k)
"jo‘natish joyi bojxonasi" atamasi butun yuk yoki uning qismi uchun XYT
tashishi boshlanadigan Ahdlashuvchi tomonning har qanday bojxonasini
anglatadi;
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
l)
"belgilangan joyi bojxonasi" atamasi butun yuk yoki uning qismi uchun
XYT tashishi yakunlanadigan Ahdlashuvchi tomonning har qanday
bojxonasini anglatadi;
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
m)
"oraliq bojxona" atamasi yo‘l transport vositasi, transport vositalarining
tarkibi yoki konteyner XYT tashish jarayonida Ahdlashuvchi tomonga kirib
boradigan yoki undan chiqib keladigan Ahdlashuvchi tomonning har
qanday bojxonasini anglatadi;
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
n) "shaxs" atamasi ham jismoniy, ham yuridik shaxsni anglatadi;
o)
XYT kitobchasini "saqlovchi" atamasi Konvensiyaning tegishli qoidalariga
muvofiq XYT kitobchasi berilgan va uning nomidan jo‘natish joyi
bojxonasida yukni XYT tartibiga joylashtirish maqsadida XYT kitobchasi
ko‘rinishida bojxona deklaratsiyasi topshirilgan shaxsni anglatadi. U
jo‘natish joyi bojxonasida, oraliq bojxonada va belgilangan joyi bojxonasida
yo‘l transport vositasi, transport vositalari tarkibi yoki yuk va ularga
tegishli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan konteynerlarni taqdim etish uchun va
Konvensiyaning boshqa tegishli qoidalariga tegishli ravishda rioya qilinishi
uchun javobgar hisoblanadi;
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
p)
"og‘ir vaznli yoki katta hajmli yuklar" atamasi vazni, o‘lchamlari yoki
tabiati tufayli yopiq yo‘l transport vositasida yoki yopiq konteynerda tashib
Do'stlaringiz bilan baham: |