Tilshunoslik kafedrasi


Download 154.5 Kb.
bet1/6
Sana25.12.2022
Hajmi154.5 Kb.
#1065529
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Grammatik shakllarning sintetik, analitik, juft va takroriy hamda



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH FAKULTETI
O’ZBEK TILI YO’NALISHI

TILSHUNOSLIK KAFEDRASI





Mavzu: Grammatik shakllarning sintetik, analitik, juft va takroriy hamda nol ko’rsatgichli turlari haqidagi qarashlar

BAJARDI: _____________________

ILMIY RAHBAR: ______________________
______________________


Mavzu: Grammatik shakllarning sintetik, analitik, juft va takroriy hamda nol ko’rsatgichli turlari haqidagi qarashlar

Reja:

  1. Kirish

1.Grammatik shakllar haqida
Asosiy qism
2.1.Grammatik shakllarning sintetik, analitiklari
2.2.Grammatik shakllarning sintetik, analitik, juft va takroriy hamda nol ko’rsatgichli turlari
2.3.Grammatik shakllarning sintetik, analitik, juft va takroriy hamda nol ko’rsatgichli turlari haqidagi qarashlar
III. Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
1.Grammatik shakllar haqida
Bugungi kunda jamiyatning shiddatli o’sishi, fan tеxnikaning rivojlanishi, amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari barcha sohalar kabi ta'lim-tarbiya jarayonlariga ham o’z ta'sirini o’tkazmoqda.Hozirgi sharoitda xalq ta'lim tizimi, uning barcha bo’g’inlarini yagona komplеks sifatida qarash talab etilmoqda. Bu bo’g’inlar bolalarning maktabgacha tarbiya olishini, umumiy va maxsus bilimga, profеssional tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlarning shaxs sifatida ma'naviy va axloqiy kamol topishini, ularning jismoniy rivojlanishini ta'minlaydi.
Maktab jamiyatning talablariga bo’ysunuvchi va uning ehtiyojlarini to’la qondirish uchun javobgar bo’lgan muhim bo’g’in hisoblanadi va bu dargoh insonni shakllantirish uchun mas'uldir.
Ma'lumki, shaxs bir butun shaklda rivojlanadi. Bir butun ta'lim-tarbiya jarayoniga xos vazifa insonda nafaqat aqliy, balki layoqat va malakani ham shakllantiradi. Bir butunlikda bo’lgan jarayon o’quvchida qiziqish hissini tarkib toptiradi.
Shaxsni shakllantirishdagi vazifalarning o’zaro birligini ta'minlashda, avvalo, maqsad, vosita va kuzatilgan natijalarning birligi ham nazarda tutiladi.
Hozirgi davr respublikamiz ijtimoiy hayotidagi tub ijobiy o‘zgarishlar boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limini oldiga muhim talablar qo‘ymoqda. Mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida qurish, davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish, bolalarning fikrlash darajasini muntazam ravishda o‘stirib borish, uquvchilarning nutqiy va imloviy savodxonligini to‘la ta’minlash ana shu talablar sirasiga kiradi.
Grammatika (qadimgi yunonchaγραμματική - grammatike, γράμμα - gramma soʻzidan — harfyozish) — tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. Grammatika 2 qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, Grammatikada soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini — shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar.
Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud.
Grammatika maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy Grammatika va nazariy Grammatikaga boʻlinadi. Amaliy Grammatika muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy Grammatika Tavsifiy Grammatika til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy Grammatika esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy Grammatikadan farqdi ravishda, nazariy Grammatika til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati belgilanadi. Nazariy Grammatikada til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy Grammatika umumiylik — xususiylik, mohiyat — hodisa, imkoniyat — voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til — nutq zidlanishiga asoslanadi.
Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, Grammatika faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli — semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol Grammatika sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi Grammatika faol Grammatika hisoblanadi. Faol Grammatikada u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi.
Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda Grammatika mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) Grammatikalarga boʻlinadi. Mazmuniy Grammatika mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obʼyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obʼyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy Grammatika oʻrganadi. Shakliy Grammatika esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. Funksional Grammatika da asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday Grammatikalarda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi.
Grammatik shakl - grammatik vosita bildiruvchi, grammatik maʼno ifodalovchi til shakli. Masalan, oʻzbek tilida "yaxshi-yaxshi" deb "yaxshi" sifati takrorlansa, bu soʻz maʼnosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu grammatik vosita baʼzi tillarda, mas, malayya yoki indonez tilida koʻplikni bildiradi. Muayyan bir tilda turli Grammatik shakl bir maʼnoda qoʻllanishi qam mumkin: -yotir, -yapti, -moqda kabi oʻzbek tilidagi Grammatik shakl lar feʼlning hozirgi zamon shaklidir. Aksincha, ayni bir Grammatik shakl birdan ortiq grammatik maʼnoni bildira oladi. Masalan, "lar" shakli "ishlar" soʻzida ham feʼl, ham sifatdosh, ham koʻplik hisoblanadi.



Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling