tomonlarning nomidan ular tomonidan o‘tkaziluvchi qo‘shimcha inspeksiyalarga va
auditorlik tekshiruvlarga har doim ko‘maklashadi;
q)
o) bandostida zikr etilgan hisobotlarni va hisoblarni har yillik auditorlik tekshiruvi
o‘tkazilishi uchun mustaqil tashqi auditorni yonlaydi. Tashqi audit Xalqaro auditorlik
standartlari (ISA) bilan muvofiqlikda o‘tkaziladi, va bunday auditorlik tekshiruvi natijasi
bo‘lib Ma’muriy qo‘mitaga yo‘naltiriluvchi yillik auditorlik hisoboti va xizmat xati bo‘lishi
kerak".
3. Xalqaro tashkilot kafolat birlashmasi tomonidan muvofiq qiymatlarni to‘lash
to‘g‘risida talabga nisbatan xabardor etilishining shunday holatida, u uch oylik (3) davr
mobaynida ushbu talabga nisbatan o‘z o‘rni haqida kafolat birlashmasini xabardor qilishi
kerak.
4. Konvensiya doirasida xalqaro tashkilot tomonidan bevosita yoki bilvosita yo‘l bilan
olinuvchi va o‘zining xarakteri bo‘yicha maxfiy hisoblanuvchi yoki maxfiy asosda taqdim
etiluvchi har qanday ma’lumot professional sirni oshkor qilmaslik haqidagi majburiyatlar
ostida bo‘ladi va tijorat yoki har qanday boshqa maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin emas,
ushbu ma’lumot taqdim etilgan yoki uni taqdim etgan shaxs yoki organning bunga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsatisiz har qanday uchinchi tomon bilan oshkor etilishidan tashqari.
Shunga qaramasdan, bunday ma’lumot milliy yoki xalqaro huquq qoidalari muvofiq
vakolatlar yoki majburiyatlar bilan o‘rnatilgan yoki sudda ishlarni ma’lum tartibda
ko‘rish munosabati holatlarida mazkur Konvensiyaning Ahdlashuvchi tomonlarining
vakolatli organlari ruxsatisiz uzatilishi mumkin. Ma’lumotni oshkor qilish yoki uni
uzatish axborotlarni himoyalash to‘g‘risidagi amaldagi qoidalar bilan qat’iy muvofiqlikda
Do'stlaringiz bilan baham: |