2.Tizimli tahlil tamoyillari
Tizimli tahlil tamoyillari – bu insonning murakkab tizimlar bilan ishlash tajribasi umumlashmasi bo’lgan umumiy xususiyatdagi ayrim holatlardir. Turli mualliflar tamoyillarni muayyan farqlar bilan bayon qiladilar, chunki hozirgi vaqtda umumqabul qilingan ta’riflar mavjud emas. Ammo barcha ta’riflar u yoki bu tarzda aynan bir hil tushunchalarni tasvirlaydilar.
Quyidagi tamoyillar: yakuniy maqsad tamoyili, o’lchash tamoyili, ekvifinallik tamoyili, yaxlitlik tamoyili, bog’liqlik tamoyili, modulli tuzilish tamoyili, ierarxiya tamoyili, funksionallik tamoyili, rivojlanish (tarixiylik, ochiqlik) tamoyili, markaz tasarrufidan chiqarish tamoyili, mavhumlik tamoyili tizimli tahlilga mansub hisoblanadi.
YAkuniy maqsad tamoyili. Bu yakuniy (global) maqsadning mutlaq ustuvorligidir. Bu tamoyil quyidagi bir qator qoidalarga ega:
Tizimli tahlilni amalga oshirish uchun birinchi navbatda tadqiqot maqsadini shakllantirish lozim, yarim chala, to’liq belgilanmagan maqsadlar noto’g’ri xulosalarga olib keladi;
Tahlilni tadqiq qilinayotgan tizimning asosiy maqsadini (funksiyalarini, asosiy vazifalarini) birinchi navbatda aniqlab olish asosida olib borish lozim, bu esa uning eng asosiiy xossalarini, sifat ko’rsatkichlarini va baholash mezonlarini aniqlashga imkon beradi;
Tizimlarni umumlashtirishdagi har qanday o’zgartirishga yoki takomillashtirishga urinish bu yakuniy maqsadga erishishga yordam berishi yoki halal berishidan kelib chiqish lozim;
Sun’iy tizimning faoliyat ko’rsatish maqsadi odatda tadqiq qilinayotgan tizimning asosiy tizimi bilan belgilanadi.
O’lchash tamoyili. Qandaydir tizimning faoliyat ko’rsatish sifati borasida odatda bir muncha yuqori tartibga ega bo’lgan tizimga nisbatan xulosa chiqarish mumkin. Boshqacha so’zlar bilan aytganda tizim faoliyat ko’rsatishi samaradorligini aniqlash uchun uni yanada umumiyroq tizimning bir qismi sifatida tasavvur qilish tadqiq qilinayotgan tizimning tashqi xossalarini baholashni katta (super) tizim maqsadlari va vazifalariga nisbatan amalga oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |