c)
"XYT operatsiyasini boshlanishi" atamasi yo‘l transport vositasi, transport
vositalarining tarkibi yoki konteyner ularni yuk bilan birga nazorat qilish
maqsadida va ularga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan jo‘natish yoki
kirish joyi bojxonasiga (oraliq bojxonasiga) taqdim etilganligini va XYT
kitobchasi ushbu bojxona tomonidan rasmiylashtirish uchun qabul
qilinganligini anglatadi;
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
d)
"XYT operatsiyasini to‘xtatish" atamasi transport vositalarining tarkibi
yoki konteyner ularni yuk bilan birga nazorat qilish
maqsadida
va
ularga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan jo‘natish yoki kirish joyi
bojxonasiga (oraliq bojxonasiga) taqdim etilganligini anglatadi;
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
e)
"XYT operatsiyasini yakunlash" atamasi bojxona organlari tomonidan
mazkur Ahdlashuvchi tomonda XYT operatsiyasini tegishli to‘xtatilishi
fakti tan olinganligini anglatadi. Bu belgilangan joy yoki chiqib ketish
bojxonasi (oraliq bojxona) ega bo‘lgan ma’lumotlar yoki axborotni jo‘natish
joy yoki kirish bojxonasi (oraliq bojxona) ega bo‘lgan ma’lumotlar yoki
axborot bilan taqqoslash asosida bojxona organlari tomonidan o‘rnatiladi;"
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan))
f)
"olib kirish yoki olib chiqish bojlar va yig‘imlar" atamasi olib kirishda yoki
olib chiqishda yoki yuklarni olib kirish yoki olib chiqish tufayli
undiriladigan bojxona bojlari va boshqa barcha bojlar, soliqlar, yig‘imlar
va boshqa summalarni anglatadi, lekin o‘lchami bo‘yicha ko‘rsatilgan
xizmatlarning taxminiy qiymatigacha cheklangan summalar va yig‘imlar
Do'stlaringiz bilan baham: |