Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet31/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Interpolyatsiya
. Interpolyatsiyalashda diskretlash chastotasi N martaga
oshirish kerak, ya’ni mavjud qiymatlar orasidagi bo‘shliqlarni yangilari bilan
to‘ldiriladi. N butun son bilan vazifa qiyin bo‘lmaydi, kasr son bilan vazifa ancha
murakkablashadi. Ushbu muammoning har qanday yechimida interpolyatsiya
matematik yaqinlashuv usullari yordamida amalga oshirilishi kerak. Sonli usullar va
interpolyatsiya formulalari yordamida hal qilingan interpolyatsiya masalalari
algebraik polinomlar ko‘rinishida signallarni yoki ularning segmentlarini
approksimatsiya va aks ettirishda yanada murakkab matematik protseduralarni talab
qiladi [9, 10].
Interpolyatsiyalashda diskretlash chastotasi N martaga oshirish kerak, ya’ni
mavjud qiymatlar orasidagi bo‘shliqlarni yangilari bilan to‘ldiriladi. N butun son
bilan vazifa qiyin bo‘lmaydi, kasr son bilan vazifa ancha murakkablashadi. Ushbu


52
muammoning har qanday yechimida interpolyatsiya matematik yaqinlashuv usullari


yordamida amalga oshirilishi kerak. Sonli usullar va interpolyatsiya formulalari
yordamida hal qilingan interpolyatsiya masalalari algebraik polinomlar ko‘rinishida
signallarni yoki ularning segmentlarini approksimatsiya va aks ettirishda yanada
murakkab matematik protseduralarni talab qiladi.
To‘liq bo‘lmagan N qiymati uchun diskretlash chastotasini o‘zgartirishning
umumiy tartibi qayta diskretlashdir.
Qayta diskretlash
– bu interpolyatsiya va detsimatsiya kombinatsiyasidir.
Dastlabki diskretlash chastotasini P/Q ga ko‘paytirilishi kerak bo‘lgan
variantni ko‘rib chiqamiz, bu holda P ning qiymati Q dan kichik, ya’ni kasr
koeffitsiyenti bilan detsimatsiyaning umumiy vazifasi qo‘yiladi. Bunday holda,
avval P-koeffitsiyent interpolyatsiya qilinadi, so‘ngra Q-koeffitsiyent detsimatsiya
amalga oshiriladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, Naykvist qoidasi bilan bog‘liq
buzilishlarning oldini olish uchun raqamli signal avval RAO‘ orqali, so‘ngra past
chastotali silliqlash filtri qo‘llanilishi kerak va keyin Q-koeffitsiyent bilan miqdori
aniqlanadi [16].
Ushbu harakatlar raqamli filtrlar yoki signal protsessor dasturlari yordamida
amalga oshirilishi mumkin. Real vaqt rejimidagi ba’zi bir tizimlarda, kasrli
koeffitsiyentli asosida diskretlash chastotasini o‘zgartirish zarur bo‘lsa, raqamli
signal analog shaklga o‘tkaziladi, agar kerak bo‘lsa filtrlanadi, keyin ema diskretlash
va kvantlash protsedurasi belgilangan chastotada amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, diskretlash chastotasini o‘zgartirish tartibi ko‘pincha
signallarni yuqori tezkorlikdagi qayta ishlash asosidagi aloqa va ma’lumotlarni
uzatish tizimlarida qo‘llaniladi, ya’ni turli xil diskretlash chastotasi asosida
signallarga ko‘p kanalli ishlov berish.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling