14.12-rasm. Ko‘pik polietilen.
Petrofom -
yuqori samarali issiqlik - tovush va gidroizolyatsiya
materiali hisoblanadi. Petrofomning ishlatish joylari: binolaming devorlari,
pol, poydevor va tom issiqlik izolyatsiyasi, parket hamda laminat tagligi va
sh.k. lardir. U 18-35 kg/m3 o ‘rtacha zichlikda va quyidagi parametrlarda
ishlab chiqariladi.
Petrofom fizik usulda ko‘pirtirilgan bog‘lanmagan polietilen bo‘lib,
yengil, elastik va giluvchan, suv va bug1 o ‘tkazmaydi, kimyoviy muhitlarga
chidamli, chirimaydi, ekologik xavfsiz. Petrofom va boshqa markalardagi
ko‘pik polietilenlar quyidagi texnologiya bo‘yicha tayyorlanadi: struderga
polietilen,
talk konsentrati, bo‘yoq, antipiren dozatorlar orqali solinadi.
Komponentlar qizdirilib eritiladi, aralashtiriladi,
aralashmaga izobutan
va glitserin monostearati qizdirib, eritilgan holda qo‘shiladi, gomogen
massa sovutish zonasiga o‘tadi, to‘rlar paketi orqali filtrlanadi va «rukava»
ko‘rinishida siqib chiqariladi. Bosimning
keskin pasayishi hisobiga
izobutan ajraladi va massani ko‘pirtiradi. Material sovitiladi, diskli pichoq
yordamida
kesiladi, statik elektr zaryadini olish uchun ionizatordan
o ‘tkaziladi. Massaning tarkibi quyidagicha:
230
14.3-jadval.
Talk konsentrati
1 foiz
Glitsirin monostearati
1-1,5 foiz
Izobutan
6-7 foiz
Polietilen
89-90 foiz
So‘nggi yillarda plastmassadan yangicha issiqlik izolyatsiyasi
materiallari turlari yaratilmoqda. Termoplastik (polistirol,
polivinilxlorid,
poliuretan) va termoreaktiv (mochevinoformaldegid) smolalar, gaz hosil
qiluvchi va ko'piradigan
moddalar, toMdirgichlar, plastifikatorlar, bo‘yoq
va boshqalar ularni tayyorlash uchun xomashyo vazifasini oMaydi.
Qurilishda issiqlik va tovush izolyatsiyasi
materiallaridan eng keng
tarqalgani serg‘ovak g ‘alvirak tuzilishli plastmassa. Tuzilishiga qarab
issiqlik izolyatsiyasi plastmassalarini ikki guruhga ajratish mumkin:
penoplastlar va poroplastlar.
Zichligi kichik va o ‘zaro tutashmagan gazlarga yoki havoga toMiq
bo'shliq yoki yacheykalari mavjud g ‘ovak
plastmassa penoplastlar deb
aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: