Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi


Ekvifinallik (o’zgaruvchanlik) tamoyili


Download 49.34 Kb.
bet9/12
Sana19.09.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1681368
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
tizimli tahlilning umumiy prinsiplari va rivojlanishi (2)kkkkk

Ekvifinallik (o’zgaruvchanlik) tamoyili. Tizim turli boshlang’ich sharoitlarda turlicha yo’llar bilan vaqtga bog’liq bo’lmagan holda faqat o’z xossalari bilan belgilanuvchi talab qilinayotgan yakuniy holatga erishishi mumkin.
Bu boshlang’ich va chegaradagi sharoitlarga nisbatan barqarorlik shaklidir.
YAxlitlik tamoyili. Bu yaxlitlik sifatida va qismlar (unsurlar) majmui sifatidagi tizimni birlikda ko’rib chiqishdir. Mazkur tamoyil tizim “ichiga nazar solishga”, tizim to’g’risidagi tasavvurlar yaxlitligini saqlab qolgan holda uni parchalab ko’rishga asoslangandir.
Bog’liqlik tamoyili. Har qanday qismni uning atrofdagi narsalar bilan bog’liqlikda ko’rib chiqish tizim unsurlari o’rtasidagi bog’liqliklarni aniqlash hamda tashqi muhit bilan bog’liqliklarni aniqlashni (tashqi muhitni hisobga olishni) amalga oshirishni ko’zda tutadi. Ushbu tamoyilga mos tarzda tizimni, birinchi navbatda, supertizim yoki katta tizim deb atalmish boshqa tizimning bir qismi (unsuri, tizimchasi) sifatida ko’rib chiqish zarur.
Modulli barpo etish tamoyili. Tizimda modullarni ajratib olishni amalga oshirish hamda tizimni modullar majmui sifatida ko’rib chiqish foydalidir. Ushbu tamoyil tizimning bir qismi o’rniga unga kiruvchi va chiquvchi ta’sirlar majmuini tadqiq qilish (ortiqcha batafsillashtirishdan qochish) imkoniyatini ko’rsatib beradi.
Ierarxiya tamoyili. Qismlarni ierarxiyaga ajratish va ularni darajalarga taqsimlash foydalidir. Bu tizimni ishlab chiqishni osonlashtiradi hamda qismlarni ko’rib chiqish tartibini o’rnatadi.
Funksionallik tamoyili. Tuzilma va funksiyani tuzilma ustidan funksiyani ustuvorroq holda birgalikda ko’rib chiqishdan iboratdir. Bu tamoyil har qanday tuzilma tizim funksiyasi va uning qismlari bilan chambarchas bog’liq ekanligini tasdiqlaydi. Tizimga yangi funksiyalar berilgan holatda yangi funksiyani eski sxemaga tiqishtirishga urinmasdan tizimning tuzilmasini qayta ko’rib chiqish foydalidir. Bajarilayotgan funksiyalar jarayonlarni tashkil etishi sababli jarayonlar, funksiyalar, tuzilmalarni alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. O’z navbatida, jarayonlar quyidagi turli ko’rinishdagi oqimlarni tahlil qilishga olib keladi:

  • moddiy oqim;

  • quvvat oqimi;  axborot oqimi;

  • holatlar almashuvi.

Bu nuqtai nazardan tuzilma makon va zamondagi oqimlarga ko’plab cheklanishlardan iboratdir.

Download 49.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling