To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining turlari va qoMlanilishi


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

14.5. Issiqlik izolyatsiyasi materiallarining turlari va qoMlanilishi
14.5.1. Organik issiqlik izolyatsiyasi materiallari
Birlamchi xomashyo tarkibiga qarab organik issiqlik izolyatsiyasi 
materiallarini shartli ravishda ikki turga boMish mumkin: tabiiy organik 
xomashyo (yog‘och, y o g‘och ishlashdagi chiqindilar, torf, bir yillik 
o ‘simliklar, hayvonlar junigi va boshqalar) asosida tayyorlanadigan 
materiallar, sintetik smolalar asosida tayyorlanadigan, issiqlik izolyatsiya 
plastmassalari.
Organik xomashyodan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi materiallari 
bikr va egiluvchan boMishi mumkin. Bikr materiallar jumlasiga yog‘och
223


tolali, yog‘och payrahali, fibrolit, arbolit, qamish va torf plitalar, egiluv- 
chan materiallar jumlasiga esa qurilish namati va gofrirovkalangan karton 
kiradi.
Yog‘och tolali issiqlik izolyatsiyasi plitalari yog‘och chiqindilaridan, 
Shuningdek, turli qishloq xo‘jalik chiqindilaridan (poxol, qamish, o‘zak, 
makkajo‘xori poyasi,g‘o ‘zapoyava boshqalar) olinadi. Plitalarni tayyorlash 
jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalardan iborat: yog‘och xomashyoni 
maydalash vayanchish, tolali massani bog‘lovchiga shimdirish, qoliplash, 
quritish va plitalar kesib olish.
Yog‘och tolali plitalar 1200-2700 mm uzunlikda, eni 1200 - 1700 
va qalinligi 8-25 mm. qilib chiqariladi. Zichligi bo‘yicha ular izolyatsion 
(150-200 кг/м3) va izolyatsiya-pardozlash (250-350 кг/м3) plitalariga 
bo‘linadi.
Izolyatsiya va izolyatsiya-pardozlash plitalari devorlar, shiftlar
pollar, pardevorlar va va binolaming orayopmalarini issiqlik va tovushdan 
izolyatsiyalash, konsert zallari va teatrlarni akustik (tovush) izolyatsiyalash 
uchun ishlatiladi.
14.5-rasm. Yog‘och tolali plitalar.
Fibrolit plitalar -  yog‘och juni va sement xamiridan iborat massani 
presslash usulida olinadi. Sementli fibrolitda yog‘och juni armatura bo‘lib 
xizmat qiladi. Fibrolit plitalari uzunligi 2400 va 3000 mm, eni 600 va 
1200 va qalinligi 30—150 mm. Zichligi bo‘yicha markrlari 250—500 кг/ 
m
3
Egilishga mustahkamlik chegarasi 0,15-1,8 МПа. Sement-fibrolit 
plitalardan pardevorlar yasash, devorlar va chordoq orayopmalarini isitish 
maqsadida foydalaniladi.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling