Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi


Download 49.34 Kb.
bet4/12
Sana19.09.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1681368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
tizimli tahlilning umumiy prinsiplari va rivojlanishi (2)kkkkk

Amaliy tizimli tahlilning ko’nikmalari.
Muammoni mohiyatini ochib berish; muammoni echishning me’zonlari va ustuvor tomonlarini aniqlash;
Aniqlangan me’zonlarga to’liq mos keluvchi muammoning echimini ishlab chiqish.
Tizimli tahlil quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:

  • masalani qo’yilishi;

  • muammo tadqiqoti;

  • dastlabki muhokama (kelishuv);

  • tasdiqlash(tajribaviy tekshirish);

  • oxirgi muhokama;

  • qabul qilingan muhokamani amalga oshirish.

Tizim tahlilini ba’zi bir bosqichlarini batafsil ko’rib chiqamiz:
1-bosqich. Muammo tahlili. Tizimli tadqiqot muammoning dolzarbligini aniqlashdan boshlanadi. Muammo bu echimni talab qiluvchi holat. Odatda muammo haqiqiy holatdan bashorat qilinadigan holatga og’ishda paydo bo’ladi. Ko’pincha muammolar xayolan bo’lib chiqishi mumkin, shuning uchun qimmat tizimli tadqiqotni o’tkazishni asoslab berish kerak bo’ladi. Muammoni tahlil qila turib quyidagilarga diqqatni qaratish kerak bo’ladi:

  • Muammoni topish;

  • Muammoni aniq shakllantirish;

  • Muammo strukturasini tahlili;

  • Muammoni rivojlanishini tahlili;

  • Tadqiqot olib borilayotgan muammo bilan bog’liq, hamda echimga ega bo’lishi uchun ularni inobatga olinishi kerak bo’lgan muammoni topish; - Muammoni echilishi imkoniyatini aniqlash.

Muammoni dolzarbligini tasdiqlagandan so’ng tadqiqot maqsadi shakllantiriladi. SHunda tadqiqot natijasida biz nimani olishni xohlaymiz degan savol tug’iladi. Masalan, korxona faoliyatini samaradorligini va daromadini 10% oshirish kerak va h.k. Hamma keyingi harakatlar qo’yilgan maqsadga qarab aniqlanadi. Buni ko’rib chiqamiz. SHubhasiz, maqsaddan kelib chiqqan holda bitta ob’ekt turli usullar bilan tavsiflangan bo’lishi mumkin. Masalan, ekolog daraxtni biosintez elementidek tavsifladi, duradgor esa uni taxtachalarga arralab tashlash mumkinligi nuqtai nazaridan qarab chiqadi. Agar bir guruh ishtirokchilarni yugurish yoki qandaydir bayram qatnashchilari sifatida qarasak, u holda ularning ko’rsatkichlari (parametrlari) tubdan farq qiladi. Sport bellashuvlari uchun kuch va chidamlilik xarakteristkasi, bayram uchun esa qo’shiq aytish, o’ynash qobiliyati muhim. Bir xil insonlar turli ro’yxatlarda umuman o’zlariga o’xshamagan bo’lishadi.
2-bosqich. Tizimni aniqlash. Tizimli tadqiqotning keyingi qadami so’zalashuv tilidagi ob’ekt tavsifi shaklida tashkil topgan. Ayrim hollarda tizim tadqiqot ob’ektini aniqlash ekspert uchun tizimni tashqi muhitdan cheklashdek katta bo’lmagan qiyinchilikni tug’dirishi mumkin. Tizimni aniqlash bosqichma – bosqich amalga oshirilishi kerak:

Avvalo ob’ektni atrof muhitdan cheklab olish zarur. Bu ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tizimlarni o’rganishda muhim.

Download 49.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling