Tо‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar
-bob. Talabalar akademiyasining a’zoliliga qabul qilish
Download 447.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bо‘lajak akademiklar”
- “Startaplar”
3-bob. Talabalar akademiyasining a’zoliliga qabul qilish
10. Talabalar akademiyasi a’zoligiga saralash bosqichi maxsus tashkil etilgan Talabalar akademiyasi kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash о‘z faoliyatini ushbu Nizom, shuningdek, “Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi kengashi tо‘g‘risida nizom” va “Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi Talabalar akademiyasi platformalariga iqtidorli va tashabbuskor yoshlardan iborat jamoalarni saralash bochqichini о‘tkazish tо‘g‘risida nizom” kabi normativ-huquqiy aktlarga asoslangan holda amalga oshiradi. 11. Talabalar akademiyasiga о‘zlarining innovatsion loyihalari va g‘oyalariga ega iqtidorli talabalar va magistrantlardan tashkil topgan jamoalarni saralash asosida qabul qilinadi. Shuningdek, Jizzax davlat pedagogika instituti rektorining buyrug‘i asosida va boshqa holatlarda Talabalar akademiyasiga yakka tartibda faxriy a’zolikka qabul qilinishi mumkin. 12. Talabalar akademiyasi jamoalari quyidagi platformalar bо‘yicha shakllantiriladi: “Bо‘lajak akademiklar” – yuqorida qayd etilgan platformalarda faol ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qо‘shayotgan yuqori va ilmiy salohiyatga ega yosh olimlar platformasi; “G‘oyalar generatorlari” – Talabalar akademiyasining asosiy yо‘nalishlariga tegishli bо‘lgan ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan innovatsion g‘oyaga ega jamoalar platformasi; “Startaplar” – о‘z g‘oyasi bо‘lgan va ushbu g‘oyani amalga oshirishga qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish bо‘yicha aniq rejaga ega jamoalar platformasi; “Biznes vakillari” – faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qо‘llagan va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega bо‘lgan talabalar jamoalar platformasi. 13. Alohida platforma jamoasida a’zolikni saqlab qolish yoki boshqa platforma jamoasiga kirish ushbu platforma jamoasi a’zoligi uchun belgilangan talablarni bajargan taqdirda ruxsat beriladi. 14. Alohida platforma jamoasiga a’zo bо‘lish uchun Talabalar akademiyasining a’zoligiga talabgor (keyingi о‘rinlarda talabgor deb ataladi) shakllantirilgan elektron baza rо‘yxatidan о‘tadi. 15. Elektron baza Talabalar akademiyasining rasmiy veb sahifasida (balki institut saytida alohida bо‘lim sifatida ochish mumkin) yuritiladi. 16. Elektron bazadan rо‘yxatdan о‘tish talabgorlar tomonidan о‘rnatilgan tartibda elektron arizani tо‘ldirish va talabgorning shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlovchi hujjatlarni elektron bazaga kiritish asosida amalga oshiriladi. 17. Talabgor kiritgan ma’lumotlar tizim administratori tomonidan tasdiqlangach, talabgor elektron bazadan rо‘yxatdan о‘tgan hisoblanadi. Talabgorlar elektron bazaga kiritilgan talabgorlarning shaxsiy ma’lumotlarini tasdiqlovchi hujjatlar haqiqiyligiga mas’ul hisoblanadilar. Download 447.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling