Tilshunoslik kafedrasi
Download 154.5 Kb.
|
Grammatik shakllarning sintetik, analitik, juft va takroriy hamda
qora-qora=qop-qora;
ko‘k-ko‘k=ko‘m-ko‘k kabi. Masalan: Suvi tip-tiniq, oftobi yo‘lida g‘uborlar yo‘q emish. (T.Malik). Qarshimda tebranar ko‘m-ko‘k barglar har on. (Yu.Hamdam). -ba, -ma elementlari yordamida hosil bo„lgan so„zlar ham takror shaklga kiradi; betma-bet, ketma-ket, xilma-xil, damba-dam, navbatma-navbat kabi. Masalan: Sen bilan turibman bu kun betma-bet. (A.Oripov). Shunday deb ikki botir, Bir-biriga bo‘ldi betma-bet. (Nurali). Bunday takror shakllar ko’pincha asos anglatgan ma’nodan boshqacharoq ma’nolarni ham bildiradi: basma-bas, uchma-uch, boshma-bosh, yuzma-yuz, nomma-nom kabi. Xulosa Xulosa qilib aytish mumkinki, Grammatikada soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. O’zbеk tilida so’z bir grammatik ko’rsatkichli yoki bir nеcha grammatik ko’rsatkichli bo’lishi mumkin. Masalan, yuqоrida kеltirilgan sarguzasht so’zi bir grammatik ko’rsatkichli (оddiy daraja), kitоblarni ikki grammatik ko’rsatkich (tushum kеlishigi, ko’plik sоn) lidir. Shuningdеk, tilimizda grammatik shakllarning ba’zilari bir grammatik ma’nоni, ba’zilari bir vaqtning o’zida bir nеcha grammatik ma’nоni ifоdalashi mumkin. Kelgusida ish faoliyatimda gramatik shaklardan muntazam foydalanib, yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishda foydalanaman. Har bir darsni, har bir mavzuni tushuntirishda shunchaki emas, balki bor imkoniyatimni ishga solib boshlang`ich sinflarni o`qitishni o`z oldimga maqsad qilib qo`ydim. Kelajak avlod yoshlarning ta'lim tarbiyasiga bog`liq ekan biz ham o`z burchimizni oz bo`lsada bajarish uchun xizmat qilamiz. Ta'lim sohasini rivojlanishi uchun o’z xissamni qo’shaman. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling