Тођ жинслари


Download 375.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi375.82 Kb.
#220513
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
umumiy geologiya

44 

 

tog’  jinslarini  brekchiyalanishi,  darzliklanishi  va  qat-

qatlanishi,  uzilma  chiziqlari  zonasida  ishqalanish 

joylanishlarini  va  milonitlarni  bo’lishi;  uzib  tashlagich 

bo’ylab, chizig’i bo’ylab buloq suvlarini chiqib turishi. 

CHuqur  uziqlar:  /sinklinar/  uzilmalar,  kuchli 

burmalanish  va  darzliklanish  uchraydigan  uzun  zona 

bo’lib  ularni  kengligi  10  km.gacha  etadi.  Ular  uchun 

uzoq masofaga yo’nalishi; katta chuqurlikka kirib borish 

uzoq  vaqtgacha  taraqqiy  etishlik  xarakterlidir.  Bunday 

zonalarda  effuziv  va  intruziv,  shuningdek  tomirli  jinslar 

uchraydi. 

Ular  odatda  geosinklinal  oblastlarida  aks  uzilma  va 

platformmalarda esa uzilma tuzulishida bo’ladilar. 

O’quvchilar yuqoridagi temalarni o’zlashtirgandan 

so’ng,  o’qituvchi  burmalarni  va  uzilmachanlik 

harakatini kon ishidagi ahamiyati to’g’rida tushuntirish 

olib boradi. 

 

QATLAMLARNI MOSLANMASDAN YOTISHLARI 



Moslanmasdan 

yotishlarning 

asosiy 

turlari: 

stratigrafik, parallel va burchak moslanmasliklari. 

Moslanmaslikni geologik xaritalardagi belgilari: 

a/  parallel  moslanmasliklarda:  qadimgi  qavatlarni 

ustki  qismida,  oraliq  yoshdagi  jinslarni  tushib  qolgani 

taqdirda  ancha  yosh  qavatlarni  yotishi;  gorizontal 

relefdagi  ancha  yosh  va  ancha  qadimgi  qatlamlarning 




chegarasi bitta moslanmagan chegaraga parallel bo’lishi; 

past  releflar  ancha  qadimgi,  balandliklarda  esa  yosh 

qatlamlarni yotishi. 

b/  burchak  yoki  struktura  moslanmasliklarda:  yosh 

gorizontal  yotgan  qatlam  qavatlarini  ustida  ancha 

qadimgi  jinslarni  yotishi,  shuningdek  uni  kesuvchi 

uzilmachanlik  darzliklarda  oraliq  yoshdagi  qatlam  tushib 

qolgan  taqdirda  ham  magmatik  jins  tanasining  bo’lishi; 

tog’  jins  qavatlarini  chegarasini,  uzilma  chiziqlarini  va 

magmatik  jins  tanalarini  konturini  yosh  qoplab  yotgan 

qavatlar  chegarasida  uzilib  qolishi;  ancha  yosh 

qatlamlarda  uning  chegarasi  moslanmagan  yuzaga  va 

relef  gorizontallariga  parallel  bo’lishi;  ancha  qadimgi 

burmachanlikka duchor bo’lgan  

                              

45 

qavatlarni  chegarasini  esa  relef  gorizontallari  bilan  kesib 

o’tilishi, 

bitta 


quyi 

bazalt 


qatlamni 

qadimgi 


yotqiziqlarning  turli  qavatlarida  yotishi;  qatlamning 

azimutlarini  va  qiyalik  burchaklarini  yosh  va  ancha 

qadimgi  qatlamlarda  bir-birlariga  to’g’ri  kelmasliklari; 

burmachanlikka  duchor  bo’lgan  qadimgi  yot  qiziqlarni 

past joylarda, yoshlarini esa balandlikda uchradi. 

v/  joylardagi  moslanmaslik  belgilari:  ancha  yosh  va 

ancha  qadimgi  qavatlardagi  jinslarni  ranglarni  va 

mineralogik  tarkiblarini  turli  va  ularni  moslanmaslik  yuza 

ajratib turishi; tekis bo’lmagan, ba’zan cho’ntaksimon 

moslanmaslik 

yuza 

chegarasini 



aniq 

bo’lishi; 

moslanmagan yuzadagi qadimgi qavatlarda oldin nuragan 

jinslar  yuzalarini  bo’lishi,  qadimgi  qavatlarni  ancha 

zichlangan  bo’lishi;  yosh  qavatlarning  tagida  bazalt 

konglamerat  yotishi,  yosh  qavatlardagi  qat-qatligi 

moslanmagan  yuzaga  parallel  bo’lib  ancha  yosh 

qavatlardagi balandda, qarilari esa past releflarda uchradi, 

burchakli struktura moslanmasliklarda moslanmagan yuza 

qadimgi qavat burmalarni va ularni kesuvchi uziqlarini va 

magmatik  tanalarini  ham  ksishi,  qatlam  chegaralarini 

yo’qotishi,  yosh  qavatdagi  bazalt  qatlamini  tepasida 

bo’lishi,  ancha  yosh  va  qadimgi  qavatlarning  azimutlari 

va tushish burchaklarini bir-birlaridan farq qilishi xosdir. 

 

MAGMATIK JINSLARNING YOTISH SHAKLLARI 



Intruziv  jinslarning  yotish  shakllariga  qarab  kesuvchi 

va  moslangan  bo’ladi.  Kesuvchanlariga  batsliglar, 

garpolitlar,  shtoklar,  magmatik  diapirlar  va  daykalar, 



moslanganlariga  esa  lakkolitlar,  lopolitlar,  fakolitlar  va 

intruziv uyumlar /sillar/ kiradi. Effuziv jinslarning joylanish 

formalariga qoplamlar, oqinlar va nekklar xosdir. 

O’quvchilar  magmatik  tog’  jinslarining  asosiy 

shakllarini  planda  va  kesmada  ko’rsatilishi,  shuningdek 

intruziv  va  effuziv  jinslarni  geologik  xaritalarda  bo’lishi 

va  indeksatsiyasi  va  magmatik  jinslarni  geologik  nisbiy 

yoshini aniqlash bilan tanishadilar. 

 

 

46 



 

Magmatik  jins  shakllarini  geologik  xaritalardagi 

belgilar:  kesuvchan  intruzivlarda  noto’g’ri  shaklli  katta 

bo’lgan  o’ralgan  chegarasini  bo’lishi;  chegarani 

ichidagi  aniq  bo’yoq  va  maxsus  shtrixlarni  va  grek 

alfavitidagi  harf  indekslarini  borligi;  bu  chegarani  tashqi 

tomonida  siyrak  nuqta  oreollarini  borligi,  cho’kindi  jins 

qatlamlarini  intruziv  va  tomir  jinslar  bilan  kesishganligi, 

intruziv  qavatini  va  effuziv  qatlamlarning  chegaralarining 

cho’kindi  jinslar  chegaralari  bilan  parallel  bo’lishi; 

kesuvchan  intruziyalarni  faqat  tog’lik  o’lkalarda 

uchrashi. 

Magmatik jinslarning joylardagi belgilari: 

a/  Intruziv  jinslar  joylarda  jins  formalarini  yaqqol 

ko’rinishi,  va  uncha  katta  bo’lmasligi,  yaxlit,  aniq 

kristallangan,  ularni  tashkil  qilgan  jinslarni  katta 

qattiqlikka  ega  bo’lishi;  bir-biriga  uch  tomondan  tik 

bo’lgan yoriqlar sistemasi bo’lishi; ba’zan xol-xol ruda 

minerallari uchraydigan kvarts yoki kaltsitning katta-kichik 

tomirlarini  borligi;  intruziv  chetlarida  boshqa  yot  jins 

bo’laklarini  bo’lishi;  yon-atrofdagi  cho’kindi  jinslarda 

kontakt  o’zgarishini  uchrashi;  kontakt  zonalaridagi  yon-

atrof  jinslarda  yoriqlanish  va  bo’laklanishi  kuchli  daraja 

bo’lishi;  yon-atrofdagi  jinslarni  qat-qatligiga  nisbatan 

magmatik jinslarni kesuvchan holatda bo’lishi; 

b/  Effuziv  jinslar:  effuziv  jinslarning  qatlamsimon 

forma  va  yon-atrofdagi  jinslar  bilan  moslangan 

joylanishda 

bo’lishi; 

tag 


qismida 

kontakt 


o’zgarishlarning  bilinar-bilinmas  izlar  va  yuqori  –  tom 

qismida  esa  sovuq  kontakt  va  nurash  protsesslarining 

bo’lganlik  alomatlarini  bo’lishi;  to’la  kristallanmagan 

tuzilishni, g’ovaklarni, bodom, sharsimon va usdunsimon 

ajraklikka borligi. 

 



 STRATIGRAFIK USTUN VA GEOLOGIK KESIMLAR. 

O’rta-katta  masshtabdagi  va  aniq  geologiya  xarita 

planlarining  barchasini  stratigrafik  ustun  va  kesmalari 

boladi  ustunlarda  shartli  belgilar  bilan  xaritada 

ko’rsatilgan territoriyalari barcha tog’ jinslari yoshlariga 

qarab ko’rsatilgan bo’ladi.  

 

47 

Intruziv  tog’  jinslari  kolonkada  ko’rsatilmaydi. 

Kolonkaning  chap  tomoni  tog’  jinslarining  yoshlari  va 

inteleksi,  o’ngda  tog’  jinsining  qalinligi,  tarkibi  va 

qatlamlarda  toshga  aylanib  qolgan  hayvonlarning 

qoldiklari  ko’rsatilgan  bo’ladi.  Xaritaning  masshtabi 

turli  bo’lishi  mumkin.  Ustunrning  umumiybalandligi  40-

50  sm.dan  ko’p  bo’lmasligi  kerak.  O’zgaruvchan 

qalinlikda  qatlamlarning  o’rtacha  qalinligi  olinadi. 

Moslangan  kontaktlar  ustundada  to’g’ri  chiziq  bilan, 

moslanmaganlari esa to’lqinsimon chiziq bilan, qadimgi 

jinslar  ustunning  quyi  qismida,  yoshlari  esa  uning  yuqori 

qismida joylashgan bo’ladi 

Stratigrafik ustunni tuzish usullari. 

Ustun    va  kesmada  tog’  jinslarining  formalari, 

joylanishlari,  ularni  chegaralari,  jinslarning  litologik 

tarkiblari,  qo’llanma  hayvonlarning  formalari,  magmatik 

tog’  jinslari  va  ularning  shartli  belgilari  ko’rsatilgan 

bo’lishi kerak. 

Gelogik kesmalar: tog’ jinslarining yer qobig’ining 

faraz  qilingan  vertikal  chegarasi  tushirilgan  rasmidir. 

Ularni  parma  quduqlari,  geofizik  yoki  boshqa  materiallar 

asosida  geologik  xarita  bo’yicha  tuziladi.  Kesma  va 

xaritani  masshtabi  bir  xil  bo’lishi  kerak.  Odatda  gelogik 

xarita,  stratigrafik  ustun  va  gelogik  kesma  bitta  listda 

bo’ladilar.  Xarita  uninsh  o’rtasida  joylashtiriladi. 

Xaritaning  nomi,  tuzilgan  yili  va  chiziqli  masshtabi  uning 

shimol  qismida  ko’rsatiladi.  Xarita  tuzuvchining  nomi 

katta  ramkasining  tagida,  uning  g’arbiy  qismining  chap 

tomonida  stratigrafik  ustun,  sharqda  esa  shartli  belgilar 

ko’rsatiladi.  Geologik  kesmalar  janubiy  ramka  ostiga 

tushirilgan bo’ladi, xarita va stratigrafik ustundagi tog’ 

jinslarining indeksi bir xil bo’lishi shart. 

 

GELOGIK XARITALARDAGI SHARTLI BELGILAR. 



Gelogik xaritalardagi tog’ jinslarining tarkibini, hosil 

bo’lgan vaqtini va joylanish sharoitini ko’rsatish uchun 

shartli  belgilar  qo’llaniladi.  Ular  rangli,  harfli,  raqamli 



bo’lishi mumkin yoki alohida shtrixlar bilan ko’rsatiladi. 

Har  qaysi  sistema  ma’lum  rangda  hamda  harfli  indeks 

bilan belgilanishi mumkin. Ular ushbu  

 

48 

qo’llanmani «Geoxronologiya jadvali» keltirilgan edi. Har 

bir  sistemaning  bo’linmalarining  qadimgida  oq 

to’qroq,  yoshlari  esa  shu  rangni  ochrog’i  bilan 

bo’yaladi. Magmatik tog’ jinslarini xaritalari xaritalarda 

ma’lum rangda ko’rsatiladi. Masalan intruziv jinslarning 

nordonlari  –  qizil,  ishqorli  /nefelin,  sienitlar/  -  qizg’ish, 

o’rtalari /sienitlar/ - to’q yashil, o’ta asoslari /dunitlar, 

peridetitlar/  –  binafsha,  o’rta  va  asos  effuzivlar  –  yashil 

ranglarda bo’yaladi. 

Har  bir  davr  va  uning  bo’linmalari  ham  harf  va 

raqamli indekslar bilan belgilanadi. Masalan: 

Davr                                   yarus 

                     

C

1



t

2

 



Bo’limi                            kichik yarus 

Geologik  xaritalarda  aniq  geologik  chegaralar  chiziq 

bilan,  taxminiy  chegaralar  punktir  chiziq  bilan 

ko’rsatiladi. 



 

Asosiy adabiyotlar. 

1.  Qurbonov A.S. «Geologiya» ,Toshkent

O’qituvchi,1992 

2. 

Islomov A., SHoraxmedov SH. «Umumiy 



geologiya»,Toshkent, 1971. 

3. 


Pavlinov V.N.  i dr. «Posobiya po laboratornыm 

zanyatiyam po obщey geologii», M. «Nedra», 1998. 

4. 

Zokirov R.T.,Toshmuxamedov B.T. «Umumiy 



geologiyadan laboratoriya mashg’ulotlari 

bo’yicha metodik qo’llanma (tog’ jinslari)», 

Toshkent, 2000. 

5. 


Zokirov R.T., Xodjaev X.S. «Umumiy geologiyadan 

laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha metodik 

qo’llanma (minerallar)», Toshkent, 2000. 

6. 


Toshmuhamedov B.T. «Umumiy geologiyadan 

ma’ruzalar matni»,Toshkent,1999. 

7. 

Xolmatov A.X.,Sultonmurodov SH., «Umumiy 



geologiyadan amaliy mashg’ulotlar», O’quv 

qo’llanma, O’zbekiston.2002. 

8. 

Spmg. geol.msu.ru. 



 

49 

 

 




MUNDARIJA 

Kirish                                                                                                     3 

Jins hosil qiluvchi mineraliar va ularning fizik xossalari                      4 

Tog` jinslari                                                                                         20 

Magmatik tog` jinslari                                                                         20 

CHo`kindi tog` jinslari                                                                        26 

Metamorfik tog` jinslari                                                                      33 

Geologiya xaritasi                                                                               37 

Geoxronologiya jadvali                                                                       37 

Geologiya xaritasining elementlari                                                     38 

Tog` kompasi                                                                                       39 

Qatlamning joylashishlari                                                                   40 

Qatlamning buzilmagan gorizantal joylashishi                                   38 

Qatlamning qiya, monoklinal yotishi                                                  41 

Qatlamning burmachanlik buzilmalari                                                41 

Qatlamning uzuklar bo`ylab buzilishi                                                 43 

Qatlamlarning moslanmasdan yotishlari                                             45 

Magmatik jinslarning yotish shakllari                                                 46 

Stratigrafik kalonka va geologic kesmlar                                            47 

Geologik xaritalardagi shartli belgilar                                                 48 



Asosiy adabiyotlar                                                                               49 

 

Download 375.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling