14.13-rasm . Poroplast.
Noorganik issiqlik izolyatsiyasi materiallari
jumlasiga mineral paxta,
shisha tolalari, penoshisha, shishgan perlit va vermikulit, tarkibida asbest
bo'lgan issiqlik izolyatsiyasi materiallari, g‘ovak beton va boshqalar kiradi.
Mineral paxta (MV) va undan tayyorlanadigan buyumlar.
Mineral
paxtasilikat eritmalaridan olinadigan tolali issiqlik izolyatsiyasi materialar.
Tog‘ jinslari (ohaktosh, mergell, dolomit, Ioyli slanets, bazalt, granit,
diorit va boshqalar), metallurgiya sanoati chiqindilari (domna va yoqilg‘i
shlaklari) va qurilish materiallari chiqindilari (loy va silikat g ‘isht siniqlari)
uni ishlab chiqarish uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiladi.
Zichligiga ko‘ra mineral paxta 75, 100, 125 va 150 markalarga
boMinadi. U olovbardosh bo ‘lib, chirimaydi,
suv va issiqlikni kam
o‘tkazadi. Mineral paxtaning o ‘zi turli issiqlik izolyatsiyasi mineralidan
olingan buyumlar: namat, mato, yarim bikr va bikr plitalar, qobiq, segment
va boshqalar yasaladigan yarimfabrikat hisoblanadi.
Mineral paxta mato,
list yoki rulon material boMib, bitta yoki ikki
tomoni pishiq iplar bilan tikilgan, bitumlashgan qog‘oz qoplamali mineral
paxtadan iborat.
14.6. N oorganik issiqlik izolyatsiyasi m ateriallari
232
M ineral paxta (M V ) -
oson eriydigan tog‘ jinslari (ohaktosh,
mergellar, dolomitlar va boshq.), metallurgiya va yoqilg‘i shlaklari (loy
va silikat g ‘isht bo‘laklari) asosida olingan shishasimon tolali materialdir
(14.14-rasm). .
14.14-rasm. Mineral paxta.
Tolaning diametri 5-15 mkm, uzunligi 2-40 mm. Mineral paxta
tayyorlash ikki asosiy jarayondan iborat: vagrankalarda (shaxtali
eritish xumdoni) xomashyo eritmasini hosil qilish;
eritmani tolalarga
aylantirish. Vagrankada xomashyo qattiq yoqilg‘i (koks) bilan 1300—
1400°S suyultiriladi. Xumdonning tag qismidagi maxsus teshikdan eritma
to‘xtovsiz chiqariladi.
0 ‘rtacha zichligiga qarab mineral paxta markalari (kg/m3): 75, 100,
125 va 150. Olovbardosh, gigroskopligi kichik va suv muhitiga chidamli,
biologik muhitlarga bardoshli.
Mineral paxta granulalanadi va o ‘ralgan holda tashiladi;
devorlar
bo‘shliqligi, qavatlararo plitalar kovaklari, issiq suv magistrallari va
boshqa konstruksiyalarda IIM sifatida ishlatiladi. Mineral paxta namat,
matlar (to‘shak),
yarimbikr va bikr plitalar, gofri tuzilishdagi buyumlar,
qobiqlar, segment va sh.k. buyumlar tayyorlash uchun yarim tayyor
mahsulot hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: