Тоҳир Маликов
Moliyaviy rezervlar – xo‘jalik yurituvchi subyektni
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
2.3. Moliyaviy rezervlar – xo‘jalik yurituvchi subyektni
isloh qilish tizimida Go‘yo to‘liq tugallangandek bo‘lishiga qaramasdan XYuSda ri- vojlanishning qo‘shimcha resurslarini qidirib topishda doimiy ravishda imkoniyat paydo bo‘ladi. XYuSlarning taraqqiyotini belgilaydigan omil- larning o‘zaro ta’siri natijasida vujudga keladigan foydalanilmagan po- tensial imkoniyatlar ular ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy fao- liyatining rezervlari sifatida maydonga chiqadi. 30 Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy metodi moliyaviy tahlil hisoblanadi. Aynan moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rezervlarni qidirib topish bo‘yicha XYuSning siyosati ishlab chiqiladi. Faoliyat ko‘rsatish sharoitlaridan qat’iy nazar rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirish XYuS xodimlari uchun doimiy faoliyatga aylanmog‘i lozim. Xorijiy (Yaponiyadagi sifat to‘garaklari, AQSh va Germaniya- dagi yangiliklar to‘g‘risidagi takliflarni rag‘batlantirish va boshqalar) va mamlakatimizdagi ilg‘or kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayerda rezervlarni izlash va ulardan foydalanish uzluksiz davom eta- yotgan, yangiliklar keng joriy etilayotgan bo‘lsa, o‘sha yerda inves- titsiyalar o‘sadi, XYuSning moliyaviy ahvoli mustahkamlanadi, iqtiso- diy taraqqiyot sur’atlari oshadi. Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi juda keng. Mu- himligiga ko‘ra ularning darajalarini quyidagilarga ajratish mumkin (2.3.1-chizmaga qarang): Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng muhim rezerv bu xodimlarning malakasini oshirishdir. Rivojlanayotgan intellek- tual inqilob, “bilimlar iqtisodiyoti”ga o‘tish va xodimlarning intellektini shakllantirish sharoitida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarida ularning moddiylashuvi iqtisodiy o‘sishning strategik omiliga aylanadi. Moliyaviy menejerlarning yuqori kasbiy darajasi XYuSning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish rezervlarining barcha ko‘rinishlarini qidirib topish va amalga oshirishning asosiy shartidir. Savodsizlik bilan qabul qilingan moliyaviy qarorlar (bizning amaliyotimizda bunday qa- rorlar juda ko‘p va tez-tez uchrab turadi) makro va mikrodarajada juda katta hajmdagi yo‘qotishlarga olib keladi. Shuning uchun ham, kadrlar- ning malakasini oshirish va xodimlarda zamonaviy intellektual salohi- yatni shakllantirish kompaniyalar tomonidan murakkab zamonaviy mo- liyaviy-iqtisodiy vazifa (muammo) larni yechishning asosiy sharti hisob- lanadi. Moliyaviy rezervlar XYuS iqtisodiyotining yagona kompleks sifatida rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. Xomashyo va materiallarni iste’mol qilishdagi o‘zgarishlar, mehnat unumdorligining o‘sishi yoki kamayishi, asosiy fondlardan foydalanishning yaxshilanishi yoki yomonlashuvi va h.k. – bularning barchasi kompaniyaning daromadi darajasini, uning moliyaviy ahvolini belgilab beradi. Xuddi shu narsa bozor sharoit- larining – baho, raqobatchilarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik va boshqa risklarning – o‘zgarishiga ham tegishlidir. Moliyaviy natijalar – xo‘jalik 31 faoliyatining yakuniy natijasi – doimiy ravishda ichki va tashqi omil- larning ta’siri ostida bo‘ladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling