To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Gaz beton va gazsilikat. 
Gaz beton portiand sement kremnezyomli 
komponent va gaz hosil qiluvchi aralashma asosida tayyorlanadi. Gaz hosil 
qilishning eng keng tarqalgan usuli alyuminiy kukuni va kalsiy gidroksidi 
o ‘rtasida boiadigan kimyoviy reaksiya natijasida vodorod gazining hosil 
boMishidir:
ЗСа(0Н)2+2А1+6Н20= З Н 2+ЗС а0А 120 3-6Н20
Hosil bo‘lgan gazlar sement asosida tayyorlangan qorishmani ko‘pchi- 
tadi. Qorishmaning quyuqlik darajasi to‘g‘ri tanlansa, g ‘ovak strukturasini 
saqlab qoladi. 0 ‘rtacha zichligi 600-700 kg/m3bo‘lgan 1 m3 gazbeton 
tayyorlash uchun 0,4-0,5 kg. alyuminiy kukuni sarflanadi. Gazbeton quyma 
va titratish usullarida tayyorlanadi. Quyma usulda quruq komponentlar 
m assasiga nisbatan 50-60 foiz suv aralashtirib olingan harakatchan 
qorishm a qoliplanadi. Gazbeton komponentlari mineral bog‘lovchi, 
kvars qumi kukuni va suv dozotorlar yordamida m e’yorlanib, o‘ziyurar 
gazbetonqor-gichga solinadi va 4-5 minut sinchiklab aralashtiriladi.
Avvaldan tayyorlangan alyuminiy kukunining suvdagi suspenziyasi 
qorishm aga q o ‘shiladi va aralashtiriladi. Hosil b o ‘lgan gazbeton 
qorishmasi metall qoliplarga massani k o‘pchitib qoliplami to‘ldirishini 
hisobga olgan holda quyiladi. Qoliplardan qisman toshib chiqqan gazbeton
94


taranglangan sim bilan kesib tashlanadi. Gaz hosil bo‘lishini tezlashtirish 
maqsadida isitilgan suvda gazbeton qorishmasi tayyorlanib, 40°S haroratda 
qoliplanadi. Gazbeton qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda 175~200°S 
haroratda va 0,8-1 .3 MPa bosimda ishlov beriladi.
Gazbeton haral^tchanligini kamaytirmagan holda suv sarfini 25-30 
foiz kamaytirish maqsadida gazbeton qorishmasi tayyorlanayotganda 
va qoliplanayotganda titratish usulini qo‘llash mumkin. Avtoklavda 
issiqlik va bosim ostida ishlov berish texnologik murakkab bo‘lgani 
uchun gazbetonni xona hararatida sirtaktiv moddalar qo‘shib qotirish 
texnologiyasi yaratilgan; qotishini tezlashtirish uchun atmosfera bosimi 
ostida bug‘lash kifoyadir.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling