Tо‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Talabalar akademiyasi a’zolarining huquqlari va majburiyatlari


Download 447.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.01.2023
Hajmi447.41 Kb.
#1115527
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi

6-bob. Talabalar akademiyasi a’zolarining huquqlari va majburiyatlari 
28. Talabalar akademiyasi a’zolari quyidagi huquqlarga ega: 
amaliy, innovatsion va startap-loyihalarni ishlab chiqish, ularning natijalari 
asosida tayyorlangan innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish; 
amaliy, innovatsion va startap-loyihalarni О‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Yoshlar–kelajagimiz” Davlat dasturi tо‘g‘risida” 2018 yil 
27 iyundagi PF–5466-son Farmoni asosida ajratilgan mablag‘lar hisobidan 
о‘rnatilgan tartibda amalga oshirish; 
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni 
xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bо‘yicha “El-yurt umidi” 
jamg‘armasining xorijiy tashkilotlarda malaka oshirish va stajirovkalar bо‘yicha 
dasturlarida ishtirok etish; 
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan yosh olimlar ilmiy-
texnik loyihalarini amalga oshirishda qatnashish; 
Jizzax davlat pedagogika institutida tashkil etilgan STEM PARK va 
Inkubatsion markaz о‘quv laboratoriyalaridan bepul asosda foydalanish; 
Jizzax viloyati Savdo-sanoat palatasi tomonidan biznesni tashkil etish va 
rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va ta’sis hujjatlarini tayyorlash, 
sug‘urta, 
buxgalteriya, 
hisobot 
berish, 
biznes-sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan bog‘liq 
xizmatlarini tashkil etish bо‘yicha muntazam о‘tkaziladigan mahorat darslarida 
qatnashish; 
Talabalar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni 
ishlab chiqish va о‘rnatilgan tartibda taqdim etish; 


mahalliy va xalqaro ilmiy-ommabop nashriyotlarda maqolalar nashr qilish. 
Talabalar akademiyasi a’zolari о‘zlari faoliyat olib borayotgan istiqbolli 
yо‘nalishlar bо‘yicha tanlovda Talabalar akademiyasi nomidan qatnashish 
huquqiga egadirlar. 
Talabalar akademiyasi a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan boshqa 
huquqlarga ham ega bо‘lishi mumkin. 
29. Talabalar akademiyasi a’zolari: 
ushbu Nizomda belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy rioya etishga 
majburdirlar. 

Download 447.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling