Tо‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar
-bob. Talabalar akademiyasining boshqaruvi va tuzilmasi
Download 447.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi
7-bob. Talabalar akademiyasining boshqaruvi va tuzilmasi
30. Talabalar akademiyasi prezidenti vazifasini Jizzax davlat pedagogika instituti rektori bajaradi. 31. Talabalar akademiyasi Prezidenti: Talabalar akademiyasiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Talabalar akademiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; Talabalar akademiyasiga, vitse-prezidentlar va a’zolarni tanlab olish jarayonini boshqaradi; Talabalar akademiyasining yillik va istiqboldagi ish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun institut kengashiga kiritadi va bajarilishi monitoringi ta’minlaydi; Talabalar akademiyasi kengashi yig‘ilishlarida raislik qiladi; davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarida va boshqa tashkilotlarda Talabalar akademiyasi nomidan vakillik qiladi; Talabalar akademiyasining faoliyati yuzasidan institut kengashiga hisobot beradi. 32. Talabalar akademiyasi Prezidentiga о‘rinbosar sifatida tо‘rtta vitse- prezident faoliyat yuritadi. Vitse-prezident Talabalar akademiyasining eng faol a’zolari orasidan Talabalar akademiyasi Prezidenti tavsiyasiga kо‘ra Talabalar akademiyasining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 33. Talabalar akademiyasi vitse-prezidenti: Talabalar akademiyasining tо‘rtta vitse-prezidenti mavjud tо‘rtta platformaga boshchilik qiladi; Talabalar akademiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning platformalar kesimida bajarilishi uchun mas’ul hisoblanadi; Talabalar akademiyasiga a’zolarni tanlab olish jarayonida ishtirok etadi; Talabalar akademiyasining yillik va istiqboldagi ish rejalarini ishlab chiqishda qatnashadi, tasdiqlangan rejalarning о‘z platformasida bajarilishini ta’minlaydi; Talabalar akademiyasining platformalari faoliyati yuzasidan Talabalar akademiyasi Kengashiga hisobot beradi. 34. Talabalar akademiyasining ishchi guruhi Jizzax davlat pedagogika institutining Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi hisoblanadi. 35. Ishchi guruh: Talabalar akademiyasi yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Talabalar akademiyasiga a’zolarni tanlab olish jarayonini tashkillashtiradi; iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bо‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi; Talabalar akademiyasi kengashi yig‘ilishlariga zarur materiallarni о‘z vaqtida tayyorlaydi; Talabalar akademiyasi kengashi yig‘ilish bayonlarini rasmiylashtiradi va kengashlarning a’zolariga tasdiqlangan bayonlarning yetkazilishini ta’minlaydi. 36. Talabalar akademiyasi kengashi yig‘ilishlarida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi boshlig‘i kotiblik qiladi Download 447.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling