Тођ жинслари
galit-NaSl, silvin-KSl, flyuorit-CaF 2 . 4
Download 375.82 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy geologiya
galit-NaSl, silvin-KSl, flyuorit-CaF
2 . 4. Oksidlar va gidroksidlar: kvars-SiO 2 , opal-SiO 2 nH 2 O, xalsedon-SiO 2 , magnetit-Fe 3 O 4 , gematit- Fe 2 O 3 , limonit-Fe 2 O 3 *3H 2 O; korund-Al 2 O 3 . 5. Karbonatlar: kalsit-CaCO 3 , dolomit-CaMg(CO 3 ) 2 , tserusit- PbCO
3 , magnezit-MgCO 3 3 . 6. Sulfatlar: gips-CaSO 4 2H
O, angidrid-CaSO 4 , barit-BaSO 4 . 7. Fosfatlar: apatit-Ca 5 (PO 4 ) 3 F 1 cl. 8. Silikatlar:
olivin-MgFe 2 SiO
4 , turmalin-murakkab boralyumosilikat, piroksenlar /avgit/ - Ca(MgFeAl)-[(SiAl) 2 O
], amfibollar- /rogovaya obmanka/, 9.
Slyudalar: muskovit-KAl 2 [F,OH]
2 [AlSi
3 O 10 ]; biotit- K[FeMg]
3 [F 1 OH] 2 [AlSi 3 O 10 ] xlorit-[FeMg] 5 Al[OH]
8 [AlSi
3 O 10 ]; talk-Mg 3 (OH) 2 [Si
4 O 10 ]; asbest
va serpentin-Mg 3 (OH) 3 [Si
4 O 10 ]; kaolinit-Al 4 (OH) 3 [Si
4 O 12 ]; dala shpatlari: ortoklaz-K[AlSi 3 O
], mikroklin-K[AlSi 3 O 8 ];
nefelin-Na-[AlSiO 4 ], va plagioklazlar yoki kalsiy - natriyli dala shpatlari.
Grafit – C Singoniyasi geksagonaldir. To’g’ri kristallari kamdan-kam. Ba’zan oltiburchakli plastinkachalar, tabletkachalar shaklida bo’ladi. Agregatlari ko’pincha mayda
tangachalardan iborat,
rangi kulrangdan qoragacha. Cрizig’i yaltiroq qora. Qattiqligi 1. Qo’lga yog’likdek surkalib, qo’lni va kog’ozni qoraytiradi. Sol.og’. 2,09-2,23. Tabiatda donador varaqasimon zich massa shaklida marmar va gneys jinslari orasida uchraydi. Grafit tigellar tayyorlashda,
qo’yish ishlarida, qalamlar chiqarishda, buyoqchilikda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Galenit – PbS
Kristallari kub shaklda. Rangi qo’rg’oshindek kulrang. Chizig’i kulrang - qora va metalldek yaltiroq. Qattiqligi.
Ulanishi kub bo’yicha o’ta mukammal. Sol.og’. 7,4-7,6. Eng muhim qo’rg’oshin rudasi.
Xalkopirit - CuFeS 2 /mis kolchedani/
Kristallari juda kam. Odatda yaxlit massalar, xol-xol donalar ko’rinishida uchraydi. Rangi jez-sarik, chizig’i yashilroq-qora. Shaffof emas. Metal kabi kuchli yaltiraydi. Qattiqligi 3-4. Sol.og’. 4,1-4,3. Misning eng muhim rudasi. Ko’pincha pirit, galenit va kvars bilan birga uchraydi.
Pirit - FeS 2
Kristallari ko’pincha kub shaklida bo’ladi. Rangi och-jez sariq. chizig’i yaltiroq qora, metaldek yaltiroq. Qattiqligi 6-6,5, sol.og’. 4,9-5,2. Sulfat kislota olish uchun ishlatiladi.
Flyuorit - CaF 2
Kristallari kubik, kamroq sakkiz burchakli bo’ladi. Ko’pincha xol-xol, yaxlit donali massa shaklida uchraydi. Rangi kamdan-kam rangsiz va shaffof bo’ladi. U ko’pincha sariq, yashil, havo, gunafsha rangli bo’ladi. Qattiqligi. Ulanish tekisligi mukammal. Sol.og’. 3,0-3,2. Metallurgiyada, plavik kislota olishda, shaffof va rangsiz turlari optikada ishlatiladi.
10
Galit /osh tuzi/ - NaCl
Kristallari kub shaklida bulib shishadek yaltiraydi: ulanish tekisligi takomillashgan. Toza massalari shaffof va rangsiz yoki oqdir. Suvda oson eriydi. Aralashmalar uni qizil, sariq, kulrang va osmonrang, ko’ng’ir va qoraga buyaydi. Qattiqligi. Sol.og’.2,1-2,2. Mazasi sho’rdir. Galit oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya va teri-charm sanoatida qo’llaniladi.
Korund - Al 2 O 3 Kristallari bochkasimon, ustunsimon piramida va plastinka shaklida uchraydi. Rangi ko’proq ko’kish yoki sarg’ish-kulrang bo’lib, xilma-xil rangli shaffof kristallari ham uchraydi. Qimmatbaho shaffoflari: leykosapfir - rangsiz, sapfir-ko’k, rubin-qizil, "sharq ametisti"- binafsha, "sharq zumrati"- yashil. Qattiqligi - 9. Ulanish tekisligi yo’q. Abraziv materiallar sifatida ishlatiladi.
Gematit - Fe 2 O 3 Sinonimlari: yaltiroq temir tosh, temir slyudasi, qizil temir tosh. Magnetit o’rnidagisi martit deb ataladi. Ko’pincha plastinkasimon, romboedrik va kichik taxtasimon kristallar; agregatlar esa yaxlit zich yashirin kristallangan massalar, varaq-varaq holda uchraydi. Rangi po’lat rangdan temir rangigacha bo’lgan. Chizig’i olcha qizil. Yrim metal kabi yaltiraydi. Qattiqligi ,5-6,0. Ulanish tekisligi yo’q. Sol.og’. 5-5,2. Eng muhim temir rudasi.
Magnetit - MgFe 2 O
Singoniyasi kubik. Kristallari ko’proq sakkizqirrali kiyofada bo’ladi. Kup hollarda yaxlit donador massalar yoki xol-xol donalar
11 holida uchraydi. Rangi temir kabi qora. Chizig’i qora. Yrim metal kabi yaltiraydi. Qattiqligi 5,5-6,0Ulanish tekisligi yo’q. Sol.og’. 4,9-5,2. Kuchli magnit tortish xususiyatiga ega. Eng muhim temir rudasi.
Kvars-SiO 2
Kristallari odatda cho’ziq prizma shaklida bo’ladi. Agregatlari donador. Zichlangan kristallardan iborat, ba’zan ayrim kristallari juda katta bo’lib o’sadi. Kvartsning yashirin kristalli turi xalsedon deyiladi. Xalsedonni yo’l-yo’l, kontsentrik-zonal turi "agat" deb yuritiladi. Bunday tuzilish turli rangli xalsedon, ba’zan kvarsdan iborat kavatlarning navbatma-navbat joylanishidan vujudga keladi. Kvarsning rangi xilma-xil. Uning navlari ham ko’p. Masalan, ravshan kristalli tinik kvars "tog’ billuri", binafshasi "ametist", qorasi "morion" va tillarangli sarig’i "tsitrin" deb yuritiladi. Xalsedon ham xilma-xil tuslarda bo’ladi. Agatlar yoki onikslar kontsentrik zonal yoki bir tekis parallel juda yupqa xaltsedon qavatlaridan tuzilgan bulib, har xil tus va ranglarda uchraydi. Kvarts shisha kabi yaltiraydi, xaltsedon mum kabi goho xira tovlanadi. Sinimi chig’anoksimon, qattiqligi - 7. Sol.og’. 2,65. P’ezoelektrlanish xususiyatiga ega. Y’ni mexanik kuchlar ta’sirida unda elektr zaryadlari hosil bo’ladi. Erish temperaturasi 1713 0 . Kvars va xalsedon zebu-ziynat buyumlari, optik asboblari uchun, aniq mexanikada, radiotexnikada, kislotaga va o’tga chidamli idishlar, kvars lampalari yasashda, oyna sanoatida va boshqalarida ishlatiladi.
Limonit - Fe 2 O 3 . nH 2 O /qo’ng’ir temirtosh/ Ko’pincha oqiq, buyraksimon yoki stalaktit shakllarida yoki zich yaxlit, g’ovak, shlaksimon, kukunsimon massalar tarzida uchraydi.
12 Rangi qo’ng’irdan qoragacha. kukunsimon limonit yoki limonit oxrasi ancha och sarg’ish qo’ng’ir rangli bo’ladi. Chizig’i och ko’ng’ir yoki sariq ko’ng’ir. Buyraksimon limonit smolasimon qora rangda yaltiraydi. Qattiqligi 4.Sol.og’. 3,3-4. Muhim temir rudasi.
Kalcsit - CaCO 3 /oxak shpati/
Singoniyasi trigonal. Ko’proq skalenoedrik kamroq tabletkachasimon yoki plastinkachasimon, prizmatik yoki ustunsimon kristallar holida to’planadi. Druza bo’lib o’sgan kristallari bo’shliqlarda uchraydi. Ulanishi mukammal. Ohaktoshli g’orlarda stalaktit va stalagmit shaklidagi kalsitlar uchraydi. Donador, yaxlit agregatlari marmar, kalsitning zich yashirin kristallangan ba’zan qatlam bo’lib tuzilgani ohaktosh va faunaga boy tog’ jinslari organik ohaktoshlar deb ataladi. Ko’pincha rang- siz yoki sutdek oq. Yltirashi shishadek. Qattiqligi 3. Sol. og’·. 2,6-2,8. Xlorid kislotasida eriydi. Rangsiz shaffof kalsit "island shpati" deb yuritiladi. Optikada, zargarlik va san’at buyumlari tayyorlashda, kimyoviy, metallurgiya, tsement va poligrafiya sanoatida, shuningdek qurilishda ishlatiladi.
Dolomit - CaMg[CO 3 ] 2 Topilgan kristallari romboedrik qiyofaga ega. Odatda kristallangan donador
bo’ladi. Rangi
kulrang. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 3,5-4. Ulanishi mukammal. Ulanish yuzasi ko’pincha qiyshik. Sol. og’. 2,8-2,9. Qurilish materiallari, metallurgiyada qo’shimcha va o’tga chidamli material sifatida kimyo va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Malaxit - CuCO 3 Cu[OH]
2
Singoniyasi monoklin. Odatda oqiq va yirik buyraksimon
shakllarda uchraydi. Tuproqsimon xillari ham uchraydi. Rangi yashil. Chizig’i och yashil. Qattiqligi3,5-4. Ulanishi mukammal. Solishtirma og’irligi 3,9-4. Tolalari radial shu’la kabi tuzilishiga ega. Har xil bezak ishlarida va buyumlar yasashda va buyoq tayyorlashda qo’llaniladi. Malaxit muhim mis rudasi hamdir.
Barit - BaSO 4
Singoniyasi rombik. Kristallari tabletkasimon, prizmatik, ustunsimon qiyofada uchraydi. Ko’proq donador, kamdan-kam zich yashirin kristallangan, tuproqsimon bo’ladi. Suvdek shaffof rangsiz kristallari uchraydi. Aralashmalarni turli ranglarga bo’yaydi. Yltirashi shishadek. Ulanish tekisligi yuzasi sadafdek. Qattiqligi -3,5. Ulanishi mukammal /bir tomondan/. Sol.og’. 4,3-4,5. Kimyo, rezina va qand sanoatida, shuningdek qishloq
xo’jaligida, meditsina va boshqalarda qo’llaniladi. Gips - CaSO 4 *2H
2 O
Singoniyasi monoklin. Kristallari tabletkasimon, ba’zan ustunsimon yoki prizmatik qiyofaga ega. Bo’shliqlarda druzalar shaklida uchraydi. Odatda zich mayda kristallangan agregatlar, yoriqlarda esa tolalardan iborat ipaksimon massalar hosil qiladi. Rangi oq, ba’zan suvdek shaffof rangsiz. Yltirashi shishadek, ulanish yuzasi o’ta mukammal, sadafdek tovlanadi. Sol.og’. 2,3. Gips asosan qurilish ishlarida katta ahamiyatga ega.
Angidrit - CaSO 4
Singoniyasi rombik. Kristallari kalin tabletkasimon yoki prizmatik qiyofada. Odatda yaxlit donador massalar holida uchraydi. Rangi oq, ko’pincha havorang, kulrang, ba’zan kizg’ish tuslarda bo’ladi. YAltirashi shishadek. Ulanish yuzasida sadafdek
tovlanadi. Qattiqligi 3-3,5. Sol.og’. 2,8-3. Asosan tsement sanoatida va ziynat ishlarida ishlatiladi.
Apatit - Ca 5 [PO
4 ]FCl
Singoniyasi geksagonal. Ko’pincha olti yonli prizma, igna shaklida bo’lib, ba’zan kalta ustunsimon yoki tabletkasimon kristallar holida uchraydi. Donador, zich, mayda donador, ba’zan ko’ndalang tomirtomir va tuproqsimon massalar shaklida uchraydi. Cho’kindi jinslarda konkretsiya shaklida uchraydi. Tarkibida juda ko’p minerallar aralashgan uyumlari fosforit deb ataladi. Apatit rangsiz /shaffof/, oq, ko’pincha och yashildan zumrad yashilgacha, havorang bo’ladi. Yltirashi shishadek, sinimi yog’langandek, qattiqligi 5. Ulanishi mukammal emas. Sol.og’. 3,08-3,21. Apatit va fosforitlardan asosan sun’iy o’g’itlar tayyorlanadi.
Olivin - (MgFe) 2 SiO
4
Odatda olivin donador agregatlar holida tarqalgan. Rangi yashilroq tovlanuvchan. Ko’pincha rangsiz. Yltirashi shishadek, yog’langandek. Qattiqligi 6,5-7. Ulanishi mukammal emas. Sinimi chig’anoqsimon. Sol.og’. 3,3-3,5. O’tga chidamli, g’ishtlar tayyorlashda ishlatiladi.
Avgit - Ca(Mg,Fe,Al)[(SiAl) 2 O 6 ]
Alyuminiyli piroksen. Kristallarining shakli kalta prizmatik va ko’ndalang kesimi bir-biriga teng, sakkizburchakli shaklda bo’lishi xarakterlidir. Qo’shaloq kristallari tez-tez uchrab turadi. Agregatlari donador yaxlit massa holida bo’ladi. Rangi yashilroq-qora. Shishadek yaltiraydi. Ulanishi mukammal, qattiqligi 6,5. Sol.og’. 3,3- 3,6.
15
Rogovaya obmanka /shox aldamchi/ Ca 2 Na(MgFe) 4 (AlFe)[(SiAl) 4 O
][OH] 2
Kristallari prizmatik, ustunsimon qiyofada. Rangi to’q yashil yoki qo’ng’ir. Kristalining ko’ndalang kesimi oltiburchak shaklida bo’ladi. Chizig’i yashilroq tusda, oq. Shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 5,5-6. Ulanishi 124 ga
yaqin bo’lgan burchak bilan prizma bo’ylab mukammal.Sol.og’.3,1-3,3.
Talk - Mg 3 [Si
4 O 10 ][OH] 2
Varaq-varaq, tangacha- tangacha, ko’pincha yog’li tosh; kulol toshi deb ataladigan zich massalar holida uchrashi xarakterlidir. Rangi och yashil yoki sarg’ish, qo’ng’ir, yashilroq, oq, ba’zan to’q rangli bo’ladi. Sadaf kabi tovlanib turadi. Qattiqligi 1. Qo’lga yog’lidek seziladi. Varaqchalari egiluvchan. Ulanishi mukammal. Sol.og’. 2,7-2,8. Rezina, kog’oz sanoatida va meditsinada qo’llaniladi.
Biotit - K(MgFe) 3 [Si
3 AlO
10 ][OH]
2
Kristallari tabletkasimon, psevdogeksagonal, ko’pincha ustunsimon, piramidal bo’ladi . Yxlit plastinkaga va tangachalardan iborat donador holida uchraydi. Rangi qora, qo’ng’ir, ba’zan kizg’ish sariq, qizg’ish yashilroq tusda bo’ladi. Shishadek yaltiroq. Ulanish yuzasi sadafdek tovlanadi. Qattiqligi 2-3. Ayrim varaqchalari qayishqoqlik xususiyatiga ega. Ulanishi bir tomondan o’ta mukammal. Jins tashkil etuvchi mineral bo’lib, xol-xol donalar holida juda ko’p magmatik jinslarda uchraydi.
Muskovit - KAl 2 [AlSi
3 O 10 ][OH] 2
Ko’pincha plastinkacha yoki tabletkasimon bo’lib,
ko’ndalang kesimi psevdogeksagonal yoki rombga o’xshash bo’ladi. Yaxlit varaq-varaq, donador yoki tangachalardan iborat massalar holida ham uchraydi. Uning ayrim varaqchalari rangsiz, lekin ko’pincha kulrangroq, yashilroq, kizg’ish tuslarda bo’ladi. Shishadek yaltiroq, ulanish yuzasi sadafdek tovlanadi. Ulanishi o’ta mukammal. Sol. og’. 2,76-3,10. Yaxshi elektrizolyatordir. Oyna sifatida ham ishlatiladi.
Xloritlar gruppasi. Slyudalarga o’xshaydi. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 2-3. Rangi shishadek yashil. Varaqchalari egiluvchan, biroq qayishqoq emas. Bu gruppaga quyidagi minerallar kiradi: pennin(MgFe) 5 Al[AlS
3 O 10 ][OH] 8 klinoxlor, proxlor, korundofilit, amezit. Kristallari taxtachasimon, tabletkasimon psevdogeksagonal, agregatlari tangacha oolit, sferolit, yashirin kristalli buladi. Qattikligi 2-3. Sol.og’. 2,6-3,3. Magmatik jinslardagi magniy-temirli mineralni o’zgarishi natijasida hosil bo’ladi. Shamozit temir rudasi hi- soblanadi.
Plagioklazlar - (100-n)Ab*nAn Bunda Ab - Albit Na[AlSi 3 O
], An - anortit Ca[Al 2 Si 2 O 8 ] molekulasidir. Plagioklaz tarkibidagi anortit molekulasini foiz miqdoriga qarab alohida nomerlanadi. Masalan, plagioklaz N 60 tarkibida 60% anortit bilan 40% albit bo’lgan izomorf aralashmadan iborat. Plagioklazlar nordon /N-0-30/, o’rtacha /N-30-60/ va asos /N-60-100/ bo’ladilar. Plagioklaz gruppasiga quyidagi minerallar kiradi. Albit - 0-10% An molekulasi bor; oligoklaz - 10-30% -"-, andezin - 30-50%; labrador - 50-70%; bitovnit - 70- 90%; anortit - 90-100%. Kristallari tabletkasimon yoki tabletkasimon-prizmatik qiyofaga ega. Murakkab polisintetik qo’shaloq kristallari juda ko’p. Rangi oq, kulrang-oq, ba’zan yashilroq, ko’kimtir bo’lib shishadek
17
yaltiraydi. Qattiqligi 6-6,5. Ulanish tekisligi mukammal. Sol.og’. 2,61-2,71. Ko’kimtir bo’lib tovlanib turadigan to’q kulrang yoki qoramtir labradoritlar bezaktosh sifatida ishlatiladi. Optik effektlarga karab alohida nomlangan tovlanuvchi nordon plagioklazlarga oy toshi va avantyurin yoki quyosh tosh kiradi.
Serpentin - Mg 6 [Si
4 O 10 ][OH] 8
To’g’ri tuzilgan kristallar tarzida hech vaqt uchramaydi. U ko’pincha bukilgan, siljish alomatlari saqlangan zich, yaxlit massalar holida uchraydi. Rangi to’q yashil, yashildan koramtir yashilgacha, ba’zan ko’ng’ir yashil
bo’ladi. Shishadek yaltiroq, yog’lagandek, mumdek bo’ladi. Qattiqligi 2-3,5. Tolali turi asbest deb ataladi. Sol.og’. 2,5-2,7. Xloritga o’xshagan varaq-varaq xili antigorit deb yuritiladi. Antigorit kulrang, ba’zan ko’kimtir bo’ladi. Qoplama tosh sifatida, buyumlar yasash uchun ishlatiladi.
Ortoklaz - K[AlSi 3 O 8 ]
Ulanish tekisliklaridagi burchak 90 bo’lganligidan shunday nom olgan. Shaffof, rangsiz xili adulyar deb ataladi. Kristallarning qiyofasi ko’proq prizmatik. Rangi och pushti, qo’ng’irroq sariq, kizg’ish oq, ba’zan g’ishtdek qizil bo’ladi. Shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 6- 6,5. Ulanishi mukammal. Asosan shisha va keramika sanoatida, ko’rkam yashil rangli xili har xil bezaklar va buyumlar /qutichalar, kuldonlar va boshqalar/ tayyorlashda ishlatiladi. Jins hosil qiluvchi va ba’zi bir rudali minerallar (ular 50 dan ko’p emas) hosil bo’lishlariga, ya’ni genezislariga qarab quyidagilarga bo’linadi:
18
A. Ekzogen jarayon natijasida hosil bo’lgan minerallar:
1. Nurash jarayonlarida - kvars, opal, xalsedon, temir va alyuminiy gidroksidlari, gips, magnezit, gilli minerallar. 2. Kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lganlar - kalsit, dolomit, siderit, gips, angidrit, barit, kvars, opal, xalsedon, pirit, temir gidroksidi, oltingugurt, apatit /fosforitdagi/ silvin va boshqalar. B. Endogen jarayon natijasida hosil bo’lgan minerallar:
1. Magmatik minerallar - kvars, dala shpati, slyudalar, amfibollar, piroksenlar, olivin, nefelin, apatit, olmos, turmalin. 2. Pnevmatolit jarayonlar - kvars, muskovit, turmalin, flyuorit, kalsit, granat. 3. Gidrotermal jarayonlar - sfalerit, galenit, pirit, kalsit, barit, kvars, magnezit, oltin, mis, pirotin. V. Metamorfik jarayonda hosil bo’lgan minerallar:
1. Regional metamorfizm minerallari - kvars, slyuda, amfibollar, piroksenlar, dala shpatlari, granatlar, gematit, xlorit, talk, serpentin, kalsit, dolomit. 2. Kontakt metamorfizm minerallari - kvars, kalsit, granatlar, biotit, magnetit, korund, grafit, piroksen, olivin, pirit,xalkopirit, galenit, sfalerit.
19
TOG’ JINSLARI Tog’ jinslari hosil bo’lishiga qarab magmatik, cho’kindi va
metamorfik turlarga bo’linadilar. Tog’
jinslari minerallarning tabiiy assotsiatsiyasi bo’lib, yer
qobig’ining ichki yoki ustki qismida silikatli eritma - magmaning kristallanib qotishidan, cho’kindilarning qaytadan vujudga kelishi, ya’ni cho’kindi va avval hosil bo’lgan tog’ jinslarini yemirilishi natijasida, metamorfik magmatik va cho’kindi jinslarning bosim va harorat ta’sirida o’zgarishidan hosil bo’ladi. Bu qo’llanmada talabalar tog’ jinslarining turlari, qanday moddalar yoki minerallardan tashkil topgani, asosiy xususiyatlari,
struktura va teksturalari va boshqa belgilari bilan tanishadilar. MAGMATIK TOG` JINSLARI Magmatik tog’ jinslari suyuq qaynoq silikatli eritma - magmaning chuqurlikda yoki yer qobig’ining ustki qismida kristallanib qotgan mahsulotidir. Magmatik tog’ jinslari hosil bo’lishlariga qarab chuqurlik (yoki intruziv) va yer betiga quyilgan (effuziv) tog’ jinslariga bo’linadi. Intruziv jinslarining muhim makrostrukturasi-to’la kristallangan (tekis donali, porfirsimon, pegmatitli) bo’ladi. Effuziv tog’ jinslarining muhim makrostrukturasi shishasimon, afanitli yoki mikrokristalli, porfirli bo’ladi. Magmatik tog’ jinslarining eng muhim makroteksturalari zich - yaxlit, slyudali, g’ovakli va bodomsimon bo’ladi.
Download 375.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling