Title of your Presentation
-ить: золотить, метанить, утюжить, румянить, синить, белить; -ировать
Download 1.84 Mb.
|
ppt ready1111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirkumfiksasiya
- III-BOB. YENGIL SANOAT LEKSIKASINING MILLIY-MADANIY O‘ZIGA XOSLIGI Omil
-ить: золотить, метанить, утюжить, румянить, синить, белить;
-ировать: активировать, гранулировать, декорировать, замаскировать, запроектировать; Sirkumfiksasiya. Yengil sanoat sohasi leksikasi tarkibida bir vaqtning o‘ziga ham prefiks, ham suffiks, ya’ni sirkumfiks, qo‘shish orqali hosil qiligan so‘zlar mavjudligi aniqlandi. Ingl. tilida: Ot so‘z turkumi: over-+-ing: overcoating; ex- + -tion: exfoliation; en- + -ing: engraving; Sifat so‘z turkumi: de- + -ed: degreased, degummed, delustered, detwisted; dis- + -ed: discolored; Fe’l so‘z turkumi: inter- + -ed: interlaced, interlocked; re- + -ed: reclaimed, regenerated, reprocessed. O‘zb. tilida: Ot so‘z turkumi: bio-+-a: biomexanika; be-+-lik: beandozalik. Sifat so‘z turkumi: ser-+-q: serbo‘yoq, seryamoq. Rus tilida: Ot so‘z turkumi: От сўз туркуми: без- +-к-: безрукавка, бескозырка; на- + -ник: нагрудник, нарукавник, надомник, налобник, наперник; под- + -ник: подворотник, подигольник Umuman olganda, ingliz, o‘zbek va rus tillarida yengil sanoat so‘zlarining leksik-grammatik xususiyatlari, bir tomondan, ushbu tillarning umumiy leksik-grammatik qonuniyatlari bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, har bir tilning grammatik o‘ziga xosligi uning yengil sanoat leksik qatlamidagi o‘ziga xoslikda namoyon bo‘ladi. 18 §3.1 Yengil sanoat leksikasining lingvomadaniy xususiyatlarini belgilovchi omillar Yengil sanoat leksikasining milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganish til birliklarining lingvomadaniy tadqiq omillari masalasini yuzaga keltiradi. III-BOB. YENGIL SANOAT LEKSIKASINING MILLIY-MADANIY O‘ZIGA XOSLIGI Omil so‘zi arabcha “sabab; ta’sirchan kuch”dan olingan bo‘lib, uning ma’nosi A.Madvaliyev tahriri ostidagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “Ish-harakat, voqea-hodisa va sh.k.ning yuzaga chiqishi, sodir bo‘lishi uchun sabab bo‘lgan narsa; sabab” deb belgilanadi. Lingvistik adabiyotlarda omil atamasiga sinonim sifatida faktor so‘zi ham qo‘llaniladi. Masalan, ingliz tilidagi yengil sanoatga oid “macintosh” so‘zining ma’nosi “nam o‘tkazmaydigan yengil palto” degan ma’noni bildiradi. Bu so‘z ostida ingliz xalqi yengil sanoat madaniyatiga xos bo‘lgan milliy kiyim turi yotadi. XIX asr boshlarida Charlz Makintosh kashf etgan ushbu mato keyinchalik uning sharafiga makintosh nomi bilan atala boshlanadi. Masalan, o‘zbek tilidagi adras so‘zini oladigan bo‘lsak, “-u oq mato, yo‘l-yo‘l gulli mato” ya’ni “o‘rishi ipak, arqog‘i esa ipdan bo‘lgan, atlasga o‘xshash, ammo qalinroq maxalliy gazlama”ni anglatadi. Bu esa, o‘z navbatida, faqat o‘zbek yengil sanoatida uchraydigan milliy-madaniy mahsulotdir. Olacha so‘zi-“ingichka yo‘lli, odatda, paxta ipidan, ba’zan ip va ipakdan to‘qiladigan mato”ni bildiradi. Bunda ham bevosita o‘zbek yengil sanoat ishlab chiqarishiga xarakterli milliy mato turini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, rus tilidagi воротник so‘zi yengil sanoatga oid bo‘lib, qadimgi ruscha “ворот” (aylantirish, aylanish) so‘zidan kelib chiqqan, “ворота” yoki “вход” (kirish) degan ma’noni anglatadi. Qadimda ruslarning kiyimida tikilgan yoqalar bo‘lmagan, shuning uchun odamlar bo‘yniga mato bo‘lagini o‘rab, tomog‘iga o‘rab yoki va bog‘lab qo‘yishgan. Rossiyada воротник atamasi XVII-asrda tikilgan yoqali kiyimning Yevropa modellari Rossiyada keng tarqalishi munosabati bilan qo‘llanila boshlandi. Rossiyada ular воротнички deb nomlangan va ko‘pincha kashtado‘zlik, krujeva yoki marvarid tugmalari bilan bezatilgan. Shunday qilib, воротник so‘zi rus lingvomadaniyatida moda va tikuvchilik texnologiyasining rivojlanishi natijasida paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan yoqalar ko‘pchilik kiyim turlarida, jumladan, ko‘ylaklar, bluzkalar, kurtkalar va paltolarda standart elementga aylandi. Ingliz, o‘zbek va rus tillarida yengil sanoat leksikasining lingvomadaniy xususiyatlari muayyan omillar bilan shartlanadi. Bunday omillar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: qadimiylik omili; tarmoq sohalarining rivojlanganlik darajasi omili; madaniyatlarning bir biriga o‘tishi omili; etnomadaniy realiyalar ifodasi omili (qadriyatlar omili); siyosiy omil; va boshq. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling