Tо‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Talabalar akademiyasi a’zoligidan chiqarish tartibi


Download 447.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana24.01.2023
Hajmi447.41 Kb.
#1115527
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi

4-bob. Talabalar akademiyasi a’zoligidan chiqarish tartibi 
18. Talabalar akademiyasi a’zosi maqomidan mahrum qilishga Talabalar 
akademiyasi Kengashi qaroriga, shu jumladan, akademiya a’zosi tomonidan 


muayyan platformaga a’zolik bо‘yicha shartlar va talablar bajarilmagan taqdirda 
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bо‘limi xulosasiga 
kо‘ra, shuningdek ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi. 
5-bob. 
Talabalar 
akademiyasida 
platformalar 
bо‘yicha 
jamoalarni shakllantirish 
19. Talabalar akademiyasi a’zolari о‘z tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari va 
loyihalarini Talabalar akademiyasining platformalari orqali amalga oshiradi. 
20. Talabalar akademiyasi platformalariga rо‘yxatga olingan g‘oya (yoki 
loyihalar) muallifi bо‘lgan talabgorlar jamoasi mos platforma a’zoligiga qabul 
qilinadi. 
21. Talabalar akademiyasi platformalarida g‘oyalar va startap-loyihalari 
elektron baza orqali doimiy ravishda g‘oya va loyiha tashabbuskorlari tomonidan 
mustaqil ravishda kiritiladi. 
22. G‘oyalar va startap-loyihalarni tayyorlash va kо‘rib chiqish alohida 
platformalar bо‘yicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. 
23. “Bо‘lajak akademiklar” platformasi bо‘yicha ilmiy loyihalarni taqdim 
etish fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ilmiy-texnik dasturlarini 
shakllantirish va amalga oshirish bо‘yicha belgilangan tartibga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
24. Talabalar akademiyasi platformalariga a’zolik muddatlari taklif etilgan 
loyihani amalga oshirish muddatiga bog‘liq bо‘lib, loyihani ishlab chiqarishga 
joriy etish bilan yakunlanadi. 
25. G‘oya va startap-loyihalari ma’qullangan tashabbuskorlar tegishli 
platforma jamoalarining a’zolari sifatida tasdiqlanadi. 
26. Talabalar akademiyasining a’zolari bir vaqtning о‘zida bir nechta 
platforma jamoalariga a’zo bо‘lishiga yо‘l qо‘yilmaydi. 
27. Talabalar akademiyasi a’zolari muayan platforma jamoalarining 
a’zoligidan boshqa platforma jamoalarining a’zoligi quyidagi hollarda о‘tishlari 
mumkin: 


muayyan platforma doirasida amalga oshirayotgan g‘oyasini yoki loyihasini 
yakunlagach; 
muayyan platforma jamoalariga a’zolik muddati tugaganida; 
a’zo bо‘lib turgan platformada amalga oshiriyotgan g‘oyasi yoki loyihasi 
bо‘lmaganida va boshqa platformaga oid g‘oya yoki loyihasi rо‘yxatga olingan 
taqdirda. 

Download 447.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling