To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
M onolit temirbeton konstruksiyalar
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
7.4. M onolit temirbeton konstruksiyalar
Qurilish marjmuasida bino va inshootlami monolit temirbeton asosida barpo etish dolzarb masaladir. Monolit qurilish tizimi temirbeton konstruk- siyalami avvaldan tayyorlangan istalgan shakldagi unifikatsiyalashtirilgan yig‘ma qoliplarga qu^igh bilan xarakterli. Bu usulda bino va inshootlar qurilganda qurilish vaqti qisqaradi, montaj ishlari keskin kamayadi, imoratning mustahkamligi oshadi, qurilish maydonidagi omborxonaga zarurat bo‘lmaydi. Hozirgi kunda og‘ir metall qoliplar o‘m iga yengil pishiq metall va shishaplastik listlardan yig‘iladigan universal qoliplaming ishlatilishi monolit qurilish tizimini rivojlantirmoqda. Monolit temirbeton konstruksiyalar og‘ir va g ‘ovak to ‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Turar joy binolari devorlari yacheykali betonlar asosida qurilishi mumkin. Maxsus inshootlar monolit qurilishida o ‘ta o g‘ir. Issiqlikka bardoshli, agressiv m uhitlarga chidamli va boshqa turdagi betonlar ishlatiladi. Monolit temirbeton uchun armatura zavodda yoki bevosita qurilish maydoni yaqinidagi armatura sexida yirik karkas bloklari va to ‘rlari ko‘rinishida tayyorlanadi. Beton qorishmasi temirbeton zavodida yoki qurilish maydonidagi beton qorish markazida tayyorlanadi. Beton qorishm asi avtobetonovozlarda tashilishi kerak. Beton qorishmasi tashilayotganda qatlamlanmasligi, atmosfera muhiti ta’sirida tarkibi o‘zgarmasligi shart. Ayniqsa, 0 ‘zbekistonning quruq issiq iqlimida beton qorishmasini tashishda suvsiztanishining oldini olish dolzarb masaladir. Hozirgi vaqtda qurilish tiziraida beton qorishmasini quruq holda tashib va bevosita obyektning o‘zida suv bilan aralashtirib ishlatish yaxshi natijalar bermoqda. Qurilish maydonida belon qorishmasini uzatish kran, transporter, beton-nasos yoki siqilgan havo vositasida ishlaydigan quvurlar orqali amalga oshiriladi. Siqilgan havo vositasida ishlaydigan quvursimon transport yordamida beton qorishmasini 150 m. gacha masofaga uzatish mumkin. M onolit temirbeton konstruksiyalar uzluksiz yoki davriy usulda alohida bloklar yoki bo‘Imalar ko‘rinishida quyiladi. Uzluksiz usul bino va inshootda choklar bo‘lmasligi uchun hamda beton tarkibiga maxsus talablar q o‘yilganda ishlatiladi. Uzluksiz usulda armaturasi avvaldan 111 zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalar, dinamik kuchlanishlar ta’sirida ishlaydigan poydevor va shu kabilar tayyorlanadi. Massiv inshootlar (to ‘g ‘onlar, gradirnyalar, poydevorlar) ishchi choklar bilan bloklarga ajratiladi, chunki harorat va kirishish ta’siridan hosil bo‘ladigan deformatsiyalanish qurilish yaxlitligiga ziyon yetkazishi mumkin. Beton qorishmasi qatlam-qatlam holda quyiladi va ichki titratkichlar yordamida zichlashtiriladi. U qolipga quyilgach, toki beton loyihadagi mustahkamlikka erishguncha parvarishlanadi. Bunda sement gidratatsiyasi ta’minlanishi uchun harorat va nisbiy namlikni zarur ko‘rsatkichlarida ushlab turish kerak. 0 ‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida monolit beton quyish alohida tadbirlami amalga oshirishni taqozo etadi. Bunda beton qorishma- sini tashish, qoliplash, ayniqsa, parvarishlash ishlariga alohida ahamiyat berish zarur. Avtomobil yo ‘llari, aerodrom qoplama va sh.k. lari yuzasi katta temirbeton monolit konstruksiyalami qurishda betonni parvarishlash uchun to‘shalma materiallar (polietilen, polipropilen plyonkasi va b.) yoki plyonka hosil qiluvchi polimerlar (etiaol loki, gelpolimerlar) ishlatiladi. Monolit betonlash qishki mavsumda baj ari lganda beton qorishmasini va qotayotgan betonni muzlashdan saqlash asosiy masaladir. Monolit betonni muzlashdan asrashning turli usullari mavjud. Betonning issiqlik izolyatsi yasi maieriallari bilan vaqtinchalik o‘rab qo‘yish, beton qorishmasi tarkibi dagi suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi qo‘shimchalar kiritish, «ter- mos» usuli shular jumlasidandir. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari sifatida yarim bikr mineral plita, shisha paxta to ‘shamalari, gidioizolyatsiya qoplamali arbolit, ksilolit plitalari, g‘ovak, to‘ldirgichlar va shu kabilar ishlatiladi. Xususiy hollarda ishlatiladigan «termos» usuliga binoan quyilgan beton kotistruksiyaga maxsus egiluvchan m ateriallardan yasalgan «ko‘ylak» kiydiriladi va qoplamaning oraliq bo‘shlig‘iga qizdirilgan bug‘ yoki havo yuborib turiladi. «Termos» usuli serxarajat va texnik tomonidan amalga oshirish murakkab bo‘lgan usul hisoblanadi. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling