Тоҳир Маликов
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
k
) nisbati esa bir so‘mlik o‘zlik kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar) ga kapitalning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu narsa tushum hajmi va XYuS daromadli- ligini oshirishga imkon beradi. 27 Yuqoridagi formulada keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘- liqligini XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko‘rsatkichlar XYuS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, realizatsiya hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari bilan o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Bularning barchasi istiqbolga mo‘ljallangan biz- nes-rejani ishlab chiqish uchun asos bo‘lishi, shuningdek, investitsion-in- novatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin. XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo‘jalik faolligi koeffitsiyentidan foydalanish maqsadga muvofiq- dir. Bu koeffitsiyent XYuSga tegishli bo‘lgan tushumning barcha aktiv- larning o‘rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin: K xf = T : A bu yerda: K xf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti; T – tushum; A – barcha aktivlarning o‘rtacha qiymati. Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri ke- luvchi tushumni xarakterlaydi. Uning o‘sishi XYuS boshqa barcha mo- liyaviy ko‘rsatkichlarining oshirishi (ko‘payishi) ga asos bo‘lib xizmat qiladi. Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ravishda doiraviy aylanadigan va daro- madlarning olinishiga xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtiril- gan kapital XYuS faoliyatida faol rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham, ay- lanma aktivlarga joylashtirilgan tez aylanayotgan kapitalning barcha foy- dalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish qobiliyatining oshganligini aks ettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling