To'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi


Download 0.79 Mb.
bet24/25
Sana28.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1729099
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
karbamid donadorlash Vaisova

11. Xorijiy investitsiyalar
Joriy yilning birinchi choragida iqtisodiyotda o’zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy xajmi 4,6 trillion so’mni tashkil qildi va solishtirma narxlarda 2012 yilning shu davriga nisbatan 7,2 foizga o’sdi. Kapital qo’yilmalar umumiy xajmining 68,2 foizi iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlaridagi loyixalarni amalga oshirishga yo’naltirildi.
Byudjetdan tashkari jamg’armalar xisobidan o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar xajmi 1,6 barobar, axoli mablag’lari xisobidan 16,2 foiz, tijorat banklari kreditlari xisobidan 10,6 foiz oshdi. Bun­da o’zlashtirilgan investitsiyalar umumiy xajmining 21,7 foizini axoli mablag’lari tashkil qildi va bu uning yuqori investitsion faolligi ifodasidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2012-yil 10-alrelda qabul qilingan 4434-Farmoni bilan tasdiqlangan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy inves­titsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, xorijiy investorlar xamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini mustaxkamlashga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, o’zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar xajmini 35,5 foiz, jumladan, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni 44 foizga ko’paytirish imkonini berdi.
Xisobot davrida umumiy qiymati 4,3 milliard dollarlik 114 yangi investitsiya loyixasini amalga oshirish boshlandi, "Stroy Max Invest" mas’uliyati cheklangan jamiyati qo’shma korxonasida gaz-beton ishlab chiqarishni tashkil etish loyixasini bajarish nixoyasiga yetkazildi. "Bekobodsement" ochiq aksiyadorlik jamiyatida quruq uslubda sement ishlab chiqarish bo’yicha yangi liniyani qurish orqali faoliyat ko’rsatayotgan ishlab chikarishni modernizatsiya kilish" loyixasi asosida ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, 587 yangi ishlab chiqarish ob’yekti, shu jumladan, yengil va to’qimachilik (190 ob’yekt), oziq-ovqat (179), yog’ochni qayta ishlash (29), kimyo sanoati (10), qurilish materiallari (112), mashinasozlik (6) va boshqa tarmoqlarda (61) foydalanishga topshirildi.Maxsus sanoat zonalari saloxiyatidan faol foydalanish doirasida joriy yil boshidan buyon "Navoiy" erkin industrial-iqtisodiy zonasida ishga tushirilgan 12 korxona tomonidan umumiy qiymati 18,7 milliard so’mlik maxsulot ishlab chiqarildi. Umumiy qiymati 48 million dollardan ortiq oltita investitsiya loyixasini amalga oshirish davom ettirildi.”Angren" maxsus industrial zonasi xududida qiymati 185,8 million dollarlik 8 investitsiya loyixasini amalga oshirish ishlari boshlandi. Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida filiali bo’lgan, Jizzax viloyatida "Jizzax" maxsus indus­trial zonasini tashkil etishga doir asosiy tadbirlar belgilandi va bajarishga kirishildi.
Qishloq joylarida namunaviy loyixalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish dasturiga muvofiq, imtiyozli kreditlar va axoli mablag’lari xisobidan yakka tartibdagi yangi uy-joylarni qurish uchun yer massivlarini ajratish va tayyorlash ishlari bajarildi, yakka tartibdagi quruvchilar tanlandi, qiyma­ti 335 milliard so’mlik boshlangich badal shakllantirildi. Xisobot davrida pudratchi tashkilotlar tomonidyan bajarilgan ishlar xajmi 137,8 milliard so’mni tashkil qildi. Qishloq joylaridagi yangi uy-joy massivlarida suv ta’minoti tizimlarini qurish ob’yektlarida 3,2 milliard so’mlik kapital qo’yilma- lar ozlashtirildi. Umuman, mamlakatimizda 2013 yilning birinchi choragida 1,8 million kvadrat metr (2012 yilning shu davriga nisbatan 105 foiz), jumladan, qishloq joylarida 1,3 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi (105,5 foiz).
Uy-joy kurish dasturini amalga oshirish uchun resurs bazasini kengaytirish maksadida maxalliy qo’shimcha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xisobidan xisobot davrida "Qamchiq" dovoni orqali yuk tashish xajmi 1,5 million tonnani tashkil etdi va 2012 yilning shu davriga nisbatan 2,1 martaga oshdi.
2013-yilning birinchi choragi mobaynida ishlab chiqarishlarni yanada diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini qisqartirish, maxalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni texnik xamda texnologik yangilash, ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar turlarini kengaytirish xisobidan iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirildi.
2011 - 2015 yillarda O’zbekiston Respublika sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish na yangilarini ishga tushirishga doir investitsiya loyixalarIning amalga oshirilishi sanoat ishlab chiqarishining avvalo, sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlarida, barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash imkonini berdi. Xususan, joriy yilning birinchi choragida sanoatning mashinasozlik va metallni qayta ishlash (2012 yilning shu davriga nisbatan 118,9 foiz), yengil sanoat (113,2 foiz), kimyo va neft-kimyo sanoati(107,4 foiz) va oziq- ovqat sanoati (106,2 foiz) kabi tarkib yaratuvchi tarmoqlarida jadal rivojlanish ta’minlandi. Sanoat ishlab chiqarishi umumiy tarkibida ushbu tarmoqlar ulushi 2012 yilning birinchi choragidagi 47 foizdan 49,3 foizga oshdi.
Mamlakatimizda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirish maqsadida ishlab chiqaruvchi korxonalarga texnologik uskunalar sotib olish xamda aylanma kapitalni tushirish uchun banklar tomonidan 652,6 milliard so’m (2012 yilning birinchi choragiga nisbatan 1,3 barobar ko’p) miqdordagi kreditlar ajratildi.Natijada xisobot davrida iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish xajmi 9,4 foizga, jumladan, oziq-ovqat maxsulotlari 6,3 foiz va nooziq-ovqat maxsulotlari xajmi 12,3 foizga oshdi. Sariyog’ va o’simlik yog’i, mineral suv, sut maxsulotlari, elektr dazmollar, energiya tejaydigan lampalar, yorma, charm buyumlar, tayyor trikotaj buyumlar, maktab daftarlari va boshka maxsulotlar ishlab chiqarish xajmi sezilarli ravishda ko’paydi.
Bu borada 2012-yilda “Farg’onaazot” OAJga kiritilgan investitsiya qiymatini umumiy xolda 100% deb olsak shundan 40.4% texnik va iqtisodiy uskunalarga,46% kimyo va sanoatiga,0.7% qishloq xo’jaligi soxasiga,0.52% savdo va umumiy oziq-ovqatga,1% sog’liq saqlashga,11.78% ni esa madaniyat soxasiga sarflandi. Shular qatori Karbamid ishlab chiqarish sexi qurilmalariga unumdorlikni oshirish, maxsulot sifatini yaxshilash, maqsadida xorijiy investitsiya mablag’laridan foydalanish ko’zda tutilmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyotida investitsiyalarning so‘nggi olti yildagi o‘sish suratlari turlicha bo‘lib, bunda oldingi yillardagiga nisbatan o‘sish va pasayish tendensiyalari kuzatilmoqda.2013yilning 1-birinchi choragi mobaynida ishlab chiqarishlarni yanada diversifikasiya qilish, ishlab chiqarish harajatlari va maxsulot tannarxini qisqartirish,mahalliylashtirish jarayonlarni chuqurlashtirish ishlab chiqarish texnik hamda texnologik yangilash,ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini kengaytirish xisobidan iqtisodiyot raqobatbardoshligi oshirishga qaratilgan dasturiy chora tadbirlarini amalga oshirish davom ettirildi. 2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirishga doir invititsiya loyixalarining amalga oshirilishi sanoat ishlab qarishning, avvalo sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlarida barqaror o’sish suratlarini ta’minlash imkonini beradi.Xususan joriy yilning 1-choragida sanoatning mashinasozlik va metalni qayta ishlash (2012-yilning shu davriga nisbatan 118.9% yengil sanoat (113.2%) kimyo va neft kimyo sanoati (107.4%) va oziq ovqat sanoati (106.2%) kabi tarkib yaratuvchi tarmoqlarida jadal rivojlanish ta’minlandi.Sanoat ishlab chiqarishi umumiy tarkibida ushbu tarmoqlar ulushi 2012-yilning birinchi choragida 47 foizdan 49.3 foizga oshdi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o‘rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda. 2011-2015 yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan 27ta istiqbolli loyiha bo‘yicha 990 million AQSH dollarilik moliyalash manbai belgilandi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “... jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog‘liq murakkab muammolar ko‘plab davlatlar iqtisodiyotning tiklanish va o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatmoqda”.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to‘qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog‘i hamda boshqa yo‘nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalar va jalb qilinadigan kreditlar hajmi 16 foizga ko‘payib, 3 milliard 300 million dollardan oshadi. Mazkur mablag‘ning 2 milliard 300 million dollardan ortig‘i yoki qariyb 70 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etishi, ayniqsa, e’tiborlidir. Bu xorijiy investorlarning iqtisodiyotimizning mustahkamligi va barqarorligiga, eng muhimi, O‘zbekiston taraqqiyotining istiqboliga bo‘lgan qiziqishi va ishonchi tobora ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi”.
Mamlakatimizda investitsiya muhitining barqarorligi va investitsion jozibadorlikning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani ham xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun zamin bo‘lmoqda.
Shu sabab 2011-2015 yillarda tarkibiy o‘zgarishlarni, iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuningdek, transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan faol investitsiya siyosati olib boriladi.
Ushbu maqsadlar uchun 2011-2015 yillar davomida oxirgi besh yil mobaynida o‘zlashtirilgan investitsiyalarga qaraganda 2 barobar ko‘p, jami 77,4 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalarni yo‘naltirish mo‘ljallanmoqda. Asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalarning yalpi ichki maxsulotga nisbatan ulushi 24 foizdan kam bo‘lmasligi tarkibiy o‘zgartirishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni ta’minlaydi
Bu mablag‘lar, avvalo, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashni amalga oshirayotgan korxonalarning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishi, soliq yukini yanada kamaytirish, tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va aholining tadbirkorlik faoliyatidan oladigan daromadlarini oshirish hisobidan xosil bo‘ladi.
Bu vazifalarni amalga oshirish 2011-2015 yillar davomida 13 milliard dollardan ziyod yoki o‘tgan besh yildagiga nisbatan 1,7 barobar ko‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ta’minlaydi. Ushbu mablag‘lar eng ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash hamda raqobatdosh tayyor maxsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladigan yangi sanoat korxonalarini tashkil etish bo‘yicha chet el investorlari ishtirokidagi 320 tadan ortiq yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, 2011-2015 yillarda jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 18,6 milliard dollarni tashkil etishi yoki o‘tgan besh yildagiga nisbatan 2 barobar ko‘p bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Ularning 75 foizdan ortig‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Bu borada qarz mablag‘lari uzoq muddatli asosda faqat ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijiy moliyaviy institutlarning kredit liniyalarini mamlakatimiz tijorat banklari orqali qayta moliyalashtirish yo‘li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan investitsiyalar moliyalashtirishtiriladi.
Faol investitsiya siyosati mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning eng muhim sharti va manbai deyish mumkin.
O'zbekistonda so'nggi besh yil mobaynida investitsiyalarning yillik o'sish sur'ati 9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda va bu dunyodagi yuqori, barqaror ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jahon miqyosida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganini inobatga oladigan bo'lsak, bugungi murakkab sharoitda bizerishgan bu natijaning ahamiyati va mohiyatiyanada yaqqol ayon bo'ladi.Keyingi 10-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,2 barobar oshgan bo'lsa, shu davrda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20 barobardan ziyod o'sgani e'tiborga sazovordir.
Strategik xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida mamlakatimizda investorlarning o'zi uchun ham, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun ham noyob kafolatlar tizimi yaratildi. Avvalo, davlat tomonidan xorijiy investorlarning barcha huquqlari ta'minlanmoqda, ularning sarmoyalari, mamlakatimiz hududida ular tomonidan yaratilgan mulkning daxlsizligi kafolatlanmoqda, yaratilayotgan imtiyoz va preferensiyalarni kengaytirish va liberallashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
"Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida"gi qonunga ko'ra, qonunchilik normalarining o'zgartirilishi investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishga olib kelgan taqdirda chet ellik investorlarga nisbatan o'n yil mobaynida investitsiya kiritilgan sanada amal qilgan qonunchilik qo'llanadi.Yana bir qulaylik tomoni shundaki, davlat boshqaruv organlari yoki davlat hokimiyati
mahalliy organlari tomonidan chet ellik investorlarning huquqlarini kamsitadigan normativ hujjatlar qabul qilingan, shuningdek, chet ellik investorlarning xo'jalik faoliyatiga g'ayriqonuniy aralashishga yo'l qo'yilgan
taqdirda, bularning oqibatida yetkazilgan zarar sud orqali mazkur organlar tomonidan qoplanadi.
Mamlakatimizda chet ellik investorning O'zbekistonda olgan daromadlarini qaytadan investitsiya sifatida kiritish bo'yicha hech qanday cheklovlar yo'q chet ellik investorning daromadi, uning xohishiga ko'ra, har qanday shaklda ishlatilishi mumkin. Mazkur qonunga muvofiq, yurtimizda chet el investitsiyalari va xorijiy investorlarning boshqa aktivlari xalqaro huquqda qabul qilingan umumiy holatlarni (masalan, tabiiy ofatlar, falokatlar va boshqalarni) mustasno etganda, natsionalizatsiya qilinmasligiga yana bir bor e'tibor qaratish o'rinlidir. O'zbekistonda 2012-yilda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilashga yo'naltirilgan bir qator qo'shimcha muhim qonun hujjatlari va huquqiy normalar qabul qilindi. Biz mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo'lida zarur bo'lgan barcha ishlab chiqarish infratuzilmalarini davlat mablag'lari hisobidan ta'minlash prinsipini
nafaqat qabul qildik, balki uni amalda joriy etmoqdamiz. Biz qiymati 50 million dollardan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz bo'lgan aniq loyihalarning o'z muddatida amalga oshirilishini ta'minlaydigan infratuzilmani loyiha hujjatlari asosida o'z vaqtida qurish majburiyatini zimmamizga olamiz. Surg'il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini qurish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyiha buning yaqqol dalilidir. Bu yerda umumiy qiymati 212 million dollarni tashkil etadigan tashqi muhandislik infratuzilmasini barpo etishni davlat o'z zimmasiga olgan. "Navoiy" erkin industrial- iqtisodiy zonasi va "Angren" maxsus industrial zonasida yaratilgan sharoitlar ham bunga misol bo'lishi mumkin.
2013-yil uchun ishlab chiqilgan va 370 dan ortiq strategik muhim loyihani amalga oshirishni ko'zda tutadigan Investitsiya dasturi g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish qurilishi uchun mo'ljallanayotgan jami investitsiyalarning qariyb to'rtdan uch qismini yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun yo'naltirishga to'g'ri kelmoqda. Investitsiya dasturini amalga oshirishda O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tobora muhim o'rin tutmoqda. 2013-yilda faqat Jamg'arma mablag'lari hisobidan qiymati 780million dollarlik 34 tadan ortiq muhim loyiha,birinchi navbatda, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan ob'ektlarni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.
Mamlakatimizda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti qulay investitsiyaviy jozibadorlikning muhim tarkibiy qismi va omilidir. O'zbekistonda Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyaga mos va mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog'liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish, arzonlashtirish va ularning ochiqligini ta'minlashga yo'naltirilgan kompleks dastur qabul qilindi.2012-yil davomida mazkur dastur doirasida oltita muhim qonun, jumladan, "Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi, yangi tahrirdagi "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi qonunlar, shuningdek, ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, soliq va statistik hisobotlarni qisqartirishga qaratilgan qonun hujjatlari va normativ aktlar majmuasi qabul qilindi.
Ruxsat berishga oid 80 ta tartib-taomil, litsenziyalanishi talab etiladigan 15 ta faoliyat turi bekor qilindi, statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning shakllari va davriyligi bir yarim- ikki barobar qisqartirildi. Davlat va nazorat qiluvchi idoralarning tadbirkorlik sub'ektlari bilan elektron shakldagi bilvosita aloqasi bosqichma- bosqich joriy etilmoqda.
Bugungi kunda O'zbekistonda biznesni ro'yxatga olish jarayoni "bir darcha" tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshiriladi va bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to'la mosdir.
Mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining ustuvorligi tamoyili joriy etilgan bo'lib, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bog'liq qonunchilikdagi bartaraf etib bo'lmaydigan qarama-qarshilik va noaniqliklar
tadbirkorlik sub'ekti foydasiga talqin qilinishi belgilab qo'yilgan. Yurtimizda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar o'zining ilk natijalarini ko'rsatayotganini ta'kidlash joiz. Jahon banki hisob-kitoblariga
ko'ra, 2012-yilda O'zbekiston biznesni yuritish bo'yicha reytingda 14 o'rin yuqoriga ko'tarildi. Ayni paytda mazkur yo'nalishda yana ko'p ishlarni amalga oshirish lozimligini ta'kidlash kerak. Mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhiti
jahon tajribasida qabul qilingan biznesni yuritish mezonlariga qay darajada mos kelishini doimo kuzatib borishimiz va tegishli qarorlar qabul qilishimiz zarur. Vazirlar Mahkamasi bu ishga rahbarlik qilishi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi bu masala bilan tizimli asosda shug'ullanishi maqsadga muvofiq bo'ldi.
Shulardan biri 2012-yilda “Farg’onaazot” OAJga qiymat 18,2 mln dollar bo’gan investitsiya jalb qilingan.Bu kiritilgan investitsiyani umumiy xolda 100% deb olsak shundan 40.4% texnik va iqtisodiy uskunalarga,46% kimyo va sanoatiga,0.7% qishloq xo’jaligi soxasiga,0.52% savdo va umumiy oziq-ovqatga,1% sog’liq saqlashga,11.78% ni esa madaniyat soxasiga sarflandi.
Farg’ona viloyatining o’sib boorish surati 2011- yilga nisbatan ancha yuqori.Farg’ona viloyati 2011- yilga nisbatan 2012-yilda 108,4 % o’sgan.
Oliy Majlis tomonidan ma'qullangan dasturda 2013-yilda 970 mingdan ortiq yangi ish o'rni tashkil etish ko'zda tutilgan. Muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan mazkur masalani hal etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni,xizmat ko'rsatish alohida e'tibor qaratiladi. Ushbu sohalarda qariyb 500 ming ish o'rni yaratish rejalashtirilmoqda.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling