To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

6.6.3. Yirik g‘ovakli beton
Yirikg‘ovakli beton tarkibidamaydato‘ldirgichbo‘lmaydi. Portlandse- 
ment va uning boshqa turlari (M300-M 400), suv, modifikatsiyalovchi 
qo‘shimchalar sinchiklab aralashtirilib, so‘ng yirik to‘ldirg‘ich kiritiladi. 
Bu turdagi betonning o ‘rtacha zichligi 1700-1900kg/m 3 issiqlik 
о ‘tkazuvchanlik koeffltsiyenti 0,55-0,8 W/(m.°S). 1 m3 beton tayyorlashda 
70-150 kg. sement ishlatilgani uchun mustahkamligi M 15-M75 markalarda 
bo‘ladi. Yirik g‘ovakli betondan monolit bino va inshootlar quriladi, katta 
o ‘lchamdagi bloklar tayyorlanadi. Ulardan havo oqimi o ‘tmas!igi uchun 
yirik ikki tomonidan qorishmalar bilan suvaladi. Yengil toMdiruvchilar 
(keramzit, agloporit, va shu kabi) asosida tayyorlangan yirik g ‘ovakli 
betonlarning o ‘rtacha zichligi 500-700 kg/m3, issiqlik izolyatsiyasi 
materiali sifatida ishlatiladi. Yirik g‘ovakli betonlar «Karkas» strukturali 
betonlar tayyorlashda karkas vazifasini bajarishi mumkin. «Karkas» 
tipidagi betonlar tayyorlanganda yirik to‘ldirgich donalarining bir-biridan 
qochish koeffltsiyenti (a) 1 ga yaqinlashadi. Tayyorlangan karkas bir yoki 
ikkala tomonidan istalgan bog‘lovchi (sement, gips, polimer va shu kabi) 
asosida qorishm a-m atritsa bilan zarur bo‘lgan chuqurlikkachato‘ldiriladi.
93


Bu usulda o‘rtasi g‘ovak, ikki cheti zichlashtirilgan yangi tipdagi, xossalari 
yaxshilangan yengil betonlar tayyorlanadi. «Karkas» tipidagi betonlar 
monolit pollar aerodrom qoplamalari va boshqa qurilishlarda ishlatiladi.
6.6.4. Yacheykali betonlar
Yacheykali yengil betonlar bog‘lovchi va kremnezyomli komponentlar 
aralashmasini g ‘ovak hosil qiluvchi q o ‘shimcha vositasida ko‘pchitib 
olingan kompozitsion qurilish materiallaridir. Qorishmaning bir me’yorda 
ko‘pchishi natijasida hajm bo‘yicha «yacheykali» struktura hosil bo‘ladi. 
Yacheykali beton g ‘ovakligini bevosita tayyorlash jarayonida boshqariladi. 
Yacheykali betonlar o ‘rtacha zichligiga nisbatan (quritilgan holda) issiqlik 
izolyatsiyasi (p0<500 kg/m3), konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi (po=500- 
900 kg/m3) va konstruktiv (po=900-1200 kg/m3) guruhlarga bo‘linadi.
Yengil betonda ikki xil usulda g ’ovaklar hosil qilish mumkin: gaz 
hosil qiluvchi komponentlar yordamida va ko‘pik massasi yordamida.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling