Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


 Signallarni interpolyatsiya va detsimatsiyalash


Download 450.29 Kb.
bet30/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

3.4. Signallarni interpolyatsiya va detsimatsiyalash
Diskretlash chastotasini o‘zgartirish. 
Turli xil signallarga raqamli ishlov
berish vazifalarini hal qilishda signallarni diskretlash chastotasini oshirish yoki
kamaytirish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayon ko‘pincha ma’lumotlarni saqlash yoki
uzatishda talab qilinadi. Saqlashda bu muammo kompakt disklar formatlari
(diskretlash chastotasi 44,1 kGs) va R-DAT (Rotating-head Digital Audio Tape)
raqamli yozuvlari (diskretlash chastotasi 48 kGs) o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lganda
paydo bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatishda Naykvist chastotasidan jiddiy og‘ishlar (u
yoki bu tomonga) ma’lumotlar buzilishiga yoki aloqa kanalining to‘lib qolishiga olib
kelishi mumkin [2, 3, 6, 8].
Ko‘pincha diskretlash chastotasining koeffitsiyentlari butun son emas. Ushbu
koeffitsiyentning qiymatiga qarab, diskretlash chastotasini o‘zgartirishning quyidagi
usullari mavjud.
1.
Interpolyatsiya
– diskretlash chastotasini butun songa oshirish.
2.
Detsimatsiya
(qisqartirish) – diskretlash chastotasini butun songa
kamaytirish.
3.
Qayta diskretlash
– diskretlash chastotasini ixtiyoriy (ko‘pincha kasrli)
marta o‘zgartirish.
Diskretlash chastotasini o‘zgartirishda signalni dastlabki interpolyatsiya
detsimatsiyalash talab qiladi. Diskretlash chastotasini oshirish va pasaytirish mavjud


51
ketma-ket tartibdagi signal qiymatlariga o‘zgartirish bilan bog‘liq. Diskretlash


chastotasini oshirish orqali signal tarkibiga yangi qiymatlar qo‘shiladi, diskretlash
chastotasini pasaytirganda esa qiymatlar soni kamayadi.
Detsimatsiya
(qisqartirish). Diskretlash chastotasini N marta kamaytirish
uchun har bir N-chi qiymatni dastlabki signal ketma-ketlikdan olish kifoya. Ammo,
agar dastlabki signal spektri tarkibida yangi diskretlash chastotasining yarmidan
kattaroq chastotalarni qamrab olsa (yangi Naykvist chastotasi), bu chiqish signali
spektri tarkibida soxta chastota komponentlarining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Signaldagi soxta tarkibiy qismlarning paydo bo‘lish holatini oldini olish uchun
haqiqiy signallarning spektrini cheklashning dastlabki protsedurasi talab qilinadi,
ya’ni cheklash chastotasi Naykvist chastotasiga teng bo‘lgan past chastotali filtrdan
foydalanish [9].
Buning uchun rekursiv bo‘lmagan (FIR-filtr) past chastotali filmtridan
foydalanish samaraliroqdir. Shundan so‘ng, har bir kerakli N-chi qiymatni chiqarib
tashlash orqali diskretlash chastotasini pasaytrish mumkin. Agar N butun son bo‘lsa
qiymatni olib tashlash jarayoni qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo, agar N kasr son
bo‘lsa, ya’ni diskretlash chastotasi 1,5 baravar kamaytirish kerak bo‘lsa, vazifa
ancha murakkablashadi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling