To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yacheykali betonlam ing xossalari.
K o‘pik beton va ko‘pik silikat.
Ko‘pikli beton alohida tayyorlangan sement qorishmasi va ko‘pik maxsus qorgichlarda aralashtirib olinadi. Qorishma portland sement va uning turlari, havoyi ohak va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanishi mumkin. Kukun toMdirgich sifatida tarkibida kremnezyom boMgan minerallar (kvars qumi, shlak, kul va shu kabilar) ko‘pik hosil qiluvchi komponent sifatida yelim kanifol, saponin smolasi, alumosul-fonaftenli va shu kabilar ishlatiladi. K o‘pik turg‘unligini oshiruvchi sifatida hayvon yelimlari, suyuq shisha, temir sulfati ishlatiladi. Turg‘un ko‘pik kurakchali ko‘pik hosil qiluvchi apparatlar yoki markazdan qochma prinsipda ishlaydigan nasoslar vositasida suv bilan sirtaktiv moddalarni aralashtirilib tayyorlanadi. Tayyorlangan ko‘pikli beton qoliplanadi va qotishini tezlashtirish uchun issiqlik bilan qayta ishlanadi. Qotish jarayonini kimyoviy usulda tezlashtirish maqsadida ko‘pikli beton tarkibiga kalsiy xlorid, potash va shu kabi moddalar kiritiladi. Ko‘pikli silikat havoyi ohak va kremnezyomli mineral kukunlar asosida tayyorlanadi va qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda ishlov beriladi. Yacheykali betonlam ing xossalari. Yacheykali betonlaming o ‘rtacha zichligi 300-1200 kg/m3 g‘ovakligi 60-85 foiz. Ular siqilishdagi m ustahkam lik chegarasiga nisbatan quyidagi markalarda: M15, M25, M35, M50, M75, M100, M150 va B0,35-B12,5 klasslarda boMadi. Yacheykali betonlaming suv shimuvchanligi, gigroskopikligi, suvga chidamliligi, g ‘ovaklikning strukturasiga va makrog‘ovaklar o ‘rtasidagi 95 devorlaming mustahkamligiga bogliq bo‘ladi. Yopiq g‘ovakli yacheykali betonlaming suv shimuvchanligi va sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi. Sovuqqa chidamliligi bo‘yicha yacheykali betonlar quyidagi markalarda bo‘ladi: F 15, F 25, F 35, F 50, F 75, F 100. Tashqi devor panellarida ishlatiladigan yacheykali beton sovuqqa chidamliligi F 15, F 25 bo‘lsa kifoya, doimo muzlash va erish ehtimoli bor konstruksion yacheykali betonlaming sovuqqa chidamliligi F 50-F 100 bo‘ladi. Yacheykali betonlam ing eng muhim xossalaridan biri issiqlik o ‘tkazuvchanIik bo‘lib, uning zichligi va namligiga bog‘liq. Masalan, o ‘rtacha zichligi 600 kg/m3 bo‘lgan yacheykali betonning qumq holatdagi X si 0,14 W/(m °C), 8 foiz namlikda bo‘lsa, 0,22 W/(m °C). Yacheykali betonlami namlanishdan saqlash maqsadida yuzasi turli izolyatsiyalovchi donali yoki sepma materiallar bilan qoplanadi. Gazbeton va ko‘pikbeton tayyorlanayotganda, gidrofob difillik polimer qo‘shimchalami oz miqdorda kiritish kvars qumlarini kukunlashda mexanik-kimyoviy aktivlashtirish ulami namlanishdan saqlaydi va issiqlik o‘tkazuvchanligi o ‘zgarmasligini ta’minlaydi. Yacheykali betonlarda vaqt mobaynida hajmiy kirishishi tufayli yoriqlar hosil b o iad i. Ulaming kirishishi zichligi va qotish sharoitiga bog‘liq bo‘lib, tarkibidagi suvning intensiv chiqib ketmasligini ta’minlash, ularda dastlabki yoriqlar hosil bo‘lishini bartaraf qiladi. 0 ‘rtacha zichligi 700-800 kg/m3 bo‘lganyacheykali beton, nisbiy namlik 70-80 foiz, harorat 20°S bo‘lsa, havodagi kirishishi 0,4-0,6 mm/m ni tashkil etadi. Yacheykali betonlar issiqlik izolyatsiyasi va konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi buyumlari sifatida ishlatiladi. Issiqlik izolyatsiyasi yacheykali betonlari tashqi ikki va uch qatlamli panellar, xonalami ajratish pardevorlari, turar- joy va sanoat binolari tomlari va boshqa joy larda ishlatiladi. Konstruktiv- issiqlik izolyatsiyasi yacheykali betonlardan armaturasiz devorbop bloklar, toshlar, tashqi devor panellari tayyoriashda, sanoat sovuqxonalari devor va tomlari qurilishida ishlatiladi. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling