To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Buyum va konstruksiyalar sirtini pardozlash


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Buyum va konstruksiyalar sirtini pardozlash. 
Yirik uysozlik panel­
lari, fasad plitalari va ba’zi konstruksiyalar zavod sharoitida pardozlanadi. 
Industrial usulda zavodda pardozlangan panel va konstruksiyalar yuqori 
sifatli boMib, qurilishni jadallashliradi. Devor panellar fasad tomoni 
fakturali ishlanadi, rangli qorishma va betonlar bilan pardozlanadi, keramik 
va shisha plitalar bilan qoplanadi.
Maishiy xizmat binolari panel va plitalari, sanitariya-texnika kabinalari 
ichki tomondan keramik va shisha plitalar, mozaikalar, donador polimer va 
bog‘lovchi aralashmalar bilan pardozlanadi.
106


Pardozlash quruq qorishmalari mineral yoki polimer bog‘lovchilar, 
mineral va shisha tolasi kabi issiqlik izolalsiyasi materiallari, to‘ldirgichlar, 
rangli pigmentlar va boshqa qo‘shimchaIar asosida tayyorlanadi. Issiqlik 
izolyatsiyasi xususiyatiga ega bo‘lgan pardozlash qatlami panel va plitalar 
asosida qurilgan hg^iolarda issiqlik yo‘qotilishini kamaytiradi.
7.3.1. Temirbeton buyum va konstruksiyalarni ishlab 
chiqarish usullari
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda stend, potok-agregat va 
konveyer usullarida ishlab chiqariladi.
Stend usulida -
temirbeton konstruksiyalar qo‘zg‘almas qoliplarda 
tayyorlanadi, texnologik operatsiyalami amalga oshiradigan mexanizmlar 
va agregatlar postdan postga siljiydi va har bir postda muayyan operatsiya- 
lar belgilangan ketma-ketlikda bajariladi.
Temirbeton konstruksiyalar stend yoki matritsa qoliplarda qotishini 
tezlashtirish uchun issiq suv, bug‘, elektr toki va shu kabi usullarda 
ishlatiladi. 0 ‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida temirbetonni 
geliotermoishlov usulida qotishini tezlashtirish mumkin.
Stend usulida, massiv to ‘sinlar, ustunlar, fermalar, arkalar, uysozlik 
panellari armaturasi aw aldan taranglangan ko‘prik konstruksiyalari va shu 
kabilar tayyorlanadi. Texnologiya mexanizm va agregatlaming soddaligi, 
qat’iy ishlab chiqarish ritmiga amal qilinmasligi bilan boshqa usullardan 
farq qiladi.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling