To'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Download 0.79 Mb.
|
karbamid donadorlash Vaisova
8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish
Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatmoqdagi, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini sanoat korxonalariga joriy etish, ishlab chiqarilayotgan maxsulot miqdorini 5 – 7 % ga oshirish, zaxira xom – ashyo miqdorini 20 – 25 % qisqartirish, mablag‘lar almashinuvini 16 – 18 % ga kamaytirishga imkon beradi. Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni, odamning bevosita ishtirokisiz boshkarishda nazorat-ulchash priborlari, rostlagichlar va boshka texnikaviy kurilmalarni kullash demakdir. Priborsozlik sanoati avtomatlashtirish vositalarining katta nomenklaturasini ishlab chikaradi. Ular ximiya va ozik-ovkat sanoatidagi avtomatlashtirishning asosiy talablariga javob beradi, lekin ayrim xollarda texnologik jarayonlarning utishidagi xususiy sharoitlar maxsus, original apparatlarni talab kiladi. Men loyixalayotgan ishlab chiqarish ob’ekti to‘liq avtomatik tarzda boshqarishga mo‘ljallangan va u quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Texnologik jarayon markaziy boshqaruv pulti orqali boshqariladi. Har –bir apparatni quyidagi ko‘rsatkichlar orqali boshqariladi. G‘ – sarfi; R – bosim; T – xarorat; L - satxi; A – signal berish; R - yozib boruvchi; S - blokirovka pultlari orqali boshqariladi. Bundan tashqari qurilmalarni o‘zida bosim ko‘rsatishi uchun manomentlar qo‘yilgan xaroratlarini bilish uchun termoparalar o‘rnatilgan. Sexga kelayotgan ammiak sarfi F I RC - 2002 regulyator yordamida boshqariladi. Qurilmani to‘xtatish yoki avariya xolatida esa satxi L I A H- 2001 signal burilmasi yordamida markaziy boshqarish pultidan nazorat qilinadi. Sintez bo‘limiga kelayotgan havo sarfi F R C H L–1002 regulyator orqali boshqariladi. Sovitgich E 102 da xam satx tax bo‘lganda kompressor L S A S H L-1534 blokirovka avtomatik ravishda to‘xtaydi. Separatordan oldin gazlar bosimi min (5,5 MPa) holida bo‘lsa, kompressor boshqaruv pultida signal beriladi. 5,4 MPa bosimda esa kompressor R I A S H- 1155 (p 56) blanirovka bo‘yicha to‘xtatiladi. Sintez kolonnasidaga bosim xarorat satx maxsus avtomatik regulyator orqali boshqarilib turiladi. Rektifikatsion kalonnasida eritma isitgich 0,4 MPa bosimli bug‘ yordamida 1350C gacha isitiladi. Eritma xarorati isitgichdan so‘ng R I S – 2 III regulyator klapni orqali boshqariladi. Bunda T I S – 2325 o‘lchagichi avtomatik ravishda ishlaydi. Bug‘latish bo‘limidagi bosim temperatura, satxlar ham maxsus avtomatik regulyatorlar orqali boshqariladi. Bug‘latish bo‘limidan chiqqan karbamid eritmasiga karbamidoformoldegid (KFS) qo‘shimchasi qo‘shiladi. Qo‘shilayotgan KFS qo‘shimchasini xarorati 20-300C bo‘lishi kepak, uning ish sarfi regulyatori G R C-1751 yordamida boshqariladi. Karbamid eritmasi donadorlash minorasini napor bakiga beriladi. Eritmani xarorati 135-1400C va konsentratsiya 99,8 % bo‘ladi, napor bakidagi satxni L R A H L- 1601 qurilma yordamida nazorat qilinadi, meyor, buzilganda avtomatik signal beradi. Donadorlash minorasidan eritma 93 metrdan pastga tushadi. Uni maxsus sovituvchi qurilma yordamida sovitiladi, donalarni xarorati 30-400C bo‘ladi. Minoradagi eritma va donalarni xaroratini T R-1601/1 T R-1607/1 T R-1602/2, T R- 1602/3 yordamida avtomatik nazorat qilinadi. Omborga tushayotgn lentadagi donador karbamid sarfi va xarorati MVP da TR-2501/1,2 orqali remetratsiya qilib turiladi. Uning sifati esa avtomatik namuna olgan X-2501/1,2 yordamida davriy ravishda namuna olib, nazorat qilinadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling