o‗zidan tashkillanishi" "o‗z-o‗zidan rivojlanishi" aslo mumkin emas. Ammo tilshunoslikning nazariy muammolari yoritilgan asarlarning deyarli aksariyatida "til taraqqiyoti-ning ichki va tashqi qonuniyatlari" (omillari, sabablari) mavjudligi haqida muntazam va batafsil ma‘lumot beriladi 2 . "Til
taraqqiyotining ichki qonuniyatlari" deyilar ekan, mantiqan "til o‗z-o‗zidan rivojlanishi mumkin" degan hukm anglashilishi tabiiyki, bunday tushunish "til inson va jamiyatga bog‗liq bo‗lmagan holda taraqqiy eta oladi" degan yanglish xulosaga olib keladi. Tilning "o‗z-o‗zidan" rivoji haqidagi gipotezani tanqidiy tahlil qilar ekan, YU.V.Fomenko "Hozirgi tilshunoslikdagi uydirmalar" kitobida til taraqqiyotining ichki qonuniyatlari (omillari, sabablari, stimullari) haqida turli 76
tadqiqotchilar tomonidan bildirilgan fikrlarni mantiq tarozisiga qo‗yadi va shunday xulosa qiladi: "Barcha aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, til "o‗z-o‗zidan", ya‘ni spontan, beixtiyor, o‗zicha, inson va jamiyat ixtiyoridan tashqari rivojlana olmaydi. Tilning har qanday o‗zgarishi (har qanday sathda, shu jumladan, fonetik sathda ham) uning qo‗llanishi, muttasil xotirada tiklanishi bilan bog‗liq va bu o‗zgarish turli ekstralingvistik sabablar (iqtisodiy, ilmiy-texnik, siyosiy, madaniy, biologik, fiziologik, psixologik va boshqa) bilan izohlanadi. Agar tillar "o‗z- o‗zidan rivojlanganda edi, egalari - odamlarga bog‗liq bo‗lmaganda edi, hech qachon o‗lmas edi. O‘kyak tillarning mavjudligi tillarning "o‗z-o‗zidan" rivojlana olmasligi, til taraqqiyotining ichki sabablari yo‗q ekanligining ravshan dalillaridir... Tildagi har qanday o‗zgarishning asosida inson ongida kechadigan jarayonlar yotadi... Demak, tildagi har qanday o‗zgarishning birlamchi sababi hamisha tildan tashqarida bo‗lib, u ekstralingvistik tabiatga molikdir". 7.Tilning taraqqiyotida uning sohibi mutlaqo hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Til o‗z egasining inon-ixtiyori, e‘tiqodu ehtiyoji, aqliy-ruhiy salohiyati, tafakkur va taxayyul talablaridan tamoman muxtor holda takomil sari odim otish imkoniyatidan tamomila mahrumdir. Tildagi har qanday harakat, kattadir- kichikdir, muayyan maqsad hadafiga ko‗ra yuz beradiki, bu maqsad faqat til egasi bo‗lmish odam bolasigagina mansub bo‗lishi mumkin, xolos. Ayni paytda shuni ham aytib o‗tish joizki, tildagi muayyan o‗zgarishlar yoki til taraqqiyoti uchun emas, balki tilni o‗z o‗zanidan chiqishiga yo‗l ochadigan holatlar ham odamlar, lekin ayni til egasi bo‗lmagan "begona" kishilar, noodil siyosat, boshqa tilning bosqini kabi omillarning ta‘siri natijasida yuzaga keladii! 8.Tildagi o‗sish-o‗zgarishlarning xolis va birlamchi ko‗zgusi uning lug‗at boyligidir, jamiyatdagi, kattadir-kichikdir, har qanday o‗zgarishlar, eng avvalo, aynan xuddi shu leksik sathda o‗z aksini topadi. Uzbek tilshunosligining taniqli namoyandalaridan biri E.Begmatov haqli ravishda ta‘kidlaganidek, "leksika jamiyat hayotida yuz bergan iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma‘rifiy o‗zgarishlar va yangiliklarni o‗zida birinchi bo‗lib ifoda qiladi. Bunday o‗zgarishlar tilni yangi 77
tushuncha va tasavvurlar bilan, ularni ifodalashga xizmat kiluvchi yangi so‗zlar bilan boyitib boradi. SHu bilan birga, ma‘lum vaqt o‗tishi bilan til lugat sostavidagi ba‘zi so‗zlar iste‘moldan chiqadi yoki ular tilning passiv qatlamiga o‗tadi. Mana shunday jarayonlar til leksikasida uning boshqa sohalariga nisbatan ko‗proq yuz berib turadi". 9. Sinergetika bugungi kunda ―metafan‖ (yunoncha metha – ―keyin‖, ―barcha fanlardan keyingi‖) vazifasini bajarishi lozim, undagi qonuniyatlar universallik kasb etib, uni barcha fanlar ―o‗ziniki‖ hisoblab, ulardan foydalanadi. Amerikalik olim T.Kun o‗zining ―Structure of scientific revolution‖ (―Ilmiy inqilob strukturasi‖) asarida yozishicha, ilm-fandagi inqilob
hodisaga yondashuvning o‗zgarishi va paradigmaning yangilanishi bilan o‗lchanadi. SHu ma‘noda sinergetikani XX-XXI asrlar fan paradigmasi sifatida deyarli barcha fan sohalari, shuningdek, tilshunoslik uchun ham metodologik asos sifatida qabul qilish mumkin.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling