Tilshunoslik nazariyasi
Kasb-hunar, texnika uslublari
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Til tizimini
- Hududiy tabaqalanish.
- L.V.Shcherba
Kasb-hunar, texnika uslublari. Bu ishlab chiqarish, texnika, harbiy va boshqa turli xil kasblar sohasida ish ko’ruvchilar uchun xizmat qiladi.
Qonunlashtiruvchi hujjatlar, buyruqlar, topshiriqlar uslubidan iborat rasmiy hujjatlar uslubi. Har xil yozishmalar, kundaliklar va xatlarga xos bo’lgan maktubiy uslub. Jamiyatning madaniy saviyasi har bir kishining tildagi uslubiy jihatlarni egallab olish, ya`ni uslublardan konkret vaziyatga qarab foydalanishni taqozo etadi. Til tizimi va til qurilishining ijtimoiy shartlanganligi. Til va jamiyat muammosini yanada chuqurroq va aniqroq anglash uchun ularning til tizimi, til qurilishiga munosabatini to’g’ri anglash muhimdir. Har bir adabiy tilda so’zlaydigan kishi sharoit taqozosiga ko’ra tilda mavjud so’zlar, grammatik shakllar, so’z birikmalari va gap tuzilishining ma`lum qismidangina foydalanadi. Mana shu ma`noda tilning zahiraviy imkoniyatlari, hattoki jamoa nutqi doirasida ham hech qachon to’lig’icha ishga solinmaydi. Tilning imkoniyatlari uning reallashgan, amalda qo’llanilgan holatidan doimo ortiq va keng bo’ladi. Har tildagi mana shunday boy imkoniyatlar bu tilning umumiy tiliy vositalar tizimini tashkil etadi. Til tizimini: a) tilda amalda mavjud, qo’llanayotgan; b) tilda o’tmishda qo’llangan; v) tilda kelajakda qo’llanilishi mumkin bo’lgan imkoniyatlar majmui, murakkab yig’indisi deb tushunish kerak. Til tuzilishi muayyan davrda qo’llanayotgan real tizimlardir. U tildagi ko’pqirrali unsurlarning bir butunlik doirasidagi birligidir. Til tuzilishida til tizimidagi imkoniyatlar amalga oshadi. Til tuzilishi har qanday tilning asosi bo’lib, u nutqda turli darajada namoyon bo’ladi. Bunga sabab kishilar tildan turli konkret sharoit va holatlarda foydalanadi. Har bir tilning tuzilishi bu tildagi mavjud fonema, morfema, sintaktik qurilmalar yig’indisi va ushbu vositalarning o’zaro munosabatidan iboratdir. Til qurilishining o’ziga xos shakllanishi jarayonida tilning ijtimoiy tabaqalanishi vujudga keladi. Ijtimoiy tabaqalanish natijasida mavjud tilning jamiyat uchun xizmati bir necha yo’nalishda bo’ladi. 1. Hududiy tabaqalanish. Umumxalq tilining son jihatdan nisbatan kam bo’lgan hududiy, ijtimoiy va professonal jihatdan umumiylikka ega bo’lgan ko’rinishi dialekt deb sanaladi. Har bir dialekt o’z til tizimi va qurilishiga ega. 2. Nutq jarayoni kimga qaratilganligi bilan farqlanadi. Shunga ko’ra u dialog, monolog va polilog shaklida bo’ladi. Dialog – nutq tuzilishning asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib, sotsial nutqiy aloqalarning tabiiy shakllaridan hisoblanadi. Dialog, akademik L.V.Shcherba tili bilan aytganda, «shunday ustaxonaki, unda tilning turli o’zgarishlari quyiladi va yig’iladi». Katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan nutqiy aloqaning dialog shakli keng tarqalgan. Chunki bu shakl orqali millionlab kishilar ijtimoiy turmushda – oilada, ishlab chiqarish jarayonida, jamoat joylarida fikr almashadi. So’zlovchining o’ziga qaratilgan, boshqa shaxsning tinglash va javob berishini e`tiborda tutmaydigan nutq monolog deb hisoblanadi. Ko’p kishining o’zaro suhbati polilog sanaladi. 3. Adabiy tilning ifodalanish jihatidan tabaqalanishi. Umumxalq tilning ishlangan, sayqal berilgan, ma`lum me`yorga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli adabiy til hisoblanadi. Adabiy tilning ikki ko’rinishi bor: 1) yozma, 2) og’zaki. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling