Penopolistirol
(EPS) polistirolga g‘ovak hosil qiluvchi komponentlar
qo‘shib tayyorlanadi. Uning o‘rtacha zichligi 25-40 kg/m3,
yedirilishga
bardoshli, suv va kimyoviy muhitlarga chidamli,
X =0,05 W/(m.°S),
ishchi harorati 70°S gacha. Ponopolistirol
uch qatlamli panellar, to ‘siq
konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
14.10-rasm. Penopoliuretan.
Penopolivinilxlorid
- bikr va elastik ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi.
Bikr polivinilxlorid -60°C dan +60°S haroratda xossalarini qisman
o ‘zgartiradi. U, odatda, sarg‘ish rangda bo‘ladi,
tarkibiga turli pigmentlar
kiritib, istalgan rangdagi buyum tayyorlanadi. Plitalar 500x750 mm,
qalinligi 35-70 mm. Uning o ‘rtacha zichligi 95-195 kg/m3,
X = 0,06 W/
(m.°S), 24 soat ichidagi suv shimuvchanligi 0,3 foiz, ishchi harorati 70°S.
Ular plitalar,
qurilish konstruksiyalari, va truboprovodlarning issiqlik
izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
M ipora
- karbamid-formaldegid polimeri tarkibiga ko‘pirtiruvchi
va qotiruvchi komponentlar kiritib olinadigan juda yengil material.
Uning o ‘rtacha zichligi 10-20 kg/m3, issiqlik o ‘tkazuvchanligi 0,026-
0,03 W /(m.°S), ishlatish harorati 110°S gacha.
Gigroskopikligi va
mustahkamligining pastligi miporaning kamchiligi hisoblanadi. Mipora
karkas
konstruksiyalar, truboprovodlar va sovitkichlarning issiqlik
izolyatsiyasi uchun ishlatiladi.
228
14.11-rasm. Mipora.
Karbamid smolasi,
kukun toMdirgich, qotiruvchi va gaz hosil
qiluvchi komponent aralashmasini sovuq holda ko‘pchitib, o‘ta
yengil
yacheykali polimerbetonlar olinadi. Ularning o ‘rtacha zichligi 80-200 kg/
m3, siqilishdagi mustahkamligi 2 -8 MPa. Fenolformaldegid penoplasti
ushbu polimer tarkibiga shisha tolasi yoki kauchuk hamda kauchuk va gaz
hosil qiluvchi alyuminiy kukuni kiritib tayyorlanadi.
Tarkibiga kauchuk
qo‘shilgan fenol-formaldegid penoplastlaming ishchi harorati 200-250°S.
Do'stlaringiz bilan baham: