Tish kertish dastgohlari strukturasi va kinematikasi


RDB tish kertish dastgohlari


Download 196.03 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi196.03 Kb.
#1012249
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza-7 (4 c) (1)

RDB tish kertish dastgohlari

Tish kertish dastgohlarini va tish kertishni takomillashtirishdagi asosiy talab sikldagi ish unumi Qs ni oshirishdan iborat.


Sikldagi ish unumi Qs ni oshirish RDB tish kertish dastgohlarda o‘z echimini topgan. RDB tish kertish dastgohlarining o‘ziga xos xususiyati ularda har bir shakllantirish harakatlarini amalga oshirish uchun mustoqil ishlaydigan avtomatik yuritmalar qo‘llaniladi (7.06-rasm). Bu dastgohda kertgich va zagotovkaning (aylanib o‘tish zanjiri) aylanish chastotalari elektron muvofiqlashtirilgan. Shu tufayli aylanib o‘tish zanjiri iobk ni sozlash organiga zarurat qolmaydi.





7.06-rasm. LORENZ firmasining LS422 modelli RDB tish kertish
yarimavtomatining kinematik strukturasi

Shuni qayd etish zarurki, kertgich va zagotovkaning aylanib o‘tish shartidan topilgan aylanish chastotalari elektron aloqa sistemasi bilan muvofiqlashtiriladi. Tish kertish dastgohlarida elektron uzatmalarni qo‘llanishi kinematik zanjirlarni sozlash vaqtini, binobarin, tayyorlash-yakunlanish vaqtini jiddiy qisqartirish bilan bir qatorda aylanib o‘tish zanjiridagi mexanik uzatmalarni minimumgacha kamaytirish hisobiga aniqlik parametrlarini ham oshiradi. Dastgohni tayyorlash jiddiy soddalashadi.


RDB tish kertish dastgohini sozlash elektron uzatmalar yuritmasining aylanish chastotalarini dasturlashdan iborat. Yuritmalarning aylanish chastotalari ularni mos bajarish (ijro etish) organlarining siljish tezliklari bilan muvofiqlashtirish shartidan aniqlanadi.


Nazorat uchun savollar



  1. Tish ishlash dastgohlarida tishli g‘ildirak tishlariga ishlov berish usullari.

  2. Tish kertish dastgohlarining kinematik strukturasi.

  3. Tish kertish dastgohining asosiy harakat kinematik zanjirini sozlash.

  4. Tish kertish dastgohining aylanib o‘tish kinematik zanjirini sozlash.

  5. Tish kertish dastgohining aylana surish kinematik zanjirini sozlash.

  6. Tish kertish dastgohining radial surish kinematik zanjirini sozlash.

  7. Tish kertish dastgohida shevron g‘ildirak tishlariga ishlov berish sxemasi.

  8. RDB tish kertish dastgohlari.

Download 196.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling